Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
 


104 
 
 
VI-BOB. ILK BOLALIK DAVRI PSIXOLOGIYASI VA 
PSIXODIAGNOSTIKASI 
 
Bobning qisqacha mazmuni: 
1. Ilk bolalik davrida jismoniy va fiziologik rivojlanish 
2.Ilk bolalik davrida harakat malakalarining rivojlanishi Kognitiv 
jarayonlar va nutqning rivojlanishi 
3.Kognitiv jarayonlar va nutqning rivojlanishi 
4.
Bola taraqqiyotida predmetli harakatli o’yinning ahamiyati ilk 
bolalik davri psixodiagnostikasi 
 
6.1. Ilk bolalik davrida jismoniy va fiziologik rivojlanish 
Bola yoshidan oshgach, uning 
go‘daklik davri tugaydi. Bir yoshdan uch 
yoshgacha bo‘lgan davr odatda ilk yosh davri (
ilk yosh davri) deb yuritiladi. 
Bu davrda ham bola jismoniy va psixik jihatdan tez rivojlanishda davom 
etaveradi. Lekin, uning rivojlanishi chaqaloqlik davridagiga nisbatan ancha 
sekinlashadi. Bola yoshidan oshgach, uning tashqi qiyofasi ancha o‘zgaradi. 
Bu o‘zgarish turli a’zolarning nisbati boshqacha bo‘lib qolganida ko‘rinadi. 
Bir yoshdan oshgan bolaning bosh suyaklari ilgarigidek tez o‘smaydi. 
Boshining o‘sishi biroz sekinlashib, uning o‘rniga qo‘l va oyoqlari tez o‘sa 
boshlaydi. Bolaning bo‘yi 25 sm o‘ssa, bir yoshdan ikki yoshga to‘lguncha 
bo‘lgan davrda 10 sm ga o‘sadi. Ikki yoshdan uch yoshgacha esa bolaning 
bo‘yi faqat 6
-
7 sm ga o‘sadi. Ilk yosh davrida bolaning 
vazni ham ana shu 
tariqa rivojlanadi. Agar tug‘ilgandan bir yoshga to‘lguncha bo‘lgan bolaning 
vazni uch barobarga ortsa, bir yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan bolaning vazni 
3,5 kg ortadi. Ikki yoshdan uch yoshgacha esa faqat 1,5 kg ga ortadi.
Shu
ni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, bolaning bo‘yi va 
vaznining o‘sishiga nisbatan bo‘lgan bu ma’lumotlar ha
mma bolalar uchun 
umumiy hamda o‘zgarmas emas. Bu ma’lumotlar o‘rtacha hisobga to‘g‘ri 
keladi. Kun tartibi, bola 
е
ydigan ovqatning turlari, ayniqsa ovqatning 
miqdori, sifati va irsiy xususiyat
lar bola bo‘yi hamda vaznining o‘zgarishiga 
katta ta’sir qiladi. Ilk yosh davridagi bolalar suyaklarining rivojlanishida ham 
jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Bu yoshdagi bolalarda tog‘aylimon 
suyaklarning o‘sishi 
va qotishi tezroq davom etadi. Umurtqa suyaklari 
borgan sari mustahkamlanib, suyaklanish (qotish) jarayoni tezlashadi. 
Umurtqa suyaklarining bunday o‘zgarishi bola yurganda, yugurganda va 
murakkab sakrash harakatlarini bajarganda gavda og‘irligini ko‘tari
sh 
imkonini beradi. Biroq ilk yoshdagi bolalar umurtqa suyaklari hali juda ojiz 


105 
va elastik bo‘ladi. To‘g‘ri o‘tirmaslik, tekis qilib solinmagan o‘rinda yotish 
natijasida bolaning umurtqa suyaklari qiyshayib o‘sishi mumkin. Bosh 
suyagining tutashmagan joyi, 
ya’ni kalla liqildoqlari bitib ketib, ensa va tepa 
qismlari o‘sadi. Bolaning dastlabki sut tishlari chiqib, jag‘i avvalgiga nisbatan 
aktiv ishlay boshlaydi. 
Bir yoshga to‘lgan bolaning harakatchanligi ortib borgan sa
ri uning 
ichki organlari 
faoliyatida ham muhim o‘zgarishlar yuzaga keladi. Ma’lumki, 
har qanday harakat qon aylanishi bilan nafas olishning aktiv ishlashini 
taqozo qiladi. Bola bir yoshga to‘lgach, bemalol yurib, har xil harakatlarni 
qiladigan bo‘lgach uning yurak vazni hamda o‘pk
asining hajmi anchagina 
kattalashadi, yurak muskullari ham birmuncha mustahkamlanib qon bosimi 
bir qadar oshadi. Bu esa qon tomirlari urishining sekinlashis higa olib keladi. 
Masalan, chaqaloq bolaning qon tomiri daqiqaga 120-130 marta ursa, 
bog‘chagacha t
arbiya yoshida bolaning yuragi 110-
120 marta uradigan bo‘lib 
qoladi. Ilk yosh davridagi bola organizmi juda ko‘p ozuqa moddalarni talab 
qiladi. Yoshidan oshgan bola turli xil ozuqa moddalarni asosan ovqatdan 
oladi. Bola yoshidan oshgach, ko‘krakdan ajratil
adi. Ana shu davrdan boshlab 
uni kattalar iste’mol qiladigan ovqatlarga sekin
-
asta o‘rgatila boshlanadi. 
Bolaning faqat ona sutini iste’mol qilishdan boshqa ovqatlarni ham iste’mol 
qilish
ga o‘tishi uning ovqat hazm qilish organlarida o‘zgarish yasaydi.
Bo
lalarning jismoniy jihatdan normal va sog‘lom o‘sishlari uchun oilada 
ham MTTda ham ularning qat’iy rejim bilan sifatli ovqatlantirishga jiddiy 
e’tibor bilan qarash kerak. Ilk yoshdagi bola ovqatlanishida yuzaga keladigan 
bu o‘zgarishlar bolaning qon tarkibini ham o‘zgartiradi. Ovqatning turi 
ortgan sari qondagi eng muhim elementlar bo‘lmish gemoglobin va 
eritrotsitlar miqdori ortadi. Lekin shunday bo‘lsa ham bu yoshdagi bolada 
organizmni yuqumli kasalliklardan muhofaza qilib turadigan oq qon 
tanachalari (leykotsitlar) 
еtarli miqdorda bo‘lmaydi va ular turli yuqumli 
kasalliklarga tez chalinadigan bo‘ladi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bola 
jismoniy jihatdan tez o‘sishda davom etsa ham, u hali tashqi muhit 
o‘zgarishlariga yaxshi moslasha olmagan bo‘ladi. Shunin
g uchun muhitning 
salgina o‘zgarishi bolaga darhol ta’sir qiladi. Bola yangi muhit sharoitida tez 
toliqadi. Bolaning psixik jihatdan sog‘lom o‘sishi uchun uning organizmini 
mustahkamlaydigan tadbirlarga, ya’ni qat’iy kun tartibi, gigiyena qoidalari va 
organizmni sistemali tarzda jismoniy jihatdan chiniqtirishga rioya qilish 
kerak. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin