Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
9.2.3.
O‘yinchoq tanlash va jinsiy tarbiya
O‘yinchoqlar o‘yinning tayanch materiali bo‘lib 
xizm
at qiladi, o‘yin 
sujetining rivojlanishiga yordam beradi va ularni tanlash bolalarning qaysi 
jinsga mansubligiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Maxsus tajriba vaqtida bolalarga to‘rt xil to‘plamdagi o‘yinchoqlardan 
ikkitasini erkin tanlash sharti taklif qilindi. To‘rt patnisda quyidagi 
o‘yinchoqlar turi taklif qilindi: m
ashina, turli idish-tovoqlar, kubiklar, 
qo‘g‘irchoqlar. Boladan barcha o‘yinchoqlarga nom berishni, ko‘proq 
yoqtirgan o‘yinchoqlar joylashgan ikki patnisni olishni va bu o‘yinchoqlarni 
o‘ynash so‘raldi. Ularning barcha harakatlari yozib borildi. Oqibatda o‘g‘il va 
qiz bolalarda to‘rt yoshdan boshlab, o‘yinchoq tanlashda farq yuzaga kelishi 
aniqlandi. Mashina, kubiklar asosan o‘g‘il bolalar tomonidan, qo‘g‘irchoq va 
turli idishlar qizlar to
monidan tanlanishi ma’lum bo‘ldi.
Maktabgacha davr oxiriga kelib bola jinsga mansublik abadiy 
ekanligini tushunadi va shunga qarab o‘z xulqini shakllantiradi. Bu vaqtda 
bolalarda boshqa jinsdagilarga nisbatan o‘ziga xos munosabat yuzaga keladi. 
Bunday munosabatlar har bir bola
da o‘ziga xos ko‘rinishda bo‘ladi. Masalan, 
o‘g‘il bola tengdosh qizni yoki kattaroq yoshdagi chiroyli qizni ko‘rganda, 
xursand bo‘lishi, munosabatga intilishi mumkin. Kattalar bolaning his

tuyg‘ulariga hurmat bilan qarashlari lozim. Bunday instinktlar kichik 
yoshdayoq ko‘zga tashlanadi. Chiroyli qizlarni sochidan tortish, o‘ziga 
yoqqan qizni himoya qilish, avaylash, mehr ko‘rsatish kabilar tabiiy ravishda 
shakllanib boradi. Kattalarning «Guruhingda eng chiroyli qiz kim?» kabi 
savollari ham bunga turtki bo‘ladi. Lekin bolaning qiziquvchanligini 
kuchay
tirib yuborish ham to‘g‘ri emas, aksincha, uning e’tiborini boshqa 
narsaga, uning tuyg‘ulari va xayolini yangi kuch bilan o‘ziga jalb qila oladigan 
narsaga qaratish lozim. 
Yosh bolalarga xos qiziquvchanlik, yoqtirish maylini kattalarning 
sevgi, uylanish v
a bolalik bo‘lish haqidagi tushunchalaridan ajrata olish 
lozim. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin