Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 Go’daklik davrida sensamotor rivojlanishning shart



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
5.2.3. Go’daklik davrida sensamotor rivojlanishning shart
-sharoitlari 
va psixodiagnostikasi 
Hayotining birinchi oylarida, bola bezovtalangan paytlarda, qo‘1 va 
oyoqlarning harakati juda betartib, bir-biriga moslashmagan, beixtiyor 
holda boladi. Keyin harakatlar asta-
sekin «ongli»lashib boradi va bu 
harakatlar yangi sezgilarning manbayi bo‘lib xizmat qiladi, bu 
murakkabroq harakatlarga o‘tishni tayyorlaydi. 3—
3,5 oylik bola, unda hali 
aniq koordinatsiyalashgan harakat bolmasa ham, 
qollarini o‘yinchoqlarga 
uzatadi. 
Aniq koordinatsiyalashgan harakat 4 oylik bolada yaxshi ko‘rinadi. 
Bola o‘yinchoqni bemalol qoliga ololadi. Uni tutib olib, u
-
bu yog’iga qaraydi, 
og‘ziga tegizib ko‘radi va shu yo‘1 bilan ko‘plab har xil taassurotlar oladi. 
Bola yoshiga to‘lguncha juda ko‘p harakatlarni o‘zlashtirib oladi. 
Bolaning qiladigan turli-
tuman harakatlari orasida qo‘l harakatlari psixik 
22
G’oziyev E. Ontogenez psixologiyasi. Toshkent. Noshir. 2010.
- 98-102 betlar. 


101 
taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan harakatlardir. To‘rt oylik bola na
rsalarga 
qo‘l cho‘zadigan bo‘ladi, ammo u hali o‘zining qo‘l harakatlarini idora qila 
olmaydi. Bola besh oylik bo‘lgach, narsalarni ushlab, uni paypaslab
timirskilab ko‘radigan bo‘ladi. Bolaning qo‘l harakatlari atrofidagi narsalarni 
bilish quroliga ayla
nadi, chunki u narsalarni paypaslab, timirskilab ko‘rish 
orqali ularning ayrim xususiyatlarini bilib oladi.
 
Bolaning psixik taraqqiyotida murakkab harakatlarni egallab borishi 
juda katta rol o‘ynaydi. Bola olti oylik bo‘lgach, mustaqil o‘tira oladigan 
bo‘ladi. Bola o‘tira boshlagandan so‘ng uning nazar doirasi kengayib, unda 
yangidan yangi taassurotlar paydo bo‘ladi. Bola ko‘z o‘ngida yangi 
taassurotlarning paydo bo‘lishi idrok, diqqat, xotira kabi psixik 
jarayonlarning rivojlanishiga katta yordam beradi. 
Bola sakkiz oylik bo‘lgach, 
ya
na bir murakkab harakatni, ya’ni emaklashni boshlaydi. Bola psixikasining 
rivojlanishida bu yangi harakatning ahamiyati juda kattadir. Emaklay 
boshlagach bolaning atrofdagi narsa
lar bilan munosabatda bo‘lish 
imkoniyati kengayadi. Natijada mustaqil harakat qilib, yangidan yangi 
narsalarni taniy boshlaydi. Bolani hamma narsa qiziqtiradi. U bir narsani olib 
ikkinchi narsaga urib taqillatadi va chiqayotgan ovozga quloq soladi. Odatda, 
bu yoshdagi bolalar biron narsaning qopqog‘in
i ochib yopishni yoqtiradilar. 
Bunday harakatlar bolaning qo‘l muskullarini mustahkamlaydi va 
narsalarning turli xossalarini bilib olishlariga yordam beradi.
Og‘ir kasallikka uchramay, jismoniy jihatdan sog‘lom o‘sgan bola 9
-10 
oylik bo‘lganida yu
ra boshlaydi. Bolaning mustaqil tarzda yura boshlashi 
uning hayotida g‘oyat katta hodisadir. Bola yura boshlagandan so‘ng uning 
psixik taraqqiyoti uchun juda katta imkoniyatlar yuzaga keladi. Yura 
boshlagan bolaning aktivligi kun sayin ortib, erkin harakat qilish doirasi 
kengayadi. Bemalol yura oladigan bola tor uy doirasidan tashqariga chiqish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa idrok doirasini kengaytirib, mazmundor 
bo‘lishiga yor
dam beradi. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin