Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 Bola tafakkurida egosentrizmning yuzaga kelishi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
7.2. Bola tafakkurida egosentrizmning yuzaga kelishi 
Ilk bolalik davridagi bolalar so‘zlay 
boshlagan bolishiga qaramay, ular 
hali vaqt va fazo kabi murakkab tushunchalarni to‘g‘ri idrok qila 
olmaydilar, chunki ularda hali turmush tajribasi yo‘q. Bunday murakkab 
tushunchalar kundalik hayot davomida sekin-asta hosil qilib boriladi. 
Bir yoshgacha bolgan bolalarning diqqati nihoyatda beqaror va 
ixtiyorsiz bo‘lsa, ikki yoshga tolgan bolalarning diqqatida yangi sifatlar 
yuzaga kela boshlaydi. Bola o‘sib ulg‘aygan sari uning diqqati barqarorroq 
bola boshlaydi. Diqqatning ozmi-ko'pmi barqaror bola boshlagani shunda 
ko‘rinadiki, bola o‘zini qiziqtirgan biron narsa bilan uzoq vaqt mobaynida 
shug‘ullana oladi. Ikki yoshga tolib, uch yoshga qadam qo‘ygach so‘zlarni 
tushunadi. So‘z boyligi orta borgach, bolaning o‘ziga xos bolgan situativ tili 
haqiqiy tilga aylanadi. 


118 
Bu yoshdagi bolalarning tafakkurlari o‘ziga xos xususiyatlarga hamda 
konkret Xarakter
ga ega. Ular ayni chog‘da idrok qilib turgan narsalari 
haqida juda sodda tafakkur qila oladilar. Bundan tashqari, bu yoshdagi 
bolalarning tafakkur jarayonlarida ha
rakat elementlari ko‘p boladi. 
Shuning uchun ham ularning tafakkurlari ba’zan harakatli tafakkur deb 
ham yuritiladi. 
Ilk bolalik davridagi bolalarda tafakkurning fikriy operasiyalarini, 
ya’ni analiz, umumlashtirish kabilarni ko‘ramiz. Ular qollaridagi 
o‘yi
nchoqlarini yoki qollariga tushgan narsalarni amaliy aylantirib
paypaslab, buzib analiz qiladilar. Lekin sintez qilishga hali qurbi 
е
tmaydi. 
Bu yoshning oxiriga kelib tafakkurning o‘sishida nutqning roli juda oshadi. 
Bola yangi so‘zlarni mumkin qadar ko'proq bilib olib, ulardan o‘z 
tafakkurida keng foydalana oladilar. Bu esa fiklash operatsiyalarining 
o‘sishiga yordam beradi. Bolada so‘zlar vositasi bilan analiz va sintez qilish, 
abstraksiyalash hamda umumlashtirishning dastlabki alo- 
matlari ko‘rina 
boshlaydi 
Xorij psixologi G.Kraig bu yoshdagi bolalar tafakkur jarayonlarining 5 
ta xususiyatini ta’kidlab ko‘rsatgan.
Birinchidan, bu yoshdagi bolalarning tafakkuri konkret. 
Operatsiyalargacha intellektda bolalar mavhum fikrlay olmaydilar. 
Ularning aqli «shu
еrda va hozir» ro

y berayotgan jismoniy obyektlar bilan 
band bolib, ularni oson tasavvur qilishi mumkin. 
Ikkinchidan, kichkina bolalarning tafakkuri bir yoqlama, ya’ni 
hodisalarning rivojlanishi va boglanishlarning hosil bolishi bir yoqlama 
ro‘y beradi. Bol
alar qandaydir obyektning dastlabki holiga qaytishi 
mumkinligi yoki obyektlar orasidagi boglanishlar ikki tomonlama bolishi 
mumkinligini tasavvur qila olmaydilar. 
Uchinchidan, bolalarning operatsiyalargacha bolgan tafakkuri 
egotsentrik, bolaning istiqbol ramkalari bilan chegaralangan, shuning 
uchun ham boshqa insonning fikrini qabul qila olmaydi. Bolalar o‘zlari 
idrok qilayotgan obrazlariga diqqatini qaratganlari uchun, hamma odamlar 
dunyoni uningdek ko‘radi, deb o‘ylaydilar.
To‘rtinchidan, bu davrda bola 
tafakkuri obyekt yoki vaziyatni olchash 
yoki qandaydir jismoniy xususiyatida markazlashish tendensiyasiga ega. 
Markazlashish bu obyekt yoki vaziyatning qandaydir Xarakteristikasida 
diqqatning to‘planishi bolib, operatsi
yalargacha bolgan tafakkurning asosiy 
belgisidir. 
Beshinchidan, operatsiyalargacha bolgan davrda bolalar o‘zgarish 
jarayonlariga emas, balki obyektlarning hozirgi holatiga diqqatlarini 
qaratadi. 
Tafakkurning o‘sishda yana bir muhim bosqich shundan iboratki, ilk 


119 
bolalik yoshining oxiriga kelib bola ayrim tushunchalarni bilib olishga va 
bu tushunchalarning eng muhim belgilarini o‘zlashtirishga muvaffaq 
boladi. Uch yoshga tolay deb qolgan bola, katta yoshdagi hamma 
odamlarning ishga barvaqt ketishlarini juda yaxshi biladi. Agar bu yoshdagi 
bolaga «adang endi barvaqt ishga ketmaydi» deyilsa, u hayron bolib qoladi. 
Chunki katta odam bolgan adasining ishga bormasligi, uning tushunchasiga 
to‘g‘ri kelmaydi
. Uning tushunchasida hamma katta odamlar barvaqt ishga 
ketishi kerak. Shuning uchun hech bir o‘ylab olirmay, «adam kattalar
-
ku?» 
deb javob beradi. Bolalar tushunchalardan foydalanib, sodda xulosalar 
chiqarishga o‘rgana boshlaydilar. Ular bir necha hukmlar
dan foydalanib, 
katta, ki
chik, baland, past, ko‘p, oz kabi sodda xulosalar chiqara oladilar, bu 
esa tafakkurning yanada rivojlanishi uchun zamin yaratadi. 
Ilk bolalik davridagi bolalarda murakkab psixik jarayonlardan biri 
bolmish xayol anchagina rivojlana boshlaydi. Lekin bu asosan ixtiyorsiz 
xayol boladi. Ular hali ma’lum maqsad asosida ixtiyoriy tarzda xayol 
yurgiza olmaydilar. 
Bola ikki yoshga tolgach, uning o‘yinlarida jiddiy o‘zgarish ro‘y beradi. 
Bolaning o‘yiniga endi taqlidiy harakatlar qo‘shiladi.
Bola kattalardan 
ko‘rgan
-
bilganlarini o‘yinda taqlidan takrorlay boshlaydilar. Bu davrda 
bola mashinasini 
у
yoqdan bu yoqqa siljitish yoki tepalikdan sirg‘antirib 
tushirish bilan cheklanmay, haydovchilarning harakatlarini bajaradilar. 
Mashinaning motori ovoziga taqlid qilib ovoz chiqaradi, mashinada yuk 
tashiydi va hokazo. 
Nutqning o‘sishi bola xayolining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Bolalar kattalarning gaplariga tushunadigan bolgach, har xil ertak va 
hikoyalarni qiziqib tinglaydigan boladi. Bolalar 
o‘zlari biladigan, o‘zlariga 
yaxshi tanish bolgan narsalar haqidagi hikoyalarni joni dili bilan 
eshitadilar. Har bir hikoyani eshitganda bolada xilma-xil tasavvurlar 
yuzaga keladi. Bola bu tasavvurlari yordamida xayol qilish qobiliyatiga ega 
boladi. Bola 
hikoyalarni eshitish orqali olgan tasavvurlarini so‘zlar bilan 
ifodalaydi. So‘z esa bolaning narsalarni boshqacha idrok qilishga, ularning 
boshqa narsalarga o‘xshashligini aniqlashiga va ana shunday 
o‘xshashliklarni aniqlash asosida yangi obrazlar, yangi 
tasavvurlar 
yaratishga yordam beradi. 
Ilk bolalik davridagi bolalarda barcha psixik jarayonlar ma’lum 
darajada rivojlanar ekan, bu umuman ular ongining rivojlanishiga zamin 
yaratadi. Tili chiqib, idrok va tafakkuri anchagina o‘sgan bola tevarak
-
atrofdagi har xil narsalarga ongli munosabatda bola boshlaydi. Bola 
o‘zining turli ehtiyojlarini anglab, o‘zining shaxsini shakllantira boshlaydi. 
Mashhur fiziolog I.M.Sechenovning tili bilan aytganda, bola ana shu 
davrdan boshlab, o‘z sezgilarini tevarak
-atrofdagi n
arsalardan ajratib, o‘z
-


120 
o‘zini anglay boshlaydi. Bu yoshdagi bolalarning so‘z boyligida o‘z shaxsini 
bildiruvchi «men» degan olmosh tez
-tez uchrab turadigan boladi. Ana shu 
tariqa bola juda elementlar rarzda bolsa ham o‘zini shaxs sifatida anglay 
boshlaydi. Binobarin, ana shu davrdan boshlab ilk bolalik davridagi 
bolalarning shaxsiy (individual) xususiyatlari kamol topa boshlaydi. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin