Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

Birinchidan
, mazkur yosh davrida bola bilan uni parvarish qilayotgan 
kattalar o’rtasida yaqin va nisbatan barqaror aloqa o’rnatiladi. 
Ikkinchidan

go’dak qatnashadigan har 
qanday favquloddagi holat va muammoli 
vaziyatda kattalar markaziy siymoga aylanadilar.
Uchinchidan,
go’daklik davrining oxirida hamkorlikdagi o’yin faoliyati 
individual o’yin faoliyatiga aylanadi. Shunday qilib, go’daklik davrida 
kattalar bilan faol aloqa
ga kirishish ehtiyoji tug’iladi va bu aloqa nutq 
davrigacha muloqotning o’ziga xos yangi shakli sifatida bolaning o’sishida 
muhim rol’ o’ynaydi. Bir yoshgacha davrda paydo bo’lgan ehtiyojning 
tobora chuqurlashuvi bilan nutq davrigacha muloqot cheklanganligining 
nomutanosibligi bir yoshdaga inqirozni keltirib chiqaradi. Vujudga kelgan 
qarama-
qarshilik o’z
е
chimini nutq orqali muloqot davrida topadi va bola 
o’sishning bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o’tayotganini ifodalaydi. 
Go’dakning nutq faoliyati tako
millashgan sayin muloqotning mazmuni 
boyib, ko’lami kengayib boradi. Natijada haqiqiy ma’nodagi shaxslararo 
munosabat vujudga keladi, go’dakning shaxsga aylanishi va 
ijtimoiylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi. Mazkur davrda go’dakning 
o’sishini ta’minlovchi ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlar yaratilishi —
bolaning 
faolligi ortishi uchun psixologik negiz bo’ladi. 
L.I.Bojovich olib borgan tadqiqotning natijasi tug’ilish davriga 
kelganda bolaning miya po’stlog’i faoliyat ko’rsata boshlasa
-da, aslida u na 
anat
omik va na funksional jihatdan rivojlangan bo’lishini ko’rsatdi. 
Vaholanki, uning psixik dunyosida vujudga keladigan ehtiyojlarning kuchi, 
davomiyligi, barqarorligi ana shu rivojlanishga bog’liqdir. Shunday ekan, 
organlarning rivojlanishi go’dakning funksi
onal holatiga aloqadorligi 
sababli bosh miyaning rivojlanishi ham unga yangi qo’zg’atuvchilarning 
ta’sir qilishiga va bu ta’sirning bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ida 
faoliyat uyg’otishiga bog’liqdir. Bosh miya markazlari esa jadallashgan 
orientirovka faoliyatining kuchliligi tufayli funktsional jihatdan rivojlanadi. 
Mohir tadqiqotchi
N.M.Askarinning fikricha, katta yoshdagi odamning tabassumi yoki 
yoqimli ovozidan boshqa hech qanday qo’zg’atuvchi go’dakda shunchalik 
quvonch va shodlik his-
tuyg’us
ini vujudga keltira olmaydi. Shu sababli 
quvonch tuyg’usini uyg’otish va mustahkamlash uchun tarbiyachilar go’dak 
bilan tez-
tez muloqotda bo’lishi, yoqimli ohangda, samimiy suhbatlashib 
turishi lozim.
Harakatning psixologik xususiyatlari va mexanizmlarini qator 
tajribalar asosida o’rgangan olimlardan D.B.El’koninning ishonch bilan 
ta’kidlashicha, 2
-
3 haftalik go’dakda ko’z konvergensiyasi vujudga kelsa 
ham, o’z nigohini turli jismlarga qaratib turish jarayoni juda qiyin kechadi, 
hayotining 3-5 haftalarida 
esa uning nigohi oz fursat bo’lsada, muayyan 


93 
ob’ektga to’plana boshlaydi. 4
-
5 haftalik go’dakda 1
-1,5 metr naridagi 
jismlarni kuzatish ko’nikmasi hosil bo’ladi. Ikki oylik bola 2
-4 metr 
uzoqliqdagi narsani kuzatishni o’rganadi, u uch oyligida 4
-7 metr oraliqdagi 
jismlarni ham payqay oladi, nihoyat, 6-
10 haftalik go’dak hatto, 
aylanayotgan narsalarning harakatini idrok qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Keyinchalik hissiy organlarining ko’z bilan turli funksional aloqalar 
o’rnatishi qaror topadi. Go’dak to’rt 
oyligida uning jismga tikilishi va 
tomosha qilishi nisbatan barqaror bo’ladi. 
Yuqoridagi fikrlarga qaramay, mazkur yoshdagi bolalarda qo’l 
harakati hali beixtiyor xususiyatga ega bo’lib, jismlarni maqsadga muvofiq 
harakatlantirishdan ancha uzoqdir. Go’dak
4 oyligidan boshlab narsaga 
qo’lini yo’naltiradi, asta
-
sekin unda paypaslash uquvi namoyon bo’la 
boshlaydi, 5-
6 oyligida narsani ushlash va uni o’ziga tortib olish (qo’ldan 
yulib olish) ko’nikmalari shakllanadi. Harakat va teri
-tuyush organlari 
sifatida q
o’sh vazifani o’tovchi ko’rish qobiliyati bir maromda 
rivojlanishdan birmuncha kechikadi. Bola 6 oyligida unda o’tirish, turish, 
emaklash, yurish, gapirish ko’nikmalari shakllanadi. Yuqoridagi hollarning 
moddiy asosini o’rgangan N.M.Shchelovanov 2 oylik bo
lada bosh miya 
yarim sharlari po’stlog’i o’z funksiyasini boshlashini, bu hol barcha idrok 
qilish organlarida, jumladan, eshituv, ko’ruv apparatlarida shartli reflekslar 
paydo bo’lganidan dalolat berishini uqtiradi. Olimning fikricha, eshitish, 
ko’rishning
yuksak analizatorlari, hattoki, ularning kortikal bo’limlari 
rivojlanganidan keyin bolada harakat va harakat hodisasi rivojlanadi.
D.B.El’konin o’z tadqiqotlaridan ko’zning rivojlanishi 4 oylik go’dakda 
ayrim harakatlarni va harakatlanuvchi ob’ektlarni k
uzatish imkonini 
yaratadi, degan xulosa chiqaradi. Mazkur yosh davrida predmetning 
harakati ko’z harakatini vujudga keltiradi. Uning rivojlanishi qo’l bilan 
paypaslash harakati paydo bo’lishi bilan boshlanadi. Go’dakning harakati 
o’z qo’lini silash va ushlab ko’rishdan boshlanib, choyshab va 
ko’rpachalarni paypaslashga borib
еtadi. Odatda, bola qo’lini uzoq vaqt 
ko’rpacha va choyshab ustida harakatlantiradi. Tashqi ta’sirga javob 
sifatida paydo bo’lgan psixik jarayonning mazmuni qo’lning jism ketidan 
emas, 
balki jism bo’ylab harakat qilishidan iboratdir. D.B.El’konin va 
V.S.Muxinaning fikricha, bolada 5 oyligidan jismlarni ushlash harakati 
boshlanadi: unda predmetni paypaslash uchun qo’lini uzatish va uzatilgan 
qo’llarini ko’zdan kechirish yoki tekshirish v
ujudga keladi. Bunda ushlab 
olish sodir bo’lmasada, ushlashga intilish bo’ladi; vaholanki, go’dakning qo’l 
barmoqlari narsani ushlab turish imkoniga ega bo’lmaydi. Go’dak bir necha 
marta natijasiz harakat oqibatida kaft va barmoqlarini yaqinlashtirib, 
shun
day qulay holat yaratadiki, qo’lining uchi jismga tegishi bilanoq uni 
ushlab oladi. Qo’l bilan ushlashning vujudga kelishi ham go’daklik davrining 


94 
muhim rivojlanish pallasi hisoblanadi. Chunki qo’l bilan ushlash harakati, 
birinchidan, ko’rish harakatini mu
vofiqlashtirsa, ikkinchidan, mazkur 
psixologik holat birinchi yo’naltirilgan harakatni ifodalaydi, uchinchidan, 
jismlarni ushlashga intilishning o’zi narsa bilan turli harakatlarni bajarish 
(manipulyatsiya)ning eng qulay shartidir. Ko’pgina psixologlarning
fikricha, olti oylik go’dak yotgan joyidan turib o’girishga harakat qiladi. 
Chunki bunda jismni tutib turgan qo’lning harakatini kuzatish imkoni 
tug’iladi, o’tirganda qo’l harakatlari bilan ko’ruv idrok maydoni o’zaro 
mutanosiblashadi. 7 oylikdan bolada narsani idrok qilish va ushlab olish 
harakati o’rtasida uzviy aloqa vujudga keladi. Masalan, bola o’yinchoqni 
ko’rishi bilanoq uni olish uchun qo’lini cho’zadi. 
N.L.Figurin va M.P.Denisovaning fikricha, yarim yoshgacha davrida 
go’dakda jismlarga takroriy intilishning paydo bo’lishi harakatning rivojini 
yangi bosqichga ko’taradi. Mualliflar mazkur holatni chuqurroq o’rganish 
maqsadida sinaluvchilarga har xil rangli va hajmli kub, silindr, prizma kabi 
geometrik jismlarni ko’rsatishgan. Har qaysi jism bolada f
aol orientir 
(chamalash, mo’ljal) refleksini vujudga keltirgan: bola avval jismni ko’zdan 
kechirgan, keyin uni qo’liga olgan, u bilan mashg’ul bo’lgan, so’ngra unga 
uzoq termulgan qaytadan ushlab ko’rgan, bir qo’lidan boshqa qo’liga bir 
necha marta olib o’
ynagan. Jism 15-
25 daqiqa go’dakning qo’lida turgan, 
olingan va undan farqli yana bitta jism bilan qo’shib, go’dakning oldiga 
qo’yilgan. Tajribada bola tanish jismga mutlaqo e’tibor qilmay, faqat 
"yangi"siga talpinavergan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, "yangilik" alomati bola uchun 
muhim ahamiyat kasb etgani sababli unda orientir refleksi borgan sari 
faollashib borgan. Shuning uchun "yangi"lik alomatining qo’zg’atuvchilik 
xususiyati bolaning faoliyatida uchraydigan takroriy va uzluksiz harakat 
mexanizmlarini tushunishga, idrok qilinayotgan narsalarga faol ko’z 
yugurtirish va jism bilan turli harakatlarni bajarishning psixologik 
mohiyatini ochishga xizmat qiladi. Keyinchalik, ya’ni go’dak ikkita jismdan 
foydalanishi, u
lar bilan mashg’ul bo’lishi natijasida unda mazkur 
predmetlar bilan funksional harakatlarni amalga oshirish sodir bo’ladi. 
Narsa bilan funksional harakatni amalga oshirishda, birinchidan, shu 
harakatlar predmet bilan munosabat o’rnatishni talab qiladi, ikk
inchidan, 
mazkur harakatdan foydalanish jarayonida go’dakning qo’l ishlari ko’lami 
kengayadi.
R.Ya. Abramovich-
Lextman go’dakning bir yoshgacha davrida 
predmetlar bilan harakat qilishini o’rganib, ularning oltita rivojlanish 
bosqichidan iborat ekanligini aytadi. 
Bular:
a) faol sergaklik (tetiklik) - 2 haftalikdan 4-5 haftalikkacha;
b) sensor faollik - 1,5 oylikdan 2,5-3 oylikkacha;


95 
v) harakatoldi - 2,5-3 oylikdan 4-4,5 oylikkacha;
g) sodda "sermahsul" harakat - 4 oylikdan 7 oylikkacha;
d) o’zaro bog’langan (uyg’un) harakat 
- 7 oylikdan 10 oylikkacha;
ye) funksional harakat - 10-11 oylikdan 12-13 oylikkacha davom 
etadi.
Muallif har bir bosqichning o’ziga xos xususiyatlarini ham sxematik, 
ham tekstual tarzda ifodalagan. Bir yoshgacha bolalarda ta’sirla
nishning 
eng muhim jihatlari paydo bo’lishi va shakllanishi jarayonining rivojlanishi 
sxemasini N.L.Figurin va M.P.Denisova tuzdilar. Buning uchun ular 
ta’sirlanishning 34 ta ko’rinishini tanlab: ta’sirlanish mavjud emasligi, 
ta’sirlanish namoyon bo’lishi,
uzil-
kesil ta’sirlanish shakllanish 
bosqichlariga psixologik tavsif berganlar. Jismning xususiyatiga qarab bola 
harakatidagi o’zgarishlarni M.Yu.Kistyakovskaya, D.B.El’konin, Ye.A.Arkin, 
V.S.Muxina, N.A.Menchinskaya va boshqalar, retseptor faoliyat 
mexanizmlarini I.P.Pavlov va uning shogirdlari F.R.Dunaevskiy kabilar 
o’rganishgan. Ularning talqinicha, emaklash 

go’dakning fazoda mustaqil 
holda o’rin almashtirishi, harakat qilishning dastlabki ko’rinishidir. 
Mustaqil yurish - 
go’dakning insonlarga xos yo’
sinda fazoda siljish, 
joyidan qo’zg’alishni amalga oshirish uchun muayyan darajada 
tayyorgarlikni taqozo qiluvchi harakatlarning yanga ko’rinishidir. Shunday 
qilib, go’dakning jismlar bilan bevosita amaliy aloqaga kirishuvi va ular 
yordamida harakatlanishi narsalarning yangi xossa va xususiyatlarini bilib 
borishi, ular bilan munosabatini yanada kengaytirishi uchun imkon 
yaratadi. Hayotining ikkinchi yarim yilida bolaning predmetlar bilan har xil 
harakatlarni amalga oshirishdagi ildamligi, orientirlash faoliyatining 
murakkablashuvi, fazoda o’rin almashtirishining yangi shakllari vujudga 
kelishi uni katta yoshdagi odamlarga bevosita bog’lab qo’yadi. 
Go’dak o’sishining murakkabligi uning xilma
-
xil faoliyati bilan o’zaro 
bog’langandir. Shuning uchun katta yoshd
agi odamlar bu davrda 
go’dakning ehtiyojlarini to’la qondirishga harakat qilishlari kerak. 
Shundagina ularning bola psixik dunyosiga muntazam va maqsadga 
muvofiq ta’sir etishi uning bosh miya katta yarim sharlari po’stining 
faoliyatini takomillashtiradi.
Go’dak hayotining dastlabki oylaridan boshlaboq, 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin