112
boshlanishida ba’zi tovushlarni, o‘ziga yaqin kishilarning ovoz tempini aniq
ajrata ola
di, ba’zi bir narsalarning ta’mi va hidini farq qiladi, ranglarni taniy
boshlaydi. Bu yosh davrida ko‘rish va eshitish analizatorlarining
rivojlanishi ayniqsa yuksak darajaga
е
tadi. Bola asosiy ranglarni bir-biridan
farq qiladi. Lekin bolaga ranglarning nomini aytishga qaraganda, ularni bir-
biridan ajratish osonroqdir. Bolalar ranglarni bilsalar ham, bu sohadagi o‘z
bilimlaridan
е
tarli darajada yaxshi foydalana olmaydilar. Bolalar qizil
rangni osonlik bilan ajrata oladilar-
u, binafsha rangni ajratishda ko‘pincha
yanglishadilar. Ko‘pi
ncha bolalar
har bir rangning tusini, tovlanishini
yaxshi ajrata olmaydilar.
Bu yoshdagi bolalar uchun idrok qilinayotgan predmet obrazlarining
bir-
biriga o‘xshashib ketishi
Xarakterlidir. Masalan, ular olmani biladilar,
olma bolaga bir butunligicha tanish, lekin bola olmaning rangini ham,
shaklini ham alohida holda ajrata olmaydi. Predmetni har tomonlama ko‘ra
bilish, ya’ni uni qismlarga ajratish, belgi va turlariga qarab farqlash —
uni
analiz qilish demakdir. Bu esa bolaga butunlikni tushunish imkonini beradi.
Shu sababli, bolalarni yangi predmetlar bilan tanishtirganda,
ularni bir-
biridan ajratib turadigan shakli, rangi va qismlariga e’tibor berish
lozim.
Mana shunday tarbiyaviy ta’sir nati
jasida bolalarning predmetlar haqidagi
tasavvurlari o‘sadi. Bola
bir yarim yoshga borganda, o‘zlari tez
-tez uchratib
turgan pred
metlarni, ularning rangi, hajmi, shaklining o‘zgarishidan qat’i
nazar, xatosiz tanib oladilar.
Bola ikki yoshga to‘lay deganda, tanish kuy va tovushlarni bilib oladi.
Borliqni bilish jarayoni
da bola o‘z hayotida va tevarak
-atrofidagi kishilar
turmushida o‘rnatilgan tartibni tushuna boshlaydi. Bu olamni bilishning
eng muhim tomoni bo'lgan zamon - vaqtni bilib olishi uchun asos bo'ladi.
Bolaning organizmi ma’lum tartibga ko‘nika boshlaydi, bu
vaqt
bilan
tanishishdagi dastlabki qadamdir. Keyinchalik bolalar tabiat hodisalari va
odamlarning kundalik hayoti singari tushunchalarni anglay boshlaydilar.
Albatta, buning uchun kattalar bolalarning e’tiborini hayotning muhim
belgilariga qaratishi lozim. Bolaning har bir sezgan va idrok etgan narsalari
o‘ziga xos sezgilar bilan mustahkamlanishi kerak. So‘z bolaning ko‘rayotgan
predmetlarini tushunib olishini osonlashtiradi, predmetni so‘z yordamida
bilib olish ko‘z va quloq ishini kuchaytiradi.
Bolaning aqliy jihatdan o‘sishida makon va zamon haqidagi
tushunchalarni anglashga yordam beradigan so‘zlarni o‘zlashtirib olishi
muhimdir. Predmetlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan har xil fazoviy belgilarning
(masalan, katta oraliq, tor oraliq) va turli
fazoviy munosabatlarning
nomlarini (o‘ngda, chapda, orqada, bir qatorda) bilib olish natijasida
bolalar predmetlar o'rtasidagi bu munosabatlarni ajratib olishga
o‘rganadilar. Shu tariqa, nutq predmetlarning belgilarini differensiyalash
113
va umumiylashtirish vositasi bolib xizmat qiladi. Lekin, shu bilan bir qator-
da, so‘z birinchi signal sistemasi bilan bevosita boglanmogl lozim. Ikki
-uch
yashar bolalardagi idrok o‘zining
е
tarli dara
jada o‘smaganligi va
beqarorligi bilan ajralib turadi hamda bir kuzatish
obyektidan ikkinchi
kuzatish obyektiga tez-
tez ko‘chib turishi bilan
Xarakterlanadi. Yaltiroq,
chiroyli, ko‘zga tez tashlanadigan predmetlar bola diqqatini o‘ziga jalb
qiladi.
Bog‘chagacha bolgan yosh davridagi bolalar idroklarini qo‘yilgan
vazifa asosida tashkil eta olmaydilar, ulardagi
bu xil idrok juda qisqa
muddatli boladi. 0‘zlaridan uzoqda turgan predmetlarni idrok qilishda
ayniqsa ko‘p xato qiladilar. Bolada idrok asta
-se
kin mustaqillashib, ma’lum
maqsadga tayangan boladi, kuzatuvchanlik rivojlana boradi.
Bola o‘zini
qiziqtirayotgan narsaga uzoq vaqt qarab, uni kuzatishi, o‘sha
predmet
to‘g‘risida biror narsani solashi mumkin.
Lekin bola hali predmet va hodisalarni har tomonlama kuzatib, uning
asosiy, muhim tomonlarini ajratib, ayrim elementlarini o‘zaro bo
glab
olishning uddasidan chiqa olmaydi. Bolada kuzatuvchanlikni o‘stirishda
sayr va ekskursiyalar muhim ahamiyatga egadir. Bunda bolalar
kattalarning rahbarligida tevarak-
atrofdagi predmet va hodisalarda o‘zlari
uchun yangi bolgan muhim va qiziqarli narsalarni aniqlashga olganadilar.
Rasmlarga qarash, o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish idrokning
o'sishiga juda yaxshi ta’sir etadi.
Ilk
yoshdagi bolalarning
е
takchi faoliyat turi
—
predmetlarni
olganish, predmetlar bilan manipulyativ harakat hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: