Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


  Maktabgacha yoshdagi bolalar o’sishining olimlar tomonidan



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

8.4. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar o’sishining olimlar tomonidan 
tadqiq qilinishi 
 
Bolaning mustaqilligi faqat uning jismoniy va aqliy imkoniyatida, 
kuchi 
еtadigan jarayonga nisbatan o’z munosabatini kattalarning 
ko’magisiz amalga oshirishida emas, balki o’zining kuch
-quvvati, qurbi 
еtmaydigan, muayyan amaliy ko’nikmalarini egallay olmagan turmush 
muammolarini hal etishida ham ko’rinadi. Mazkur psixologik holatning 
o’ziga xos jihatlari El’za Keller, N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina, E.G’oziyev va 
N.Sodiqxo’jayevaning mamlakatimizda, chet ellarda mashhur ona 
kundaliklarida yoritilgan hamda batafsil tahlil qilingan. 
Maktabgacha yoshga qadar bolalarning psixologik xususiyatlari 
yuzasidan mulohaza yuritishda kimning ilmiy tadqiqoti va 
asari bo’lishidan 
qat’i nazar, unda vujudga keladigan xohish, istak hamda niyatning 
qondirilishi individni kamol toptirishga, shakllantirishga qaror qilgan 
kattalar tomonidan amalga oshiriladi va boshqariladi. Mana shu yosh 
davrida namoyon bo’ladigan tarb
iya jarayonidagi ayrim qiyinchiliklarning 
tashqi va ichki alomatlari (belgilari) ham psixologik tadqiqotlarda va ilmiy-
psixologik adabiyotdarda ko’p marta ta’kidlangan bo’lib, birinchi navbatda 
o’jarlik, negativizm, qaysarlik, injiqlik kattalarning bolalar
nazarida 
obro’sizlanishi va qadrsizlanishi kabi illatlar bilan bog’liqdir. Qator ilmiy
-
psixologik manbalarda aytilishicha, shu yoshdaga bolalarning his-
tuyg’ulari va irodasida muhim o’zgarishlar sodir bo’ladi va bularnnng 
hammasi boladagi xudbinlik, o’ziga bino qo’yish, aksilijtimoiy mayl, urinish, 
qaysarlik, rashk kabi illatlarda yaqqol aks etadi 
N.A.Menchinskaya, 
V.S.Muxinaning 
oqilona 
mulohazalariga 
qaraganda, 
bolalardagi 
injiqliklarning 
bosh 
omili 
atrofdagi 
odamlarningular shaxsiga adolatsiz, noto’g’ri
, mensimay munosabatda 
bo’lishidan iboratdir, bizningcha, o’zini tan oldirishga intilish ham bunga 
sababdir.
Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini 
o’rgangan A.N.Golubevaning fikricha, noqulay sharoitda bolaga tarbiyaviy 


130 
ta’sir
ko’rsatish unda o’jarlikni paydo qiladi. Shuningdek, bu yoshdagi 
bolalarning o’jarligi doimiy bo’lmaydi, masalan, o’z tengdoshlariga nisbatan 
o’jarlik qilish ahyon
-
ahyondagina ro’y beradi, ular asosan katta yoshdagi 
odamlarga, shunda ham muayyan tarbiyach
iga yoki oila a’zolarining 
birortasiga o’jarlik qiladilar
A.N.Golubeva bolalardagi o’jarlik barqaror emasligi sababli uning 
oldini olish mumkinligini uqtiradi. A.P.Larinning tadqiqotida esa noqulay 
va nomaqbul tarbiyaviy shart-sharoitlarda qaysarlik juda erta, hatto uch 
yoshda ham paydo bo’lishi ifodalangan. Dastlab o’jarlik ba’zi
-
ba’zida ro’y 
beradi, lekin u hech qachon barcha katta yoshdagi kishilarga qaratilgan 
bo’lmaydi, binobarin, uning ob’ekti alohida shaxs hisoblanadi. Bola 
Xarakterining bu sifati mu
hitning noto’g’ri tarbiyaviy ta’siri oqibatida biror 
darajada barqarorlashsa, keyinchalik ko’pchilikka qaratilgan, umumlash
-
gan shaklga kira boshlaydi. O’jarlik bir guruh odamlarga yo’nalganligini 
ham uchratish mumkin. A.P.Larin to’plagan ma’lumotlar o’jar
likning asosiy 
sabablari - 
bolaning mustaqilligini cheklab qo’yish, erkinlik tuyg’usi va 
tashabbusini so’ndirish va uning ong xususiyatini (anglash sur’atini) 
kamsitishdan iboratligini ko’rsatadi.
Mazkur omillar bolaning kattalarga munosabati negizini tashkil qiladi 
va uning psixik o’sishi davomida muayyan darajada o’zgarib boradi. 
Ularning o’zgarishi kattalarning bolaga u erishgan kamolot bosqichini 
hisobga olib, oqilona munosabatda bo’lishiga bog’liq. Agar maktabgacha 
davrda bolaga tegishlicha munosabatda 
bo’linmasa, unda o’jarlik vujudga 
kelishi mumkin. 
Bola xulqida muayyan sharoitning ta’siri bilan paydo bo’lgan o’jarlik 
va nojo’ya qiliqlar mavjudligi, uning psixikasida jiddiy o’zgarish ro’y 
berganini, endi unga uning hozirgi o’sish darajasini hisobga olib, 
munosabatni amalga oshirish zarurligini bildiradi. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin