Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


Bevosita erkak va ayollar xulq-atvorini kuzatish orqali, va shuningdek,  san’at orqali bola psixologiyasiga ayol va erkakning



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
Bevosita erkak va ayollar xulq-atvorini kuzatish orqali, va shuningdek, 
san’at orqali bola psixologiyasiga ayol va erkakning
 
yurish-turish tarzi singib 
boradi. Bi
rinchi navbatda bola ayol va erkaklarning kiyimida va o‘zini 
tutishida tashqi farqni aniqlaydi. Insonning shaxsiy xususiyatlarini bola 
ba’zida ma’lum jins xislati deb qabul qiladi. Masalan, kuzatishlarda besh 
yoshli o‘g‘il bola tanish bo‘lgan yosh erkak ki
shiga taqlid qila boshlaydi, 
bolaning bunga g‘oyatda berilganini ko‘rgan erkak kishi hazillashib: 
«Haqiqiy erkak, mana bunday qilishi kerak» deb chaqqonlik bilan va ko‘z 
zo‘rg‘a ilg‘aydigan harakat bilan boshini orqaga tashlaydi. Haqiqiy erkakning 
bunday fazilatidan hayratlangan bola boshini uzluksiz orqaga tashlaydigan 
bo‘ladi.
 
Bola barcha narsaga taqlid qiladi: atrofdagilarga foyda keltiradigan 
axloq qoidalari turlariga, kattalar uchun andaza bo‘lib qolgan ijtimoiy zararli 
odatlarga (so‘kishlar, chekish va boshqalar). Bola hali bu «botirlik
ramzlaridan» amalda foydalanmasada, ularni o‘yin mundarijasiga kiritadi.
 
Jinsga mansublik va o‘yinda rol tanlash.
 
Maktabgacha yosh
da o‘g‘il 
va qiz bolalarning o‘zaro munosabatlarida farq paydo bo‘ladi va 
rivojlana 
boshlaydi va o‘z jinsiga mansub bolalarga nisbatan go‘yo samimiy 
adolatsizlik aniqlanadi: o‘g‘il bola o‘g‘il bolalarni tanlaydi, qiz bola qizlarni. 
O‘zligini anglash rivojlanadi va uning asosiy tarkibiy qismi sifatida o‘zini 
o‘g‘il bo la 
- erkak yoki qiz bola - 
ayol sifatida his qilish paydo bo‘ladi.
 
«Oila» o‘yinini o‘ynashda ham bolalar o‘z jinslaridan kelib chiqqan 
holda rol tanlaydilar. O‘yin paytida bolaning emotsionalligi namoyon bo‘ladi 
va ayol yoki erkakka mos keluvchi yurish-turish tarzi 
o‘rganiladi. Qiz bolalar 
yuzaga kelgan vaziyatga tezroq ko‘nikadilar, yangi sharoitga xotirjamroq, 
tezroq va osonroq kirishadilar. O‘g‘il bolalar ko‘p shovqin ko‘tarishadi. Rolli 
o‘yinlarda o‘g‘il bolalar kattalarga taqlid qilib, haydovchi, kosmonavt, harb
iy 
askarlar rolini tanlaydilar, qizlar bo‘lsa ona, shifokor, tarbiyachi rolini 
o‘zlariga oladilar.
 
Tanlangan rollar har xil jinsdagi bolalarning ijtimoiy intilishlarini aks 
ettiradi. O‘g‘il bolalar qiziqishlari texnikaga, g‘alabaga, yutuqqa va 


154 
peshqadamlik
ka yo‘naltirilgan musobaqa o‘yinlariga qaratilgan. Kuchli, 
jasur va tashabbuskorlarni o‘g‘il bolalar lider deb qabul qiladilar. Oila muhiti 
o‘yinlari ko‘pincha qiz bolalar o‘yinida aks etadi. Qiz bolalarning qiziqishlari 
ko‘proq shaxslararo munosabatlarga qaratilgan. Qizlar yumshoq fe’lli, 
quvnoq va ko‘ngilchan tengdosh qizlarni yoqtirishadi.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin