Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


Ilk yoshdagi bolalarda nerv sistemasining rivojlanishi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

Ilk yoshdagi bolalarda nerv sistemasining rivojlanishi. 
Bolaning 
ilk yoshdagi davrida ham nerv sistemasi tez rivojlanishda davom etadi. Bu 
davrda bosh miyaning hajmi va vazni anchagina ortadi. Masalan, bola bir 
yoshdan ikki yoshga kirguncha bosh miyasining vazni 940 g dan 1025 g ga 
ortadi. Ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda esa bola miyasi
ning vazni 


106 
1025 g dan 1112 g ga ortadi. Bu davrda bola miyasi vaznining ortishi bilan 
birga miyaning ichki qismlarida ham jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Miya 
po‘stidagi nerv hujayralarining (neyronlarning) tuzilishi murakkablashadi, 
ya’ni neyronlarning shoxsimon o‘simtalari tobora orta boradi. Bosh miya 
po‘stidagi nerv hujayralarining t
akomillashuvi turli assotsiatsiyalarning 
(muvaqqat aloqalarning, shartli reflekslarning) yuzaga kelishini 
osonlashtiradi va tezlashtiradi. 
Ilk yosh davridagi bola nerv sistemasining rivojlanishida ham nerv 
tolalarining miyelinizatsiyalanishi davom etadi. Bu davrda asosan bosh miya 
yarimsharlaridagi nerv hujayralarini bir-
biri bilan bog‘lovchi nerv tolalari 
miyelin pardasi bilan qoplanib, bir-biridan ajratiladi. Bola psixikasining 
rivojlanishida buning ahamiyati g‘oyat kattadir. Chunki shu munosabat bilan, 
y
a’ni miyelinizatsiya orqali nerv tolalarining bir
-biridan ajratilishi bilan turli 
taasurotlar (qo‘zg‘alishlar) nerv sistemasida tezroq tarqaladi va ravshanroq 
aks ettiriladi. Nerv hujayralarini bir-
biri bilan bog‘laydigan juda ham nozik 
nerv tolalarining miyelin pardasi bilan qoplanib, bir-biridan ajratilishi butun 
nerv siste
masining tobora uyg‘un va puxta ishlashiga yordam beradi. Bu miya 
po‘sti nerv sistemasidagi barcha quyi boblar faoliyatini asta
-
sekin o‘ziga 
bo‘ysundira boradi. Shu tariqa bolaning bu
tun hayotida oliy nerv 
faoliyatining roli orta boradi. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin