7.3. Ilk bolalik davrida o‘z - o‘zini anglash Bu davrdagi bolalarning xatti-harakatlari ularning xohish va
hissiyotlari juda o‘zgaruvchan bo'ladi. Masalan, bolaning yig'lashi hamda
yig‘idan to‘xtashi juda tez o‘zgaradi. Ilk davrda bolada o‘z yaqinlariga: onasi,
otasi, buvi-buvalari, tarbiyachisiga nisba
tan muhabbat shakllanadi. Bola o‘z
yaqinlaridan maqtov olishga harakat qiladi. Ota-onalar tomonidan bolaning
xatti-harakatlari va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional
baholari ularda o‘zlarining layoqat va imkoniyatlariga nisbatan ishonchini
shakllantiradi. U o‘z ota
-onasiga nihoyatda qattiq boglan
gan bo‘lib, intizomli
va itoatkor boladi. Ana shu bog‘liqlik sababli bolaning asosiy ehtiyojlari
qondiriladi, xavotirligi kamayadi. Onasi yonida bo‘lgan bolalar ko‘proq
harakat qiladilar va atrof-
muhitni o‘rganishga intiladilar. Bu davrda bola o‘z
ismini ju
da yaxshi o‘zlashtiradi. Bola doimo o‘z ismini himoya qiladi, uni
boshqa ism bilan chaqirishlariga norozilik bildiradi. Kattalarning bola bilan
qiladigan muomala-
munosabati uning o‘zini alohida shaxs sifatida
anglashini boshlanishiga imkoniyat beradi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan
amalga oshadi. Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab
uning o‘z «Men»ini anglay boshlashi birmuncha avvalroq yoki kechroq
yuzaga kelishi mum
kin. 3 yoshli bola o‘zini, o‘z xohish va ehtiyojlarini
qondirishi
mumkin bolgan manba deb biladi va bu uning «Menga bering»,
«Ko‘taring», «Men ham boraman» kabi talablarida ko‘rinadi. Uch yoshli
bolalar o‘zlarini o‘zgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, buning natijasida
bolalarda o
’
z-
o‘zini baholash vujudga keladi. Shu da
vrdan boshlab bolalarda
mustaqil bolish ehtiyoji yuzaga kela
di va bu ularning «o‘zim qilaman»
qabilidagi so‘zlarida namo
yon boladi.
23