Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

O‘z jinsini ajratish.
Bolada bu yoshga kelib odam tanasiga va o‘z 
tanasining tuzilishiga qiziqish paydo bo‘ladi. O‘zini qaysi jinsga mansubligini 
anglash «shaxs»ning tuzilishiga ulanadi. Kattalardan: «Sen o‘g‘il bolasan!» 
yoki «Sen qiz bolasan!» degan so‘zlarni eshitgach, bola bunday tushunchalar 


155 
uning jinsiy xislatlari bilan bog‘liqligini anglay boshlaydi. Bola o‘z tanasiga va 
jinsiy organiga nisbatan qiziquvchan bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi
bolalar 
ulg‘aygani sari begona odamlar oldida
еchinishda o‘zlarini noqulay 
sezadilar. Xijolatlik, uyat hissi tarbiyaviy ta’sir natijasidir.
Ko‘p hollarda hozirgi bolalar qiz va o‘g‘il bola tanasiga xos bo‘lgan 
belgini ancha erta o‘zlashtirmoqda. Bundan t
ashqari ular kattalarning 
tanaga bo‘lgan munosabatini ham o‘zlashtirmoqdalar. Aksariyat kattalar 
kiyimsiz tanaga qarashni taqiqlaydilar, o‘zlari esa bunday tomoshalarni bola 
oldida ko‘raveradilar. Go‘yoki bola hali hech narsani tushunmaydi deb 
o‘ylaydilar.
Agar ota-ona kiyim almashtirishda boladan xijolat tortsa, bu 
xislat bolaga ham o‘tadi. Agar ota
-
ona o‘zini tabiiy tutsa, bola ham yalang‘och 
tanani ko‘rganda xijolat bo‘lmaydi
. Ammo 
bu holda hammaning o‘z chuqur 
o‘ylangan yondashuvi bo‘lishi kerak. Jinsiy tarbiya erkin yo‘lga qo‘yilgan 
ba’zi oilalarda, shifokorlar, rassomlar, hayvonlar hayoti bilan tanish bo‘lgan 
qishloq bolalarida ba’zan jinsiy organlarni rasmda aks ettirganlarini ko‘rish 
mumkin. O‘g‘il bolalar hayvonlar va erkaklarni jinsiy organlarini qizlarga 
qaraganda ko‘proq chizadilar. Bu holatni o‘g‘il bolalar o‘z tanasining 
jismoniy ko‘rinishiga o‘xshatadilar. Ko‘p maktabgacha yoshdagi bolalar 
odamlarning jismoniy ko‘rinishid
agi farqini nafaqat xayollariga keltiradilar, 
balki bu farqni kiyimsiz naturaga qaraganda ham ko‘rmaydilar.
Maxsus tajriba o‘tkazilganda har bir boladan kiyimsiz (o‘g‘il va qiz 
bola) qo‘g‘irchoqning rasmini chizish so‘raldi. Ularni tana tuzilishi o‘g‘il va
qiz bolalarning jismoniy tuzilishiga mos kelishi kerak edi. Ba’zi bolalar 
qo‘g‘irchoqqa qarab chizishga harakat qilishadi, lekin shunda ham ular jinsni 
farqlovchi xislatlarni shunchaki sezmaydilar. Ularning tasvirlarida o‘g‘il bola 
qo‘g‘irchoq va qiz bola
qo‘g‘irchoq bir
-biridan hech farq qilmaydi. Masalan, 
«Biz yaqinda bir qizni yuzini yasadik va chizdik. Lekin menimcha libosdagi 
qizni chizgandik. O‘xshamasachi? O‘g‘il va qiz bolalar o‘xshaydilar. Ular 
jingalak soch bo‘ladilar va ayyorona jilmayadilar. O‘g‘il bola bilan qiz 
bolaning farqini topish kerakmi? O‘g‘il bolalar ko‘z rangi to‘q, qizlarniki och 
bo‘ladi. Fe’li har xil bo‘ladi: haqiqiy erkak yig‘lamaydi. Boshqa farqni men 
ko‘rmayapman». Ba’zi bolalar oilada jinsiy tarbiya haqidagi tushunchadan 
shunch
alar «himoya qilinganlarki», kiyimsiz naturada jins farqiga e’tibor 
berib, to‘g‘ri chizishni so‘rashganda ham, jins farqini ko‘rmaydilar. Bolalarni 
boshqa qismi umrida birinchi marta kiyims
iz o‘g‘il bola va qiz bola 
qo‘g‘irchoqni ko‘rib, darhol uning jismoniy qiyofasidagi farqiga e’tibor 
qaratadilar. Bunda bir xil bolalar xotirjamlik bilan o‘g‘il va qiz bolalarning 
tasvirini tushirishga, boshqalari esa, qo‘g‘irchoqni ko‘rinishidan uyalib, 
ko‘zlarini yashiradilar. E’tirof etish kerak

ki, bolalar ulg‘aygani 
sari, ular 
orasida kiyimsiz qo‘g‘irchoqlarni ko‘rganda uyat hissi kuchayadi. Bolalar 
qiqirlashni, teskari qarashni, qo‘llari bilan ko‘zlarini yopishni boshlaydilar. 


156 
Odatda bunday bolalar talab qilingan naturani hech ham chizishni 
xohlamaydilar (V.S. Muxina materiallaridan). 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin