Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 


89 
5.2. 
GO‘DAK
 VA MULOQOT 
 
5.2.1.
Go’dakda nutqning 
rivojlanishi 
 
Go’dakning hayotiy faoliyati va taqdiri uni qurshagan, 
parvarishlaydigan katta yoshdagilarga bevosita bog’liq bo’lib, uning barcha 
ehtiyoj va talablari faqat shular tomonidan qondiriladi. Psixologik iboralar 
bilan aytsak, kattalar bolaning fazodagi o’rnini
uzluksiz o’zgartirishi, 
almashtirishi natijasida unda ko’rish, eshitish, teri
-tuyush, haroratni sezish, 
ta’m bilish kabi sezgilar rivojlanadi (takomillashadi). Kattalar tomonidan 
go’dak uchun yaratilgan ob’ektiv va sub’ektiv shart
-sharoitlar uning 
o’sishini belgilovchi muhim turtki vazifasini o’taydi. 
Atrof-muhitning 
xususiyat va xossalarini kattalar go’dakning psixik dunyosiga singdiradilar. 
Shiqildoqlar shakli, rangi har xil o’yinchoqlar va hokazolarni bolaning 
diqqatiga havola qilish unda jismlar to’g’r
isida tasavvur obrazlarini 
yaratadi, go’dakning hissiy bilish organlari esa ularni aks ettiradi. O’zaro 
muloqot jarayonida, jismlarni ushlashga o’rgatish, mashqlar natijasida 
go’dak "tanish" jismlarga talpinadigan, ularga qo’l cho’zadigan bo’la 
boshlaydi, 
unda rang va shaklni farqlash imkoniyati tug’iladi.
Ta’sir o’tkazishning keyingi murakkabroq bosqichida bola kattalar 
yordami bilan o’tirish, o’rinda dumalash, tik turish, ovqatlanish 
qurollaridan to’g’ri foydalanishni, uzluksiz va mazmunli harakatlarni 
am
alga oshirishni o’rganadi. Shuning uchun aks ettirish qaysi 
bosqichdaligidan qat’i nazar, bevosita yo’l bilan amalga oshadi. Umuman, 
go’daklik davrining dastlabki bosqichida olam, barcha ashyolar, jismlar 
to’g’risidagi ma’lumotlar, tasavvurlar, timsollar v
a hokazolar bolaning 
kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyati mahsuli sifatida ma’naviy boylikka 
aylanib, uning bosh miya yarim sharlari po’stlog’i ostida o’z izlarini 
qoldiradi. Mazkur davrning aksariyat bosqichlarida go’daqda bilim va 
tajribalarni egallash
, uquv, ko’nikma va malakalarni mustaqil o’zlashtirish 
imkoni bo’lmaydi. 
Go’daklik davrining xususiyatlarini o’rgangan L.S.Vigotskiy "Go’daklik 
davri" nomli asarida bolaning voqelikka munosabati dastlab ijtimoiy 
munosabatdek tuyulishini, ana shu jihatdan uni ijtimoiy jonzot deyish 
mumkinligini uqtirdi. D.B.El’koninning fikricha, katta yoshdagi odamlar 
go’dakni qurshagan voqelikning markaziy siymosi, muhim tarkibiy qismi 
hisoblanib, uning har qanday ehtiyojini qondirish bilan bog’liq muammolar 
uchun tayanch 
nuqtasi vazifasini bajaradilar. Go’dak tabiiy
-biologik 
jihatdan onadan ajralgan bo’lsa ham, aslida u bilan ijtimoiy bog’liqligicha 
qoladi. Go’dakning bir yoshgacha davridagi psixologik xususiyatlarini 
o’rganish bo’yicha qator tadqiqotlar mavjud. Shular or
asida 


90 
N.L.Figurin,M.P.Denisova, M.Yu.Kistyakovskaya, A.Vallon, D.B.El’konin, 
Ye.Arkin, S.Fayans, Sh.Byuler, F.I.Fradkinaning asarlari alohida ahamiyatga 
molikdir. S.Fayans tajribasida go’dakka chiroyli va jozibador o’yinchoqdan 
9 sm masofadan ko’rsatilgand
a u bugun vujudi bilan ularga intilgan, 
keyinchalik oraliq 60 sm bo’lganida bolaning intilishi, qo’l cho’zishi, 
sustlashgan, va nihoyat, ular 100 sm dan ko’rsatilganda bolada intilishi, 
cho’zilishi, ixtiyorsiz harakati mutlaqo so’ngan. U o’yinchoq bilan bi

qatorda turgan katta kishiga ham ana shunday befarq qaragan. Masofa 
qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi, qiziqishi shunchalik kuchayib 
borishini kuzatish mumkin. Yuqoridagi tajriba materiallari asosida, 
shunday xulosa chiqarish mumkin: kattalar g
o’dak qatnashayotgan 
faoliyatni jonlantiradilar. Go’dakni qurshab turgan jismlar borgan sari 
uning nigohini o’ziga tortib, maftun qilib, qo’zg’atuvchi vazifasini bajarib, 
bolaning qidirish, mo’ljal olish, chamalash faoliyatini kuchaytirishga xizmat 
qiladi.
Tadqiqotchi A.V.Yarmolenko yarim yoshlik go’daklarda jozibali 
narsalarning o’zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. Muallif olgan 
ma’lumotlarga qaraganda, go’dak behisob jismlar orasida insonni (katta 
yoshli odamlarni) tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. Shu bilan 
birga harakatsiz ko’ruv qo’zg’atuvchisiga diqqatni to’plash 26 sekunddan 
37 sekundgacha, harakat qilmayotgan odamga bolaning tikilishi 34 
sekunddan 111 sekundgacha, harakatdagi ko’ruv qo’zg’atuvchisiga qarashi 
41 sekunddan 78 sekundgacha
, harakatdagi insonga e’tibor berishi 49 
sekunddan 
186 
sekundgacha 
ortgan. 
Tajribada 
go’dakning 
harakatlanayotgan odamga diqqatni to’plab turishi to’rt marotaba ortgani 
aniqlangan. Bizningcha, go’dak jonsiz narsalarga qaraganda, odamga 
diqqatini barqarorroq qaratishi uning kattalarga 
munosabati 
o’zgarganidan emas, balki ular bilan aloqaga kirishganda sust retseptor 
o’rnini faolroq retseptor egallaganidandir. 
Go’dakda fazoviy tasavvurning boyishida jismlarni idrok kilishdagi 
farqlashning takomillashuvi muhim vosita hisoblanadi. Hayot tajribasi 
ortib borishi, mashqlar natijasida jismlarning alomat va belgilarini farqlash 
uquvi paydo bo’ladi. 
Fransuz psixologi Anri Vallon go’dakda ijtimoiy ta’sirlanish ortib 
borishini atroflicha tadqiq qilgan olimdir. Uning t
a’kidlashicha, yarim 
yoshli bolada boshqa odamlardan farqli ravishda javob reaktsiyasi (ta’siri) 
o’zining yuqori bosqichiga ko’tariladi. Bola olti oyligida boshqa kishilarning 
imo-
ishorasiz ta’siriga javob berishi (ta’sirlanishi) 50 foizni tashkil qiladi,
е
tti oyligida esa aynan shu reaktsiya 20 foizga kamayadi, ammo imo-ishora 
orqali muloqot 41 foizga ortadi, 
е
tti-sakkiz oylikda boshqa kishilarga 
talpinish, tabassum qilish birinchi yarim yillikdagidan to’rt marta ko’pdir. 


91 
M.Yu.Kistyakovskaya bir yoshgacha bolalarda kattalar bilan muloqotga 
kirishishning murakkablashib borishini o’rganib, bolalar psixologiyasi fa
ni 
uchun eng zarur materiallar to’plagan va ularni atroflicha izohlagan. 
Olimaning fikricha, 3 oylikdan 6 oylikkacha bolada katga yoshdagi odamlar 
bilan tanlab munosabatda bo’lish vujudga keladi. Uch oylik go’dak 
begonalar orasidagi tuqqan onasini ajrata olsa, yarim yoshdan boshlab esa 
begonalar ichidagi qarindoshlarini ham farqlay biladi.
M.Yu.Kistyakovskayaning ma’lumotiga ko’ra, 3
-
4 oylik go’dak unga 
yuzlangan, erkalatgan, muloqotga kirishgan har qanday odamga tabassum 
qiladi yoki erkalanadi, 5-6 oylikda u muomala qilayotgan notanish shaxsga 
bir oz tikiladi, keyin yo kulimsiraydi yoki undan yuzini o’giradi, hatto, 
qo’rqib yig’lab yuboradi. Bolada o’zini parvarish qilayotgan, boqayotgan 
yaqin kishilarga bog’lanib qolish sodir bo’ladi. Ana shu sababli onas
i yoki 
enagasini ko’rsayoq qiyqirib qarshilaydi, talpinadi, qo’l
-
oyog’ini ixtiyorsiz 
tipirchilatadi. U yarim yoshga to’lganida atrofidagi yaqin kishilar qatori 
qarindosh-
urug’lariga, hatto, qo’ni
-
qo’shnilarga ham bog’lanib (o’rganib), 
ko’nikib qoladi. Taxm
inan 8-
9 oyligidan kattalar bilan dastlabki o’yin 
faoliyatini boshlaydi. O’yin faoliyatidagi tabassum, jonlanish, shodlik 
tuyg’ulari avval faqat kattalar ishtirokida namoyon bo’ladi, vaqt o’tishi 
bilan o’yinning o’zi bolaga quvonch bag’ishlaydi. Go’dak bir
yoshga 
yakinlashgan sari kattalarning xatti-harakatlarini izchil kuzatishdan 
tashqari, unda asta-
sekin ularning faoliyatida ishtirok etish tuyg’usi, istagi 
paydo bo’ladi, keyinchalik ularga ko’mak berish ishtiyog’i tug’iladi. Natijada 
bola individual faol
iyat turidan hamkorlikdagi faoliyatga ham o’ta 
boshlaydi.
Ma’lumki, hamkorlikdagi faoliyat muloqot ko’lamini kengaytirishga 
yordam beradi. Tadqiqotchilardan NL.Figurin va M.P Denisova go’dakning 
bir yoshgacha davridagi psixik o’sishini o’rganganlar. Oling
an 
ma’lumotlaridan kelib chiqib bir yoshgacha kulgi inson chehrasi va 
tovushidan ta’sirlanish asosida vujudga kelishini ta’kidlaganlar. Bolaning 
boshini burib qarashi, asosan, insonning tovushiga javob reaksiyasi tarzida 
namoyon bo’lsada, u keyinchalik boshqa tovushlardan ta’sirlanishda ham 
ko’rinadi. Bolada qo’rquv hissi kishilarni tanish va notanishga, qarindosh 
va begonaga ajratish, niqobni farqlash jarayonida vujudga keladi. Shuning 
uchun ijtimoiy tajriba va ko’nikmalarni o’zlashtirishda, biror holatni 
yaqqol 
aks ettirishda go’dak kattalarga taqlid qiladi. Taqlidchanlik bolaning 
ijtimoiylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi va uni faoliyatining yanada 
takomillashuviga turtki bo’ladi. Yuqoridagi tadqiqotchilarning fikr
-
mulohazalarini umumlashtirsak, qimmatli umumpsixologik fikrlarni 
muayyan tartibda, izchil joylashtirish mumkin bo’ladi. 


92 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin