Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
9.1.3. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda o’yin faoliyatining
xususiyatlari 
Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlari atrofdagi narsa va hodi
salarni 
bilish quroli bo‘lishi bilan birga, 
yuksak ijtimoiy ahamiyatga ham ega, 
o‘zgacha qilib aytganda, o‘yin qudratli tarbiya quro
li hamdir. Bolalarning 
o‘yinlari orqali ularda ijtimoiy foydali, ya’ni yuksak insoniy xislatlarni 
tarbiyalash mumkin. Agarda biz bola
larning o‘yin faoliyatlarini tas
hqaridan 
kuzatsak, o‘yin jarayonida ularning barcha shaxsiy xususiyatlari (
Xarakteri, 
kimning nimaga ko‘proq qiziqishi, qobiliyati, irodasi, temperamenti) yaqqol 
namo
yon bo‘lishini ko‘ramiz. Shuning uchun bolalarning o‘yin faoliyatlari, 
ularni individual 
ravishda o‘rganish uchun juda qulay vositadir. Kichik 
maktabgacha yoshdagi bolalar odatda o‘zlari yolg‘iz o‘ynaydilar. Predmetli 


144 
va konstruktorli o‘yinlar orqali bu yoshdagi bolalar o‘zlarining idrok, xotira, 
tasavvur, tafakkur hamda harakat layoqatlarini rivojlantiradilar. Sujetli-
rolli o‘yinlarda bolalar, asosan, o‘zlari har kuni ko‘rayotgan va kuzatayotgan 
kattalarning xatti-harakatlarini aks ettiradilar. 4-
5 yoshli bolalarning o‘yini 
asta-
sekinlik bilan jamoa shakliga ega bo‘lib boradi. Bolalarning in
dividual 
xususiyatlarini, ularning jamoa o‘yinlari davomida kuzatish qulaydir. 
O
‘z 
o‘yinlarida bolalar kattalarning predmetlarga munosabatinigina emas, balki 
ko‘proq ularning o‘zaro munosabatlarini ham aks ettiradilar va ularga taqlid 
qiladilar. 
Shuningdek, jamoa o‘yinlarida bolalar bir guruh odamlarning 
murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, «poyezd» o‘yinini 
olaylik. Bun
da mashinist, parovozga ko‘mir yoquvchi, provodniklar, 
kontrolyor, kassir, stansiya xodimlari va yo‘lovchil
ar boladi. Bolalarning 
mana shu kabi jamoa o'yinlari artistlarning faoliyatiga o‘xshaydi. Chunki, 
jamoa o‘yinidagi har bir bola o‘z rolini yaxshi ado etishga intilishi bilan 
birga, o‘yinning umumiy mazmunidan ham chetga chiqib ketmaslikka 
tirishadi. Bu esa
, har bir boladan o‘zining bu
tun qobiliyatini ishga solishni 
talab etadi. Ma’lum rollarga bolingan jamoa o‘yini, bolalardan qat’iy 
qoidalarga bo'ysunishini va ayrim vazifalami talab doirasida bajarishni 
taqozo etadi. Shuning uchun bolalarning bunday jamoa 
o‘yinlari psixologik 
jihatdan kat
ta ahamiyatga ega. Chunki, bunday o‘yinlar bolalarda 
irodaviylik, xushmuomalalik, o‘yin qoidalariga, tartib
-
intizomga bo‘ysungan 
va shu kabi boshqa ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi. 
Katta bog‘cha yoshida 
sujetli-
rolli o‘yinlar esa o‘z mavzusining boyligi 
va xilma-
xilligi bilan farqlanadi. Bu o‘yinlar jara
yonida bolalarda sardorlik 
xususiyati yuzaga kela boshlaydi, ularda tashkilotchilik ko‘nikma va 
malakalari rivojlana boshlaydi. 
Maktabgacha yoshdagi bola
lar shug‘ullanadigan ijodiy faoliyatlar 
orasida tasviriy san’atning ham ahamiyati juda kattadir. Bolaning tasavvur 
etish Xarakter
iga ko’ra, uning atrof hayotni qanday idrok etishi, xotira, 
tasavvur va tafakkur xususiyatlariga baho berish mumkin. Katta bog‘
cha 
yoshidagi bolalar chizgan rasmlar ularning ichki kechinmalari, ruhiy 
holatlari, orzu, umid va ehtiyojlarini ham aks ettiradi. 
Bu yoshdagi bolalar rasm chizishga nihoyatda qiziqadilar. Rasm 
chizish bolalar uchun o‘yin faoliyatining o‘ziga xos bir shakli
bolib 
hisoblanadi. Bola avvalo ko‘rayotgan narsalarini, keyinchalik esa o‘zi 
biladigan, xotirasidagi va o‘zi o'ylab topgan narsalarni chizadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaqa juda katta 
ahamiyatga ega bolib, aynan shunday o‘yinlarda muv
affaqiyatga erishishga 
harakat qilish xususiyati shakllanadi va mustahkamlanadi. Bu yoshdagi 
bolalarning eng yaxshi daqiqalari 
musobaqa o‘yinlaridagi yutish va 
muvaffaqiyatlaridir. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 


145 
musobaqalar juda katta ahamiyatga 
ega bo‘lib, aynan shunday o‘yinlarda 
muvaffaqiyatga erishish motivlari shakllanadi va mustahkamlanadi. 
Katta bog‘cha yoshida konstruktorlik o‘yinlari asta
-sekinlik bilan 
mehnat faoliyatiga aylanib boradi, o‘yinda bola sodda mehnat ko‘nikma va 
malakalarini egallay boshlaydi, predmetlarning xossalarini anglay 
boshlaydi, amaliy tafakkur namunalari rivojlana boradi. 
3-7 yoshli bolalarning psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat turi 
bo‘lgan musiqaning ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar 
ashula aytishga, musiqa ohangiga mos ritmik harakatlar qilishga 
o‘rganadilar.
O
‘yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning 
faol shakli bolgan ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy 
tajribani o‘zlashtirishga kiri
sha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallashi 
uchun odam, avvalo, 
еtarli darajada nutqni egallagan bolishi, ma’lum 
malakalar, uquvlar va sodda tushunchalarga ega bolishi kerak boladi. 
Bularga bola yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, o‘yin faoliyati orqal

erishadi. 
Bola bu davrda o‘yin faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatlar bi
lan, 
ya’ni mahsuldor faoliyat, mehnat faoliyati va o‘qish faoliya
ti bilan ham 
shug‘ullanadi. Mahsuldor faoliyat turlari (rasm chizish, plastilindan narsa 
yasash, qurish, yasash va b.) predmetlarning muhim xususiyatlarini 
mavhumlashtirishga olib keladigan, borliqni o‘ziga xos shaklda 
modellashtirish sifatida qaraladi. Mahsuldor faoliyat turlarida ijodiy amalga 
oshadigan ma’lum mazmun mav
jud.
I.Shapovalenkoning ta’kidlashicha, pre
dmetli faoliyat doirasida 
vujudga keladigan tasviriy faoliyat maktabgacha yosh davrida o‘yin shaklida 
rivojlanadi. Natija, mahsulot, rasm uzoq vaqt ikkinchi darajasi hisoblanadi, 
borliqni qog‘oz ustida modellashtiradigan o‘yin sifatida rasm chizish 
jarayo
nining o‘zi muhim hisoblanadi.
Qurish-yasash ishlari faoliyatni maxsus tashkil etishni talab qiladi, 
chunki unda qism munosabatlarini tushunish va idrok aniqligi zarur. Unda 
tayanch detallarni ajratish, namunani, qurish usullarini o‘zlashtirish kabi 
vazifalar paydo boladi. Qurish- yasash jarayonida muhim qobiliyatlardan 
biri faoliyatni rejalashtirish qobiliyati shakllanadi. 
O
‘qish va mehnat faoliyati elementlarining rivojlanishi. 
O
‘qish 
faoliyatining yangi bilimlarni o‘zlashtirish kabi maxsus maqsadi mavjud. 
O
‘qish ko‘nikmasi o‘quv vazifalarini amaliy hayotiy vaziyatlardan ajratish va 
uni qabul qilishni nazarda tutadi. Maktabgacha yosh davrida o‘qishning 
motivatsion asoslarini - bilishga qiziqish (qiziquvchanlikni) rivojlantirish 
muhim hisoblanadi. Didaktik o‘yinlar bilish, o‘quv faoliyatini 
shakllantiradigan o‘yinning maxsus shaklidir.


146 
Mehnat va o‘quv topshiriqlari tufayli bajarilgan mahsuldor faoliyat 
turlarida maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishi uchun katta 
imkoniyatlar yaratadi: natijaga erishish, xulq-atvorni boshqarish va 
rejalashtirish, o‘z
-
o‘zini baholash, yangi motivlar, mehnatsevarlik kabilarni 
shakllantiradi.
30

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin