Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

8.3. Maktabgacha yoshdagi 
bolalar nerv sistemasining o‘sishi
 
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining rivojlanishida ularning 
nerv sistemalarida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar juda katta rol o‘ynaydi. 
Bolalar nerv sistemalarining eng kuchli taraqqiy etadigan davri 1 yoshgacha 
bo
‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Yangi tug‘ilgan bola bosh miyasining o‘rtacha 
og‘irligi 380
-
400 g keladi. Bola bog‘cha yoshiga
еtguncha uning miyasi g‘oyat 
tez rivojlanib, deyarli uch baravar ko‘payadi. Demak, bog‘cha yoshi
ga 
е
tgan 
bolalar miyasining og‘irli
gi 1100-1200 g ga 
е
tadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar nerv sistemasining bundan keyingi 
takomillashishi davomida bosh miya po‘sti qismidagi markazlarni bir
-biri 
bilan tutashtiruvchi nerv tolalari ham miye
lin qobig‘i bilan qoplana 
boshlaydi. Bosh miyadagi nerv tolala
rining miyelin qobig‘i bilan qoplanishi 
aks ettirish jarayoni, ya’ni psixik jarayonlar va ularning rivojlanishi uchun 
juda katta ahamiyatga ega. Nerv tolalari miyelinizatsiyalashganda, 
birinchidan, qo‘zg‘alishlarning nerv tolalaridan tez o‘tishi ta’minlansa, 
ikkinchidan, qo‘zg‘alishning faqat tegishli markazgagina borishini 
ta’minlaydi. Buning natijasida organizmga tashqi muhitdan ta’sir etib 
turuvchi turli qo‘zg‘atuvchilar ta’siri tufayli yuzaga keladigan shartli 
reflekslar (muvaqqat bog‘lanishlar) nisbatan tez hosil bo‘ladi. Bundan 
tashqari, har bir qo‘zg‘alishning tegishli markazigagina aniq borishi bog‘cha 
yoshidagi bolalarning o‘z harakatlarini epchillik bilan idora qila olishlarini 
ta’minlaydi. Muvaqqat nerv bog‘lanishlari tez hosil bo‘ladigan bo‘ladi.


128 
Rus fiziologlari N.I. Krasnogorskiy va A.G. Ivanov Smolenskiylar 
tomonidan ko‘plab o‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, MTT yoshidagi 
bolalarning nerv sistemalari o‘z faoliyati jihatidan hali qat’iy bir izga 
tushmagan, 
o‘zgarib turadigan bo‘ladi. Markaziy nerv sistemasi faoliyat
ining 
o‘zgaruvchanligi xususan ilk yoshda ravshan ko‘rinadi. Masalan, bu yoshdagi 
bolalarda qo‘zg‘alish jarayoni tormozlanish jarayonidan ustunlik qiladi. Mana 
shuning uchun ham bu yoshda bolalar juda ser
harakat va o‘ta 
hayajonlanuvchan bo‘ladilar. MTT yoshidagi bolalarda qo‘zg‘alish jarayo
-
nining nisbatan ustun bo‘lishi tufayli muvaqqat bog‘lanishlar kattalarga 
qaraganda sekinlik bilan maydonga keladi. Shu sababli ularda muvaqqat 
bog‘lanishlarni yuzaga ke
ltirish takror-
takror ta’sir etishni talab qiladi. Biroq, 
shunga qaramay, hosil etilgan muvaqqat bog‘lanishlar juda
е
ngillik bilan 
tormozlanib (o‘chib) qoladi. Bog‘cha yoshidagi bolalar oliy nerv faoliyati 
tashqi muhitdan bolaga ta’sir qilayotgan bi
ron q
o‘zg‘atuvchining ta’siri bilan 
yuzaga keladigan qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari ilk yoshdagi 
bolalarniki kabi keng irradiatsiyalash (atrofga keng yoyilish) xususiyatini 
saqlab qolgandir. Natijada miya po‘stining ma’lum markazida yuz bergan 
qo‘zg‘alish yoki tormozlanish hodisasi miya po‘stida joylashgan boshqa 
markazlarga ham keng tarqalib ketadi. Bu bog‘cha yoshidagi bolalarning 
ayrim psixik jarayonlarida o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun bog‘cha 
yoshidagi bolalar o‘z diqqatlarini biron narsaga uz
oq muddat davomida 
qarata olmaydilar. 
Nerv sistemasining taraqqiyoti bog‘cha yoshidagi hamma bolalarda bir 
xil temp bilan davom etmaydi. Bu murakkab taraqqiyot bolalarning 
individual xususiyatlariga va xususan, yashash sharoitlariga, ya’ni oilada 
hamda bog
‘chada qanday tarbiyalanishiga bog‘liqdir. Bolaning tarbiyasi 
qanchalik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, uning nerv sistemasi shunchalik 
normal taraqqiy etadi. Bola nerv sistemasining taraqqiy etishida uning 
atrofidagi har turli narsa va hodisalar bilan bevosita mustaqil munosabatda 
bo‘lishi ham nihoyatda katta rol o‘ynaydi. Chunki bunda, ya’ni bolaning 
mustaqil harakatlarida uning nerv sistemasi akliv faoliyatda bo‘ladi va tez 
rivojlanadi. Mana shu holatni nazarda tutib, tarbiyachilar bolalarning musta-
qil 
faoliyatlarini to‘g‘ri tashkil etishga alohida e’tibor berib borishlari lozim.
26
Uch yoshli bolalarga to’g’ri tarbiya berish, ta’sir o’tkazish, ularning 
harakatlarini maqsadga muvofiq yo’naltirish orqali ularda mustaqil holda 
ovqatlanish, kiyinish, yuvin
ish, o’z o’rnini yig’ishtirish ko’nikmalarini tarkib 
toptirishga, ayrim topshiriq va vazifalarni puxta bajarish malakasini 
shakllantirishga erishish mumkin. Mazkur yosh hususiyatlarini tadqiq 
qilgan N.M.Shchelovanov, D.B.El’konin va boshqalarning fikricha,
bolaning 
26
Jalilova S.X, Aripova S.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi .Toshkent. “Faylasuflar” nashiriyoti, 
2017 yil.- 292-295betlar. 


129 
uch yoshgacha o’sishida erishgan yutuqlari uning xulq
-atvorini, bilish 
jarayonlarini sifat jihatdan ancha o’zgartirib yuboradi. Shunga qaramay, 
bolaning o’sishiga kattalarning ta’siri, roli
е
takchiligicha qolaveradi, lekin 
asta-
sekin o’sib borishi mustaqilroq bo’lishini ta’minlaydi. Ammo 
maktabgacha yoshdagi mustaqillik ko’pincha bolaning amaliy faoliyatda 
uncha kuchli bo’lmagan shaxsiy imkoniyati doirasida kattalar yordamisiz 
harakat qilishida, nisbatan oz uchrasa-
da, tobelikdan qutulish tuyg’usi
da 
ro’yobga chiqadi. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin