Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

o’yin faoliyati
uning hayotida muhim o’rin egallaydi va unda ko’rib va eshitib idrok qilish 
uquvini o’stiradi, jismlarning rangi, shakli, katta
-kichikligini ajrata olish 
qobiliyatini rivojlantiradi. O’yin faoliyati go’dakning borliqni bilishida va 
uni aks ettirishida muh
im rol’ o’ynaydi. 
 
 
 


96 
 
5.2.2. Go’dakda muloqot ko’lamining kengayishi va nutqning 
 
vujudga kelishi 
Shaxslararo aloqa o’rnatish zarurati bolada noverbal, nutqsiz 
muloqotning maxsus shakli paydo bo’lishiga olib keladi. Shuni alohida 
ta’kidlash kerakki, organizmning tashqi va ichki qo’zg’atuvchilarga javobi 
"jonlanish"ni keltirib chiqaradi. Muloqotning eng oddiy ko’rinishlari 
keyinchalik boshqa murakkabroq ko’rinishlarining vujudga kelishiga puxta 
zamin yaratadi. Katta yoshli kishilar tovushiga taqlid qilish, 
go’dakni 
kurshab turgan odamlar nutqini idrok qilishi tom ma’nodagi nutq 
faoliyatini tarkib toptiradi. Muloqotning so’nggi turlari go’dak hayotining 
ikkinchi yarim yilida ko’zga tashlanadi. Uning o’zini parvarsh qilayotgan, 
odamlarga iliq tabassum, quvonc
h va shodlik tuyg’usi bilan boqishi faqat 
xush kechinmalaridan emas, balki ichki mexanizmlarini ifodalovchi, 
muayyan darajada tashkil topgan ijobiy ta’sirlanishni aks ettiruvchi 
muloqotdan ham iboratdir.
Katta yoshli odamlardan ta’sirlanish his
-
tuyg’usi go’dakning hayoti va 
faoliyatida bir necha yo’nalishda qaror topib boradi. Ulardan bittasi 
quvonch yoki tabassum tuyg’usida: kattalarga butun vujudi bilan talpinishi, 
tikilib turishi, harakatlarini kuzatishi, qo’lini uzatishi, boshini qo’zg’atuvchi 
kelgan t
omonga burishi, o’ziga xos tovushlar chiqarishi yoki gugulashida 
yaqqol ko’rinadi. Ta’sirlanish his
-
tuyg’usi "jonlanish majmuasi" bilangina 
emas, balki uning alohida tarkibiy qismlari (tovush, chehra va hokazolar) 
ta’sirida ham vujudga keladi. 
Ta’sirlanish tuyg’usi keyinchalik tanlovchanlik xususiyatini kasb etib, 
faqat ayrim (yaqin, tug’ishgan) kishilarga nisbatangina hosil bo’ladi. Oldingi 
mavzularda ta’kidlanganidek, ta’sirlanish tuyg’usi avval umumiy 
xususiyatga ega bo’ladi, keyinchalik (4
-5 oylik paytlarda) kishilarni tanish 
va begonaga ajratish bilan yakunlanadi. Ya’ni tanishlar go’dakda chuqur 
ijobiy kechinmalar hosil qilsa, begonalar quvonch va tabassum hislarini 
butunlay to’xtatishga ham olib keladi. Tanish kishi psixik jarayon sifatida 
bolaning psixikasida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan katta 
yoshdagi odamlar go’dak uchun dastlabki tanish jarayonning ob’ektiga 
aylanadilar va muloqot davomida ijobiy ta’sirlanish tuyg’usini paydo 
qiluvchi qo’zg’atuvchi vazifasini o’taydilar. Insonga qaratilgan ta’sirlanish 
tuyg’usi vaqt o’gishi bilan turli jismlarga ham ko’chadi. Kattalar qo’lidaga 
masalan, o’yinchoq go’dakda quvonch va jonlanish hissini uyg’otadi, 
jismlarning bola nigohini o’ziga jalb etish xususiyati ham kattalar 
yordamida ro’yobga chiqadi
.


97 
Go’dak yarim yoshida ular bilan muloqotga kirishish jarayoni ikki xil 
xususiyat kasb etadi. Avval muloqot bir tomonlama, faqat ta’sir o’tkazish 
bilan chegaralansa, endi teskari munosabat (go’dakning ularga javobi 
tariqasida) ham vujudga keladi. Chunonchi, bola kattalarning kiyimini 
tortqilaydi, ularga qichqiradi, hatto, hiqillaydi va hokazo. Mazkur psixik 
holat bolaning kattalar bilan muloqoti rivojlanishning yuqoriroq 
bosqichiga ko’tarilganidan dalolat beradi. 
Go’dakning katta odamlarga qo’yadigan talablari (garchi qat’iy 
ohangda, so’z bilan ifodalanmasada) bevosita yordamga muhtojligini 
bildirish (masalan, qo’lini o’yinchoq qisib olsa, ko’ylagi ilinib qolsa, koptogi 
dumalab ketsa, charchasa va boshqa hollar ro’y bersa, boshqalarni 
chaqiruvchi signal) vazifasini bajarsa, keyinchalik shunchaki chaqirish 
vositasiga aylanadi va bu hol muloqotga ehtiyojdan, uning nisbatan 
taqchilligidan kelib chiqadi. Shuningdek, bola o’yin faoliyatida 
qiyinchiliklarga uchrasa, o’yin qovushmasa ham mazkur chaqiriq 
vositasidan foydalanadi. Bola hayotining ikkinchi yarim yilligida kattalar 
nutqini idrok qilishi va uni tushunishi jadal sur’at bilan o’saveradi. Chunki 
ona yoki tarbiyachi uni parvarishlash va tarbiyalash jarayonida har bir 
harakatni tushunchalar, so’z birikmalari,
atamalar bilan birga amalga 
oshiradi, harakat bilan predmetning uzviy bog’liqligini yoritishga tirishadi. 
Ma’lumki, har qaysi predmet va voqea o’z nomi bilan ifodalanadi, 
natijada bola uchun onaning yoki tarbiyachining (murabbiyning) nutqini 
tushunish va 
uni ilg’ab olish birmuncha
е
ngillashadi. Bularning barchasi 
bola bilan katta yoshli odamlar o’rtasida uzluksiz hamkorlik vujudga 
kelishini taqozo qiladi. Bolaning hamkorlikdagi (ota-ona, enaga, murabbiy 
yoki tug’ishtanlari ishtirokidagi) o’yin faoliyati h
am, his-
tuyg’uga berilishi 
ham nutq va nutq faoliyati bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. 
Olima G.L.Rozengart-Pupko bolaning nutqni tushunishi (idrok qilishi) 
jarayonini o’rganib, ko’ruv idroki va predmetlarga ko’z yugurtirish, 
ularning nomlarini tushunish rivojlanishiga yordam beradi, deya xulosa 
chiqaradi.
Tadqiqotchilardan Z.I.Barabanova go’dakning nutqni idrok qilishini 
tekshirib, undagi turli analizatorlarning roliga baho beradi. Uning 
ma’lumotlariga qaraganda, qo’zg’atuvchi 10 marta namoyon bo’lishid

ko’ruv analizatorlarining yo’nalishi 86 foiz bolada saqlangan, eshituv 
analizatori esa 60 foiz sinaluvchilarda yo’qola boshlagan. Qo’zg’atuvchining 
20 marta ta’sir ko’rsatishi natijasida ko’ruv analizatorining ta’sirlanish 
orientirovkasi 18 foiz bolada s
o’ngan, eshituv analizatori xuddi shu paytda 
umuman batamom so’nib bo’lgan. 
D.B.El’konin xulosasiga ko’ra, nutqni tushunish vujudga kelishining 
asosiy shartlari quyidagilardan iborat:


98 
a) umumiy holatdan jismni ajrata olish;
b) narsaga diqqat-
e’tiborini to’plash; 
v) favqulodda holatga qarab anglanadigan his-
tuyg’uning mavjudligi 
va boshqalar.
O’zgalar nutqini tushunish ko’ruv idrokining zamirida vujudga keladi. 
Bolani o’zgalar nutqini tushunishga o’rgatishda katta odam biror 
o’yinchoqdan ta’sirlanishni hosil qiladigan 
q
o’zg’atuvchini uyg’otadi. Bunda 
o’zi jism va rasmlarga bolaning diqqatini jalb etadi yoki uning qo’lidagi 
yoxud stol ustidagi ob’ektlarni ko’rsatib "Surnay qani?", "Katta ayiqcha 
qani?", "Koptok qani, avtomobil-chi?" kabi savollar bilan murojaat qiladi.
Kattalarning bola bilan mashg’ulotlarni bir necha marta takrorlashi 
natijasid
a talaffuz qilinayotgan so’z bilan predmet uzviy bog’lanadi va bu 
bog’lanish bir necha bosqichlarda namoyon bo’ladi. Dastavval kattalarning 
savoli bolada hech qanday ta’sirlanish tuyg’usini qo’zg’atmaydi, hatto, 
go’dak o’sha predmetga qiyo ham boqmaydi. Ik
kinchi bosqichda bolada 
savolga nisbatan sust harakatlanish hosil bo’ladi va u predmet turgan 
tomonga diqqatini yo’naltiradi. Nutqni idrok qilishning uchinchi bosqichida 
go’dak uchun jismning mohiyati va mazmuni muhim ahamiyat kasb 
etmaydi, balki berilayotgan savolning intonatsiyasi, ritmi, tempi, mantiqiy 
urg’usi bosh mezon, asosiy turtki vazifasini bajaradi. 
O’zgalar nutqini tushunishning oxirgi bosqichida go’dak predmetni 
anglatuvchi so’z bilan predmetni o’zaro bog’lash imkoniyatiga ega bo’ladi, 
natijada boshqa joylardan ham shu predmetni topish uchun ijodiy 
izlanishga harakat qiladi. Nutqni idrok qilish va tushunishning oxirgi 
bosqichi go’dakning 9
-
10 oyligidan boshlanadi va uni o’zgalar nutqini 
tushunishning ilk shakli va ko’rinishi deb ataladi. 
Tadqi
qotchi F.I.Fradkina kattalarning go’dakka qaratilgan nutqidan 
quyidagi ta’sirlanish holatlarini ko’rish mumkinligini aniqlagan: 
1) nomi aytilgan predmetga javob tariqasida burilib qarash (7-8 
oyliqda);
2) turmush tajribasida egallangan harakatlarni kattalar eslatishi 
bilanoq bajarishga intilish (7-8 oylikda);
3) kattalarning nutq orqali ko’rsatmasi bo’yicha oddiy topshiriqlarni 
bajarish (9-10 oylikda); 
4) nutq orqali ko’rsatma bo’yicha zarur predmetni tanlab olish (10
-
11 oylikda);
5) "Mumkin emas" degan taqiqlovchi so’z ta’sirida harakatini 
to’xtatish (12 oylikda) va hokazo. 
Go’dakda o’zgalar nutqini idrok qilish va unga javob berishga intilish, 
xususan qo’zg’atuvchiga javoban u yoki bu harakatni amalga oshirish 
murakkablashib boraveradi. Bular uning aqliy imkoniyatlari darajasiga 


99 
(tiyrakligaga, topqirligiga) bevosita bog’liq bo’lib, bola ulardan ta’sirlanish 
natijasida narsalarga nigoh tashlaydi, uni ushlab olish uchun qo’l cho’zadi, 
unga emaklab boradi.
Tushunish vujudga kelayotgan jarayonda favqulodda holatga qarab 
ta’sirlanishning o’zi ham murakkablashib boradi. Dastlab ta’sirlanish biror 
jismga nisbatan paydo bo’ladi, keyinchalik biror jismni boshqa ob’ektlar 
bilan yonma-yon turgan joyidan tanlab olish birmuncha qiyinchilik bilan 
ko’chadi. Tushunishning rivojlanish bosqichlari ko’ruv idroki bilan nutq 
o’rtasidagi o’ziga xos munosabat tariqasida namoyon bo’ladi. Shuning 
uchun tushunish, ya’ni nutqni idrok qilish go’dakni orientirlash faoliyati 
negizida vujudga kelib, ko’ruv orien
tiri shaklida ifodalanadi. 
Tushunishning o’zi ham ko’ruv orientirining o’sishida yangi bosqich 
xisoblanib, harakatning so’z bilan boshqaruv bosqichiga ko’chganligini 
bildiradi.
D.B.El’koninning fikricha, 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin