Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

O‘yinchoqlar bir necha turga bo‘linadi:
 
1.Hayotiy o‘yinchoqlar 

qo‘g‘irchoqlar, hayvonlar oilasi, qo‘g‘irchoqlar 
uyi, mebellar, idish-tovoqlar, mashinalar, qa yiqlar, kassa, tarozi, telefon, 
tibbiyot va sartaroshlik asboblari, soat, kir yuvish mashinasi, gaz plita, 
televizor, doska, bo‘r, musiqa asboblari, temiryo‘l va boshqalar.
2.Boladagi agressiya (g‘azab)ni chiqarib yuborishga 
yordam beruvchi 
o‘yinchoqlar 

askarlar to‘plami, miltiq, pisto let, qilich, «yostiq»lar, yovvoyi 
hayvonlar, rezina o‘yinchoqlar, arqon, bolg‘acha va boshqa asboblar.


150 
3. Ijodiy fikrlashga, fantaziyani rivojlantirishga qaratilgan o‘yinchoqlar 
- kubiklar, m
atryoshka, piramida, loto, lego, mozaika, stol o‘yinlari, qirqma 
rasmlar, qo‘l ishi, tikuvchilik to‘plami, mato parchalari, rangli qog‘ozlar va h.k.
O‘yinchoq bolaning birgalashib o‘ynovchi hamrohiga aylanadi. Bola 
atrofdagi hamm
a narsalardan o‘ziga eng ya
qin va qiziqarli hisoblangan 
o‘yinchoqni yaxshi ko‘radi. Bu ajablanarli narsa emas. Agar biz bolaning 
o‘yinchoq bilan o‘ynashiga nazar solsak, bola o‘yin vaqtida har qanday 
o‘yinchoqni (qo‘g‘irchoqmi, otmi, ayiqmi baribir) xayoliy tarz
da tiriltirib, 
uni
ng bilan gaplashib, birga o‘ynaydi. Mabodo o‘yinchoq bo‘lmasa, bola oddiy 
bir cho‘pni ham biron narsaga otga yoki qo‘g‘irchoqqa aylantirib, zo‘r 
ishtiyoq bilan bemalol o‘ynayveradi. Har qanday o‘yinchoq bolaning 
hissiyotlarini qitiqlab, ehtiyojlarini qondirib, ijodiy kuchlarini ishga soladi va, 
binobarin, yangi hissiyotlarini yangi qiziqish va talablarini yuzaga keltiradi. 
Bu jihatdan o‘yinchoqning bola shaxsiy xislatlarini tarbiyalashdagi o‘rni 
kattadir. 
Bolalar o‘yinchog‘i katta yoshdagi kishilarning qanday o‘yinchoqni 
yoqtirish-yoqtirmasligiga qarab hal qilinmaydi, balki bolaga qanday 
o‘yinchoq yoqishi va zarurligi nuqtayi nazaridan hal qilinishi zarur. Muhimi 

qaysi yoshdagi bolaga qanday o‘yinchoq kerakligini bilishdir. Bolalarga 
hamm
a narsadan ko‘ra o‘yinchoq zarur. Bolalarga o‘yinchoq berishda 
ularning yosh xususiyatlarini, taraqqiyot darajalarini, layoqatini va ayni 
vaqtda, ularni ko‘proq nimalar qiziqtirishini hisobga olish kerak.
Bir yoshli bolalarning asosiy ehtiyojlari ona va uning mehri bo‘lgani
sababli ularga beriladigan o‘yinchoqlar ham yoqimli va
yumshoq bo‘lishi 
lozim. Bu yoshda eng yaxshi o‘yinchoq bola tishlay oladigan o‘yinchoqdir. 
O‘yinchoqlar asosan plastmassadan, yorqin rangda ovozli bo‘lishi bolaning 
sensor taraqqiyotiga yordam beradi. 1 yoshli bolaga 3-4 halqali piramidalar, 
turli kattalikdagi tarelkalar bir-birining ichiga kiradigan rangli kubiklar 
berish foydalidir. Bunday o‘yinchoqlar bilan harakat qilish bola intellektini 
o‘stiribgina qolmay unda quvonch va qoniqish hissini hosil 
qiladi. Bola 
o‘yinchoqni xuddi kattalardek taxlay olganidan quvonadi.
Bu yoshda tik turadigan qo‘g‘irchoq ham berish kerak.
 
Ikki yoshli bolaga katta rangli koptok, 7-8 tali piramida, yumshoq 
o‘yinchoqlar berish kerak. Bola ularni o‘g‘ziga sololmaydi, lekin
ular bilan 
osongina birga uxlaydi. Katta plastmassa mashina yoki quticha bola o‘ynab 
bo‘lgach o‘z o‘yinchoqlarini solishi uchungina emas, bolada tartiblilik, 
mustaqillik odatlarini hosil qilish uchun muhimdir. Bu yoshda bolaning 
shaxsiy o‘ynash joyi, o‘yinchoqlar saqlanadigan joyi bo‘lishi lozim. Uch yoshli 
bolaning o‘yinchoqlari qatoriga qurish, yasash o‘yinchoqlari, «Kinder
-
syurpriz» kabilarni berish mumkin. Bola kattalar bilan birga yasab, ulardan 
turli shakllar hosil qilar ekan bolada analiz-sintez kabi tafakkur 


151 
operatsiyalari shakllanadi. Bu yoshdagi bolalar katta ayiq, kat
ta qo‘g‘irchoqni 
talab qiladilar. Yana hayotiy o‘yinchoqlar asliga o‘xshash bo‘lishini talab 
qiladilar. Masalan, limuzin mashinasi albatta qora bo‘lishi kerak.
Kichik guruh 
bolalari hali hayot tajribalari kam bo‘lganligi uchun tashqi 
muhit bilan yaxshi tanish bo‘lmaydilar. Ularga hali narsalarning rangini, 
hajmini ajrata olishga o‘rgatuvchi o‘yinchoqlar zarur. Shuning uchun ularga 
qo‘g‘irchoq, yumshoq o‘yinchoq bilan birga h
ar xil rangli matolar ham berishi 
kerak. O‘z qo‘girchoqlarini har xil rangli matolarga o‘rab, o‘ynaydilar. 
Bolalarga beriladigan qo‘g‘irchoq chiroyli va sinmaydigan bo‘lishi juda 
muhimdir (ularga ko‘proq plastmassadan yoki rezinadan qilingan 
qo‘g‘irchoq berish kerak. Ular qo‘g‘irchoqni kiyintiradilar,
е
chintiradilar, 
cho‘miltiradilar va hokazo). Kichik guruh bolalari qo‘g‘irchoqlarni 
yuvintirayotganlarida uning qanday materialdan qilinganiga ahamiyat 
bermaydilar. Shuning uchun ularga pishiq yasalgan, tezda buzilmaydigan 
qo‘g‘irchoqlarni berish kerak. Nozik qo‘g‘irchoqlarni katta guruh bolalariga 
berish mumkin. 
O‘g‘il bolalarga esa har xil rangdagi bir
-
birining ichiga sig‘adigan 
quticha, piramida kabi o‘yinchoqlarni berish foydalidir. Kichik guruh 
bolalariga 
o‘ynash uchun fil, yo‘lbars, bo‘ri, jirafa kabi o‘yinchoq
-hayvonlarni 
berish yaramaydi. Chunki bu yoshdagi bolalar hali bunday yovvoyi va 
yirtqich hayvonlar bi
lan tanish emaslar. Ularga yaxshisi o‘zlari kundalik 
hayotlarida kuzatgan va kuzatishlari mumki
n bo‘lgan tanish hayvonlarning 
obrazlarini ifodalovchi o‘yinchoqlarni berish maqsadga muvofiqdir. Masalan, 
ot, qo‘y, it, sigir, echki, mushuk kabi.
O‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalari o‘yinchoqlar bilan 
o‘ynaganlarida ham guruh bo‘lib o‘ynashni yoqtir
adilar. Chunki ularni kichik 
guruh bolalari kabi ayrim narsalar emas, balki atroflaridagi eng yaqin 
odamlarning onasi, otasi, tarbiyachisi, mudira kabilarning qanday ishlar 
bilan mashg‘ul bo‘layotganliklari ko‘proq qiziqtiradi. Binobarin, ular 
o‘zlarining o‘yinlarida hattoki, o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydigan o‘yinlarida 
ham kattalarning turli faoliyatlarini taqlidan takrorlaydilar. Shuning uchun 
bu yoshdagi bolalarga mazmunlirolli o‘yinlarga, uy
-
ro‘zg‘or ishlariga, mehnat 
qurollariga doir o‘yinchoqlarni beris
h maqsadga muvofiqdir. Bu yoshda 
xayol taraqqiy eta boradi. Qalam - 
sehrli cho‘pga, burglar

pulga, qog‘ozga 
chizilgan naqsh - 
qo‘g‘irchoqlar gilamiga aylanadi. Masalan, 4 yoshli bolalar 
o‘yini kuzatilganda Habiba lego larni bir idishga solib qoshiq bilan 
aralashtirib bo‘tqa tayyorlab, qog‘ozga chizib singlisini ovqatlantirgan. 
Shuning uchun bu yoshdagi bolalar o‘yinchoq talab qilavermaydilar, balki o‘z 
qo‘llari bilan o‘yinchoq yaratishni xohlaydilar. 5 yoshli bolalar katta hajmdagi 
o‘yinchoqlarni o‘ynamay
qo‘yadilar. Hayvonlar to‘plami, oila qo‘g‘irchoqlari, 
soldatchalar bilan turli ko‘rinishgadi o‘yinlarni o‘ylab topadilar. Bunday 


152 
o‘yinlar boladagi xayol, idrokning rivojlanayotganini, konkret tafakkurdan 
ijodiy fikrlashga o‘tayotganini ko‘rsatadi, bolanin
g emotsional hayotini 
boyitadi. 
Tayyorlov guruhi bolalari qurish-
yasash, mayda bo‘laklardan turli 
samolyot, kemalar, mashinalar hosil qilishni, turli stol o‘yinlarini, yig‘iladigan 
robotlarni, ovozli, yig‘laydigan chaqaloq qo‘g‘irchoqlarni, tikish va to‘qi
sh 
asboblarini talab qiladilar. O‘z qo‘llari bilan birorta narsa yasab kimgadir 
sovg‘a qilishni istaydilar. Shuning uchun bolaning narsa yasashga bo‘lgan har 
qanday istagini qondirish, ehtiyoji va qiziqishini quvvatlash lozim. Bu yoshda 
o‘yinchoqlar magazini ikkinchi darajali bo‘lib qoladi. Bolalar endi ko‘proq 
o‘quv qurollariga qiziqadilar. Demak, bu vaqtda avvalgi o‘yinchoqlar bolaga 
kerak bo‘lmay qoladi. Lekin hech qachon bola o‘ynamay qo‘ygan 
o‘yinchoqlarni bolaning ko‘z o‘ngida axlatga tashlab yubor
ish kerak emas. 
Chun
ki, har bir o‘yinchoq bolaning xotirasi, his
-
tuyg‘ulari, tashvish
-u 
quvonchlari bilan bog‘liq. Yaxshisi uni kimgadir yoki maktabgacha ta’lim 
muassasasiga berib yuborish mumkin. Maktab yoshiga kelib bolalar 
o‘yinchoqlarsiz ham o‘yinlar 
tashkil qila oladilar. 
Umuman maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida ularning 
taraqqiyotlari uchun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yinchoqlar 
masalasiga tarbiyachilar ham, ota-
onalar ham jiddiy e’tibor bilan qarashlari 
kerak.
31

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin