9.1.2.
Bolalarning psixik o’sishida o’yinning ahamiyati
Bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida ular bilan bevosita
amaliy munosabatda bo‘lishga intiladi. Bu o‘rinda shu narsa
Xarakterliki,
bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o‘zining xaddi sig‘ad
igan narsalari
bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo‘lgan, o‘zining kuchi ham
еtmaydigan, xaddi sig‘maydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda
bo‘lishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani yoki tramvayni o‘zi
haydagisi, haqiqiy otga minib yurgisi, uchuvchi bo'lib, samolyotda uchgisi va
rotakam militsioner bo‘lgisi keladi.
Tabiiyki, bola o‘zidagi bunday ehtiyojlarning birontasini ham haqiqiy
yo‘l bilan qondira olmaydi. Bu o‘rinda savol tug’lladi. Bolalarning tobora
ortib borayotgan turli ehti
yojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o‘rtasidagi
qarama-
qarshilik qanday yo‘l bilan hal qilinadi? Bu qarama
-qarshilik
faqatgina birgina faoliyat orqali, ya’ni, bolaning o‘yin faoliyati orqaligina hal
qilinishi mumkin. Buni quyidagicha izohlab berish mumkin: birinchidan,
bolalarning o‘yin faoliyati qandaydir moddiy mashg‘ulot ishlab chiqarishga
qaratilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni o‘yinga undovchi sabab
(motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas, balki shu o‘yin jarayonidagi turli
harakatlar
ning mazmuniga bogliqdir ikkinchidan, bolalar o‘yin jarayonida
o‘z ixtiyorlaridagi narsalarni, o‘zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina
mansub bo‘lgan narsalarga aylantirib, xohlaganlaricha erkin faoliyatda
boladilar. Bolalarning o'yin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jihatdan
garmonik ravishda rivojlanishi uchun birdan-bir vositadir.
29
G’oziyev E. Ontogenez psixologiyasi. Toshkent. Noshir. 2010.
-125-126 betlar.
140
O
‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda kattalarga
mansub bolgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qilish, xomxayol
surish, dam olish
va xushchaqchaqlik jarayonlarining barchasi o‘yin
faoliyatida aniq boladi. Shuni ham ta’kidlab olish kerakki, o‘yin faqat tashqi
muhitdagi narsa hodisalarni bilish vositasigina emas, balki qudratli tarbiya
vositasi hamdir. Ijodiy va sujetli o‘yinlarda bol
alarning barcha psixik
jarayonlari bilan birgalikda ularning individual xususiyatlari ham
shakllanadi. Demak, bog‘chadagi ta’lim
-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati
ko‘p jihatdan bolalarning o‘yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila
bi
lishga bog’liqdir. Shunday qilib, o‘yin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan
narsa emas, aksincha, bolalar xayolining o‘zi, o‘yin da
vomida yuzaga kelib,
rivojlanadigan psixik jarayondir. Shuni ham ta’kidlash joizki, fan
-texnika
mislsiz rivojlanayotgan hozirgi davrda hayratda qoldiradigan narsalar
bolalarga go‘yo, bir mo‘jizadek ko'rinadi. Natijada ular ham o'zlarining turli
o‘yinlari jarayonida o'xshatma qilib (ya’ni, analogik tarzda), har xil xayoliy
narsalarni o'ylab topadilar (uchar ot, odam mashina, gapiradigan daraxt
kabilar). Bundan tashqari, bolalarning turli xayoliy narsalarni o'ylab
chiqarishlari yana shuni anglatadiki, ular o‘zlarining har turli o‘yin
faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chog‘da
ehtiyojlarini ham aks ettiradilar.
Bolalarning o‘yin faoliyatlarida turli xayoliy va afsonaviy obrazlarni
yaratishlari odamning (shu jumladan, bolalarning ham) tashqi muhitdagi
narsa va hodisalarni aks ettirish passiv jarayoni emas, balki faol, ijodiy
yaratuvchanlik jarayoni ekanligidan dalolat beradi.
Bolalar o‘yin faoliyatining yana bir xususiyati bu o‘yin jara
yonida
bolaning qiladigan xatti-
harakatlari va bajaradigan rollarining ko‘pincha
umumiylik Xarakter
iga ega bo‘lishidir. Buni shun
day tushunish kerakki,
bola o‘zining turli
-tuman o
‘yinlarida faqat o‘ziga tanish bo‘lgan yolg‘iz bir
havdovchining, vrachning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining
xatti-harakatlarinigina
emas,
balki
umuman
haydovchilarning,
vrachlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini
aks ettiradi.
Bu yoshdagi bolalar o‘z vaqtining ko‘p qismini o‘yin bilan o‘tkazadi,
ayniqsa 3 yoshdan 6-
7 yoshgacha o‘yinlar ahamiyatli taraqqiyot yo‘lini
bosib o‘tadi: predmetli
-
boshqaruv va ramziy o‘yinlardan tortib, to qoidali
sujetli-
rolli o‘yinlargacha. Bu yosh davrida barcha o‘yin turlarini ko‘rish
mumkin.
Bu yosh davri davomida bolalarning quyidagi asosiy faoliyat turlari
izchillikda takomillashib boradi: predmetlar bilan boshqa
rish o‘yini,
konstruktiv tipdagi individual pr
edmetli o‘yin, jamoaviy sujetli
-rolli
o‘yinlar, individual va guruhiy ijod, o‘yin
-musobaqa, o'yin, muloqot, uy
141
mehnati. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar asosan predmetlar, turli xil
o‘yinchoqlar bilan yolg‘iz o‘zlari o‘ynaydilar.
O‘zlarining predmetli va konstruktorli o‘yinlarida idrok, xotira,
tasavvur, tafakkur jarayonlarini, shuningdek, o‘z harakat qobiliyatlarini
takomillashtirib boradilar. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari
doirasi cheklangan kichik yoshda
gi bolalar (ba’zan kichik guruh
bolalari
ham) o'zlarining o‘yinlarida konkret odamlarni va ularning harakatlarini
aks ettiradilar, xolos. Masalan, (oyisini, dadasini, akasini, tarbiyachisini va
shu kabilarni).
O
‘rta yoki katta bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlarida esa bunday
obrazlar umumiylik Xarakter
iga ega bo‘la bosh
laydi. Sekin-
asta o‘rta
maktabgacha davrga borib o‘yin jamoaviy bo‘lib boradi va unga ko‘proq
bolalar qo‘shila boshlaydi. Bolalar
ning individual xususiyatlarini, ularning
jamoa o‘yinlari davomida kuzatish qulaydir.
O
‘z o‘yinlarida bolalar
kattalarning predmetlarga munosabatinigina emas, balki ko‘proq ularning
o‘zaro munosabatlarini ham aks ettiradilar va ularga taqlid qiladilar.
Shuningdek, jamoa o‘yinlarida bolalar bir guruh odamlarning murakkab
hayotiy faoliyatlarin
i aks ettiradilar. Masalan, «poyezd» o‘yinini olaylik.
Bunda mashinist, parovozga ko‘mir yoquvchi, provodniklar, kontrolyor,
kassir, stansiya xodimlari va yo‘lovchilar boladi. Bolalarning mana shu kabi
jamoa
o‘yinlari
artistlarning faoliyatiga o‘xshaydi. Chunki, jamoa o‘yinidagi
har bir bola o‘z rolini yaxshi ado etishga intilishi bilan birga, o‘yinning
umumiy mazmunidan ham chetga chiqib ketmaslikka tirishadi. Bu esa, har
bir boladan o‘zining butun qobiliyatini ishga solishni talab etadi.
Ma’lum rollarga bo‘lingan jamoa o‘yini, bolalardan qat’iy qoidalarga
bo‘ysunishini va ayrim vazifalarni talab doirasida bajarishni taqozo etadi.
Shuning uchun bolalarning bunday jamoa o‘yinlari psixologik jihatdan katta
ahamiyatga ega. Chunki, bunday o‘yinlar bolalarda ir
odaviylik,
xushmuomalalik, o‘yin qoidalariga, tartib
-
intizomga bo‘ysungan va shu kabi
boshqa ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi.
Eng asosiysi bu o‘yinlarda kattalarning predmetli dunyoga nisba
tan
xulq-atvori takrorlanmaydi, odamlar orasidagi munosabatlarga, xususan
—
rollariga imitatsiya (taqlid) qilinadi. Bolalar ushbu munosabatlar asosida
quriladigan rollami va qoidalami ajratadilar,
o‘yin
da unga amal qilinishini
qattiq nazorat qiladilar va o‘zlari ham ular
ga rioya qilishga harakat qiladilar.
Bolalarning sujetli-
rolli o‘yinlari turli mavzularda bolib, bolalar ular bilan
hayotiy tajribasiga mu
vofiq yaxshi tanishdir. Bolalar tarafidan o‘yinda qayta
ijro etiladigan rollar -
oilaviy (ona, ota, buvi, buva, o‘g‘il, qiz va h.k.) yoki
ta
rbiyaviy (enaga, bog‘chadagi tarbiyachi) yoki ertak qahramonlari (bo‘ri,
ayiq, tulki, quyon, echki) yoki kasbiy (shifokor, komandir, uchuvchi).
Rollami ijro etuvchilar kattalar yoki bolalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi
142
o‘yinchoqlar, qo‘g‘irchoqlar bo‘lishi
mumkin.
Ushbu yosh davri taraqqiyot uchun zarur bo‘lgan ikkita faoli
yat
turining boshlanishi bilan bog’langan: mehnat va o‘qish. Bu yoshdagi
bolalarning o‘yin, mehnat va o‘qishni o‘zlashtirishlarini ketma
-ketligi
bosqichini aniqlash mumkin, bunda maktabgacha yosh davri tahlil
maqsadida shartli ravishda 3 ta davrga bolinadi: kichik maktabgacha yosh
davri (3-
4 yosh), o‘rta maktabga
cha yosh davri (4-5 yosh) va katta
maktabgacha yosh davri (5-6 yosh). Ushbu bolish yosh davrlari
psixologiyasida bolalarning psixologiyasi va xulq-atvoridagi jadal va sifatiy
o‘zgarishlarni qayd etish uchun o‘tkaziladi.
Kichik maktabgacha yoshdagilar hali, qoidaga muvofiq, yolg’iz
o'ynaydilar. O
‘zlarining predmetli va konstruktorli o‘yinlarida idrok, xotira,
tasavvur, tafakkur va harakat qobiliyatlarini takomillashtirib boradilar.
Ushbu yoshdagi bolalar sujetli-
rolli o‘yinlarida odatda kundalik hayotlarida
kuzatadigan kattalarning harakatlarini qayta namoyon etadilar.
O
‘rta va katta maktabgacha yosh davrida sujetli
-
rolli o‘yinlar
r
ivojlanadi, biroq kichik maktabgacha yosh davridan o‘yinlarga kiritiladigan
va amalga oshiriladigan mavzulari, rollari, o‘yin harakatlarining qoidalari
bilan katta turli-tumanligi bilan farqlanadi. Tabiiy Xarakter
dagi ko‘pgina
predmetlar shartlilariga alma
shtiriladi va ramzli o‘yin boshlanadi. Masalan,
oddiy kubik o‘yindan va unga ajratilgan roldan qat’i nazar ramziy ma’noda
mebellar va mashinalarni, odamlar va hayvonlarni namoyish etadi.
O
‘yinlarda asosiy rol qoidalarga rioya qilishga va munosabatlarga,
masalan, subordinatsiyaga ajratiladi. Bunda birinchi marotaba liderlik
paydo boladi, bolalarda tashkilotchilik ko‘nikma va malakalari rivojlanadi.
Shu bilan bir qatorda o‘yinli individual faoliyatning ramziy
shakllaridan yana biri rasm chizishdir. Unga sekin-
asta ko‘proq
tasavvur,
xayol va tafakkur qo‘shilib boradi. Bola ko‘rganlarini tasvirlashdan vaqti
bilan bilganlarini, xotirasidagi va o‘zi o‘ylab topganlarini chiza boshlaydi.
O
‘yin
-
musobaqalar alohida sinfga ajratiladi, unda yutuq va g‘oliblik
bolalarni
juda jalb qiladi. Taxmin qilinishicha, aynan shunday o‘yinlarda
muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi shakllanadi va mustahkamlanadi.
Katta maktabgacha yosh davrida konstruktorlik o‘yini mehnat
faoliyatiga aylana boshlaydi, o‘yin jarayonida bola turmushda
zarur bolgan
nimanidir yasaydi, yaratadi, quradi. Bolalar bunday o‘yinlarda oddiy
mehnat ko‘nikma va malakalarini egallaydilar, ularda amaliy tafakkur faol
rivojlanadi. Bola o‘yinda ko‘plab uy
-
ro‘zg‘or asboblari va predmetlaridan
foydalanishni o‘rganadi.
Un
da o‘z xatti
-harakatlarini rejalashtirish
qobiliyati paydo boladi va rivojlanadi, ko‘p harakatlari va aqliy
operatsiyalari, tasavvur va xayoli takomillashadi.
Bu yosh davridagi bolalar ijodiy faoliyatdan tasviriy san’at ayniqsa,
143
rasm chizishni yaxshi ko
‘radilar. Bolaning nimani va qanday ifodalashiga
qarab, uning atrof olamdagi voqelikni qanday idrok qilishi, xotirasi, xayoli
va tafakkurining o‘ziga xosligi haqida mushohaza qilish mumkin. Rasmlar
orqali bolalar tashqi olamdan olayotgan taassurotlari va bilimlarini
е
tkazishga harakat qiladilar. Rasmlar bolaning jismoniy va psixologik
holatiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin (kasallik, kayfiyat). Aniqlanishicha, kasal
bolalar chizgan rasmlar sog‘ lomlarnikidan ko‘pgina jihatlari bilan farq
qiladi.
Maktabgacha yosh davri badiiy-ijodiy faoliyatida musiqa muhim
ahamiyatga ega. Bolalarga musiqiy asarlarni tinglash, musiqiy qatorlarni va
tovushlarni turli asboblarda takrorlash quvonch bag’ishlaydi. Bu yosh
davrida birinchi marotaba musiqa bilan jiddiy shug‘ullanishga
qiziqish
paydo boladi, u keyinchalik haqiqiy qiziqishga aylanishi va musiqiy
qobiliyatning rivojlanishiga yor
dam beradi. Bolalar qo‘shiq aytishga,
musiqa ostida turli ritmik, raqs harakatlarini bajarishga o‘rganadilar.
Qo‘shiq aytish musiqani anglash va
vokal qobiliyatlarni rivojlantiradi.
Hech bir yosh davri ushbu yosh davridagidek shaxslararo
hamkorlikning turli shakllarini talab qilmaydi, chunki u bola shaxsining turli
jihatlarini rivojlanishi zarurati bilan bog‘liq. Bu tengdoshlari, kattalar bilan
ham
korlik, o‘yinlar, muloqot va birgalikdagi mehnatdir. Bu yosh davri
davomida bolalarning quyidagi asosiy faoliyat turlari izchillikda
takomillashib boradi: predmetlar bilan boshqarish o‘yini, konstruktiv
tipdagi individual predmetli o‘yin, jamoaviy sujetli
-
rolli o‘yinlar, individual
va guruhiy ijod, o‘yin
-
musobaqa, o‘yin
-muloqot, uy mehnati. Maktabga
chiqishdan bir yoki ikki yil avval ularga o‘quv faoliyati qo‘shiladi va 5
-6
yoshli bola eng kamida faoliyatning 7-8 turiga tortiladi, ularning har biri
bolani o‘ziga xos ravishda intellektual va axloqan rivojlantiradi.
Dostları ilə paylaş: |