Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 Ilk bolalik davrida harakat malakalarining rivojlanishi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
6.2. Ilk bolalik davrida harakat malakalarining rivojlanishi 
Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatga molik, uning 
kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi muhim davr 
hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bola
ning to‘g‘ri yurishi, 
muloqotga kirishishi va predmetli faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil 
etadi. Tikka va to‘g‘ri yura olish imkoni bolani doimiy ravishda yangi 
ma’lumotlarni egallashga zamin bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘z xatti
-
harakatlari bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga 
intiluvchan bo‘ladilar.
Yurishni o‘rganish bolaning jismoniy o‘sishi uchungina emas, balki 
uning psixik taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Bolaning 
mustaqil harakat qilishi - 
yurishi tufayli ko‘plab predmetlarga duch keladi, 
ularning nimalarga ishlatilishini «amal»da ko‘rib biladi va o‘zi ham ulardan 
kerakli o‘rinda foydalana boshlaydi. Bola yurishni o‘rgangach, fazoni ham 
bila boradi. Kichk
intoy bolalar «yaqindagi» fazoni qo'llarining harakati 
yordamida bilib oladilar, bunda ko‘z ham ishtirok eta boshlaydi. 
Bog
£
chagacha yoshdagi bola «uzoqdagi» fazoni oriyentirovka qila 
boshlaydi. Bola yura boshlaganda, o‘z oyog‘i yordamida masofa va yo‘nali
sh 
bilan tanishadi, uning ko‘z, qo‘l va oyoqlarining o'zaro kelishib harakat 


107 
qilishi, boshlang‘ich ko‘z o'lchovi o‘sadi hamda masofa va predmetlarning 
turgan joylarini birmuncha aniq aytib berish ko‘nikmasi vujudga keladi.
 
Bog‘chagacha bo'lgan yosh davrining birinchi yarmida bolalar 
predmetlar bilan harakat qilib, tanishib boradilar. Harakatlarning barcha 
koordinatsiyasi bolada barqaror diqqatning rivojlanishiga, idrokning aniq 
boiishiga va iroda kuchining o'sishiga olib keladi. Ammo bolalarning 
harakatlari kattalarning harakatlariga taqlid qilish Xarakteriga ega bo'ladi. 
Biror-
bir harakatni o‘z vaqtida o‘zlashtirishi bilan bola uni asta
-sekin 
mustaqil bajara boradi, bu harakat unda dadillik, ishonch va sabr-
matonatlilik kabi ijobiy xislatlarning tarkib topishiga yordam beradi. 
Bola hayotining uchinchi yilida, ya’ni organizmning intensiv o‘sishi va 
rivojlanishi davrida harakatlarning kam bo'lishi bolaning umumiy o'sishiga 
salbiy ta’sir etadi.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin