Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


  BOLALARNING PSIXIK RIVOJLANISHIDA O‘YINCHOQ VA



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

9.2. 
BOLALARNING PSIXIK RIVOJLANISHIDA O‘YINCHOQ VA 
O’YINCHOQ TANLASHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI
 
 
9.2.1. Bolalarning 
psixik rivojlanishiga o‘yinchoqla
rning 
ta’siri
 
O‘yinchoqning bola psixik taraqqiyotiga ta’sirini o‘rganish ishlariga XIX 
asrga kelib jiddiy e’tibor berila boshlandi. Bu yo‘nalishdagi birinchi tadqiqot 
ishlari nemis pedagogi Frebel tomonidan ilmiy 
ravishda o‘rganildi. Frebel o‘z 
tadqiqotlarida bolaning dunyoga kelgan birinchi kunlaridanoq bilish 
jarayonlarini rivojlantirish zarurligini, bolaning birinchi o‘yinchoqlari 
yumshoq o‘yinchoqlar bo‘lishi kerakligini aytadi. Bola qo‘lida ushlab tura 
oladigan yorqin, turli rangdagi yumshoq koptokchalar bolaning psixikasiga 
ijobiy ta’sirini aytib o‘tadi. Bolaning o‘z qo‘li bilan loydan yasalgan turli 
shakllari haqida: «Loydan narsalar yasab o‘ynash davomida ular o‘rtasidagi 
o‘zaro aloqalarni tushunadilar... bu mashg‘ulotlar nafaqat bolaning fikrlash 
qobiliyatiga b
alki uning ruhiy dunyosiga ham ta’sir ko‘rsatadi...» deydi. XIX 


149 
asrning oxiriga kelib rus pedagogi M.Manaseinovaning fikricha onaning 
bolasi bilan o‘ynaydigan ilk o‘yinchog‘i matolar qirqimi, yorqin rangdagi 
predmetlar bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi.
Ora
dan taxminan 100 yil o‘tgach amerikalik psixolog G.L.Lendret loyni 
bolaning shaxs xususiyatlariga ijobiy ta’siri haqida aytib: «o‘zidagi jahl, 
g‘azab, agressiyani chiqarib tashlovchi vositadir» 
- deb hisoblaydi. 
Bolaning rivojlanishini o‘yinchoqsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Aynan 
o‘yinchoq bolaga o‘z his
-
tuyg‘ularini namoyon qilishga, atrof
-hayotni 
o‘rganishga, ijtimoiy munosabatlarga kirishishga, o‘z
-
o‘zini anglashga 
o‘rgatadi. Har bir bolaning sevimli o‘yinchog‘i bo‘ladi. Kattalar chin 
ko‘ngildan sovg‘a q
il
gan o‘yinchoqqa nisbatan bola o‘zi tanlab olgan 
o‘yinchoq un
ga sevimli, yoqimli, emotsional yaqinroq hisoblanadi. Kattalarga 
do‘st, ishdagi hamkasb qanchalik zarur bo‘lsa, bolaga ham o‘yinchoq 
shunchalik zarurdir. Har bir bolada shunday o‘yinchoq bo‘li
shi kerak-ki, u 
bolaning do‘stiga aylanib, un
ga arz qila olishi, jazolay olishi, rahmdillik qilishi, 
avaylab asrashi lozim. Ayni shu o‘yinchoq uchun qo‘rquv hissini
еngib o‘tishi 
mumkin. Masalan qorong‘ilikdan qo‘rqadigan bolalar
ga kuchuk ayiq 
o‘yinchoq bilan qorong‘i xonaga kirib chiqishni taklif qilish mumkin. Bola 
o‘yinchog‘ini xuddi kattalar uni jazolagani kabi jazolashi, urishishi, 
burchakka otishi, keyin yana olib dumi va qulog‘ini tikib qo‘yishi mumkin. 
Bolalar bunday munosabatni robot-transformer, Dendi, mashina, legolarga 
nisbatan qila olmaydilar. Kichik yoshdagi o‘g‘il va qiz bolalar «do‘st»likka
Barbi, yumshoq ayiqcha, mushukcha, quyoncha, odamga yaqin bo‘lgan 
o‘yinchoqlarni tanlaydilar. Bolada u to monidan hissiy idrok qila oladigan, 
tafakkuri, dunyoqarashini kengaytiradigan, kattalar va ertak qahramonlariga 
taqlid qila oladigan o‘yinchoqlar to‘plami bo‘lishi zarur

G.L.Lendret o‘zining 
«O‘yin terapiyasi muomala san’atidir» nomli kitobida o‘yinchoq tanlashda 
nimalarga e’tibor berish kerakligini
ay
tib: «O‘yinchoq bola intellektini har 
tomonlama rivojlantirishga his-
tuyg‘ularini, o‘z
-
o‘zini anglashga, xulq
-
atvorini nazorat qilishga, o‘zaro munosabatlarga kirisha olishiga yordam 
beradi. Lekin hamm
a o‘yinchoqlar ham magazindan sotib olinadi. Ota
-onalar 
o‘z qo‘llari bilan yasab, tikib bergan o‘yinchoqlari bolaga yanada yaqin va 
qimmatlidir», 

deb ta’kidlaydi.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin