Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
8.2. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy jihatdan o’sishi
 
 
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, bolaning jismoniy jihatdan eng tez 
o‘sadigan davri bir
-
ikki yoshligiga to‘g‘ri keladi. Bola uch yoshga to‘lib 
maktabgacha yoshiga o‘tgandan so‘ng uning jismoniy jihatdan o‘sishi bir 
qadar sekinlashadi. Bolaning jismoniy jihatdan o‘sishidagi notekislik bu 
davrda ham davom etaveradi. Masalan, bola tug‘ilgandan bir yoshga 
to‘lguncha bo‘yining o‘sishini quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin.
24
Nishonova Z.T. Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogik psixologiya. Toshkent. “O’zbekiston faylasuflar milliy 
jamiyati” nashiriyoti, 2018 yil. 247
-248-betlar. 
25
Jalilova S.X, Aripova S.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi .Toshkent. “Faylasuflar” n
ashiriyoti, 
2017 yil.- 291-292 betlar. 


126 
Maktabgacha yoshda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari:
Yoshi 
0-1 
1-2 
2-3 
3-4 4-5 
5-6 
6-7 
Bo‘yi (sm)
25 
10 


6-7 
7-8 
10 
Maktabgacha yoshdagi bolaning tanasi, xususan, oyoqlarining uzayishi 
tufayli gavdasidagi umumiy mutanosiblik o‘zgaradi. 
Maktabgacha yosh 
davrida bolaning oyoqlari nis
batan ko‘proq o‘sadi. Biroq shunday bo‘lsa ham 
6-7 yosh
gacha bo‘lgan bolaning suyaklari hali yaxshi qotmagan, ya’ni 
tog‘aysimon holatda bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning pay va 
muskullari hali baquvva
t emasligiga qaramay juda harakatchan bo‘ladilar.
Bola 7 yoshga 
еtgach, umurtqa suyagining bo‘yin qismi
da oldinga 
tomon, ko‘krak qismida esa orqaga tomon ma’lum darajada egilish yuz 
beradi. Keyinchalik bolaning umurtqa suyagi mana shu shaklda saqlanib 
qoladi. Bola qaddi bastining to‘g‘ri bo‘lishida umurtqa suyagining ana 
shunday hol
da saqlanib qolishi juda katta ahamiyatga ega. Bog‘cha yoshi
dagi 
bolaning bosh suyagi ham tez o‘sadi. Bola uch yoshga to‘lgandan so‘ng bosh 
miya suyagining orqa va 
tepa tomonlari tez o‘sadi.
Maktabgacha yoshda bolaning ichki organlarida ham jiddiy o‘zgarishlar 
ro‘y beradi. Masalan, bolaning yuragi hajm jihatidan chaqaloq bolaning 
yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq uning muskullari hali 
е
tarli darajada 
mustahkamlanmagan bo‘ladi. Mana shuning uchun bog‘cha 
yoshidagi bolaning yuragi bir qisqarishda organizm uchun 
е
tarli qon siqib 
chiqara olmaydi. Bola yuragining katta odamlar yuragiga qaraganda nisbatan 
tezroq urishining sababi ham mana shundadir. Chunonchi, agar 1 yoshdagi 
bolaning yuragi bir marta qisqarishda 10,2 kub/sm qon siqib chiqarsa, 7 
yoshli bolaning yuragi bir marta qisqarishda 23 kub/sm dan qon siqib 
chiqaradi. Katta yoshdagi odamning yuragi esa bir marta qisqarishda 60 kub/ 
sm dan ortiqroq qon siqib chiqaradi. Maktabgacha yoshdagi davrda 
yurakning nisbatan tezroq ishlashi tufayli bolaning qon bosimi katta 
kishilarga nisbatan biroz kuchliroq bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nafas olish a’zolarining ishida ham 
anchagina o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu yoshdagi bolalar o‘pkasining 
normal ishlashi va rivojlanishiga ko‘krak qafasining o‘sishi ko‘p jihatdan 
ta’sir etadi. Chunki, o‘pkaning faoliyati asosan ko‘krak qafasining shakli va 
elastikligiga (harakatchanligiga) bog‘liq bo‘ladi. Bolalarning ko‘krak qafaslari 
nafas olish uchun qulay emas. Bolalarda diafragmaning bir qadar tik 
joylashganligi ko‘krak qafasining vertikal uzunligini qisqartirib qo‘ygan. 
Bundan tashqari, maktabgacha yoshdagi bolalarda ko‘krak qafasining doirasi 
ham kattalarnikiga qa
raganda juda tor bo‘ladi. Shu sababli bolalarning nafas 
olishlari kat
ta odamlarning nafas olishlariga nisbatan nozikiroq bo‘ladi. 


127 
Bolalar o‘pkasining hajmi
е
tarli darajada kattalashmaguncha chuqur nafas 
ololmaydilar. Natijada bolalar chuqur nafas olishnin
g o‘rniga tez nafas olish 
bilan qoniqadilar. Bolaning bog‘cha yoshidagi davrida boshqa organlari kabi 
ko‘krak qafasining o‘sishi ham biroz sekinlashadi. Lekin ko‘krak qafasi 
doirasining kengayishi bu davrda ancha tez davom etaveradi. Bola ko‘krak 
qafasining doirasi yiliga 1-2 sm dan kengayib borib, 13-14 yoshga 
еtganda o‘z 
shakli va hajmi jihatidan kat
ta odamlarning ko‘krak qafasiga yaqinlashadi.
Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrida nafas olishining 
miqdori deyarli o‘zgarmaydi. Lekin bu davrda bo
la haddan tashqari 
harakatchan bo‘lgani uchun uning organizmi juda ko‘p miqdorda kislorod 
talab qiladi. Shuning uchun bola mumkin qadar ko‘proq ochiq havoda bo‘lishi 
kerak. 
Ana shu yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, maktabgacha 
yoshiga kelib organizmining ishchanlik qobiliyati ancha oshadi. Shuning 
uchun bog‘chada va oilada ta’lim
-tarbiya ishlari hamda bola faoliyati rejimini 
tuzishda bolaning jismoniy taraqqiyoti xususiyatlarini doimo hisobga olish 
zarurdir. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin