Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

9.2.2. Bolani 
jinsiy identifikatsiyasida kattalarning tutgan o‘rni va 
o’yinda rol tanlash
 
Bolani o‘z mohiyatini tushunishida uning kattalar bilan alo qasi katta 
ahamiyatga ega. Bu aloqa unda buyumlar dunyosiga, barcha tirik 
mavjudotlarga, odamlarga va o‘ziga bo‘lgan ma’lum munosabatga qaratiladi. 
Kattalar bola uchun o‘zi haqidagi ma’lumot manbai bo‘lib 
xizmat qiladi. Ular 
bolaga o‘zini qaysi jinsga mansubligini aniqlashda ham yordam beradilar.
Ilk yoshning oxirlarida bola o‘z jinsini tushunadi, lekin hali «o‘g‘il» yoki
«qiz bola» so‘zlari qanday ma’noga ega ekanligini bilmaydi. Kattalar ongli 
yoki ongsiz ravishda, bolaga hamma qabul qilgan andaza tarzida o‘g‘il yoki 
qiz bola nima ekanligini tushuntiradilar. O‘g‘il bolalarga jahlni ko‘proq 
namoyon qilishga ruxsat beradil
ar, faollikni va tashabbuskorlikni qo‘llab
-
quvvatlaydilar, qiz bolalardan samimiylik, emotsionallik va ta’sirchanlikni 
kutadilar. Bolada o‘z jinsining ahamiyati haqidagi tushuncha asosan oilada 
31
Jalilova S.X, Aripova S.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi .Toshkent. “Faylasuflar” nashiriyoti, 
2017 yil.- 305-310betlar. 


153 
hosil qilinadi. Har bir ota-
ona o‘z jinsining xu
susiyatlari haqida 
ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Masalan, samimiylik, ta’sirchanlik va 
emotsionallik ayollarga xos fazilat; jasurlik, qat’iyatlilik, dadillik erkaklar ega 
bo‘lgan fazilatlardir.
 
Xalqlar madaniyatida bola tarbiyalashda qo‘llaniladigan mus
tahkam 
qoliplar ma
vjud. Kichkina bolaga: «Yig‘lama. Qiz bolamas, o‘g‘il bolasan» 
deyishadi. Shundan keyin bola ko‘z yosh to‘kmaslikni o‘rganadi. Qizlarga: 
«Urishma, devor, daraxtlarga chiqma. Sen qiz bolasan» deb o‘rgatishadi. 
O‘yinqaroq qiz o‘zini tiyishiga to‘g‘ri keladi,
nima qilsa ham qiz bolada! Jinsga 
qarab xulq-atvor qoidalarini belgilash shundan boshlanadi.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin