Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


Maktabgacha yoshdagi davrda jinsiy tarbiya



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

Maktabgacha yoshdagi davrda jinsiy tarbiya
. Jinsga mansublik, har 
bir oilada individual ravishda olib boriladi. Har bir xalqning o‘z mentalitetini 
hisobga oladigan bo‘lsak, o‘zbeklarda jins tarbiyasiga alohida e’tibor 
qaratiladi. Bolaga 
juda yoshligidanoq milliy liboslarga xos kiyinish, ya’ni qiz 
bola ko‘ylak va lozim (o‘z nomi bilan «lozim») kiyishi, o‘g‘il bolaga xos 
kiyimlarini kiymaslik, qiliqlarini qilmaslik, orastalik, muloyimlik va boshqa 
Xarakter xislatlari singdirib boriladi. Bol
a bog‘chadagi davrida o‘g‘il bolalar 
shortikda, qizlar yubkada yurishlari ko‘pgina bog‘chalarda saqlanib qolgan. 
Lekin afsuski milliylikka e’tibor bola katta bo‘lgan sari g‘arb tarbiyasi ostida 
yo‘qolib bormoqda. Bunday munosabat bola oilasida va uning 
atr
ofidagilarda bo‘lgan axloq andazalari ta’sirining natijasidir. Katta
lar 
tomonidan to‘g‘ri, axloqiy va aqlli ko‘rsatmalar bolada jinslar farqiga va 
aloqasiga sog‘lom munosabatni shakllantiradi. Bola ota
-onasiga va 
tarbiyachiga jinslar farqi haqida, bolalar 
paydo bo‘lishi yo‘llari va hokazo 
haqida savollar berishi mum
kin. Ko‘p bolalar o‘zaro bu savollarni 
muhokama qilishadi. Bunday savollarga bo‘lgan tabiiy qiziquvchanlik 
kattalar tomonidan to‘g‘ri tushuntirilishi kerak. Shuning uchun bolalar 
berishi mumki
n bo‘lgan savollarga oldindan javob tayyorlash foydalidir. 
Katta yoshli odam bu muammoga shaxsning axlo qiy tarbiyasiga bo‘lgandek 
jiddiy munosabat bildirishi lozim. U bola bilan suhbatlasha turib, zaruriy 
odob saqlashi va har bir bolaning yoshini va psixologik xususiyatini inobatga 
olishi kerak. Bolaga haqiqatni uyalmasdan gapirish kerak, lekin bu unga 
kattalar ega bo‘lgan bor ma’lumotlar zaxirasini ochish ke
rak degani emas. 
Tarbiyachi ota-
onalarning bolalarni jinsiy tarbiyalashga bo‘lgan fikrini 
bilishi lozim va ular bilan, ayniqsa bu muammoga nisbatan xurofotga ega 
bo‘lgan ota
-
onalar bilan ma’rifiy ishlarni olib borishi kerak. Bolaning o‘z 
tanasini begona ko‘zlardan tabiiy himoya qilish zaruriyatini kattalar hurmat 
qilishlari va bolaning uyatchanligini iloji boricha asrab qolishlari kerak.
32

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin