Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


  Go’daklik davrining psixologik xususiyatlari



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

5.2. 
Go’daklik davrining psixologik xususiyatlari
 
Barcha 
sezgi a’zolari go‘dak hali onaning qornidalik paytidayoq ancha 
takomillashgan bo‘ladi. Shuning uchun bola tug‘ilishidan boshlaboq uning 
barcha sezgi a’zolari tashqaridan va ichki muhitdan bo‘ladigan ta’limotlarni 
aks ettirish qobiliyatiga egadir. Masalan, o‘n kunlik bola ko‘z qarashini biron 
yorug‘lik manbai (elektr lampochkasi) ustida to‘xtata oladi. Bir oylik 
chaqaloq unga engashib qarab turgan (yuzini yaqin olib kelib) onasining 
che
hrasiga o‘z ko‘z qarashlarini uzoq vaqt to‘xtata oladi.
Ko‘rish sezgisi
chaqaloq bolalarda juda tez rivojlanadi. 2 oylik bola sekin 
harakat qilayotgan narsani ko‘z qarashi bilan kuzata oladi. 4 oylik bola esa 
ko‘rish emas, narsalarga aktiv qaray oladigan bo‘lib qoladi. U qarayotgan 
narsalari turli hissiyotlarni yuzaga keltira
di. Go‘dak bolalarda ko‘rgan 


83 
narsalarini tanish 5-
6 oylik davrda yuzaga keladi. Bola dastavval o‘zi bilan 
eng ko‘p munosabatda bo‘ladigan odamni, ya’ni onasini tanib oladi. Sekin
-
asta atrofdagi boshqa yaqin odamlarni tanib oladi. Buni biz kichik bolalarning 
uyiga begona odam kelganda unga uzoq tikilishi va yotsirashidan bilamiz. 
Bolalarda 
ranglarni sezish
juda erta ko‘rina boshlaydi. Masalan, 
professor N.I.Krasnogorskiyning o‘tkazgan tajribalariga ko‘ra, ranglarni 
farqlash bolalarda 3-4 oylik davrdan boshla
b ko‘rina boshlaydi. Bola har xil 
rangli butilkachalardan ovqatlantirilgan (sut emizilgan), lekin faqat sut qizil 
butilkadagina berilgan. Oradan biroz vaqt o‘tgach, bola faqat qizil rangli 
butilkagagina reaksiya qiladigan, ya’ni faqat qizil butilkadagi emizikni og‘ziga 
oladigan, boshqa butilkalarga esa befarq 
qaraydigan bo‘lgan. Bu tajriba 
bolalarda ranglarni sezish va farqlash juda erta hosil bo‘lishini ko‘rsatadi.
2-3 oylik bolalar taqir-
tuqurga quloq soladigan bo‘lib qoladilar. 
Masalan, yig‘layotgan bolaning oldida shaqildoq shaqillatilsa, bola yig‘idan 
to‘xtab quloq sola boshlaydi. 
3-4 oylik bolalar faqat eshitishgina emas, balki tovush chiqayotgan 
tomonga boshlarini buradigan bo‘ladilar. Ana shu davrdan boshlab bolalarda 
turli tovushlarni farqlash ham yuzaga kela boshlaydi.
4-5 oylik bola onaning tovushini boshqa odamlarning tovushlaridan 
bemalol farqlay oladigan bo‘ladi. Tovushlarni farqlash qobiliyati nutq 
tovushlarini va undan so‘ng ayrim so‘zlarni o‘zgartirish uchun asos bo‘ladi. 
Eshitish sezgisining normal rivojlanishi ilk yoshdagi bolalarning nutqni 
egallashlari (til chiqishi) uchun g‘oyat katta ahamiyatga ega. Eshitish sezgisi 
bola bilan xususan kattalar munosabatda bo‘lganlarida jadal rivojlanadi. 
Shuning uchun ilk tarbiyachilari kichik bolalar 
bilan nutq orqali ko‘proq 
munosabatda bo‘lishlari kerak.
Bolalarda hid, ta’m va teri sezgilari
ham go‘daklik davridan boshlab tez 
rivojlana boshlaydi. Agar 2-
3 oylik bolaning emizigiga qo‘lansa (yoqimsiz) 
hid tarqatuvchi biron narsa surtib qo‘yilsa, bola b
unda betoqatlanib, lab-
lunjlarini bujmaytira boshlaydi. Ta’m sezgisi ham deyarli shu davrdan 
boshlab yaqqol ko‘rinadi. Chunonchi, ona sutiga o‘rganib qolgan bolaga biroz 
shakar solib shirin qilinadigan sigir suti berilsa, emgisi kelmaydi. Ana 
shulardan xulosa qilib aytish mumkinki, ilk yoshdagi kichik bolalarda hid va 
ta’m sezgilari yaxshi ishlaydi.
Teri sezgisi bolalarda tug‘ilgan paytlaridan boshlab mavjuddir. 
O‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, biron narsaning tekkanini sezish 
(ya’ni tuyish organi) go‘dak bolalarda katta odamlarga qaraganda ham 
o‘tkirroqdir. Bundan tashqari, ilk yosh
dagi kichik bolalar haroratga nisbatan 
ham juda sezgir bo‘ladilar. Ular cho‘miltirilayotgan suvning salgina isib yoki 
salgina sovib qolganini darhol sezadilar. Ilk yos
hdagi bolalarning hid, ta’m va 
teri sezgilarini takomillashtirish yuzasidan maxsus ishlar (mashqlar) olib 


84 
borilmaganligi tufayli bu sezgilar nisbatan sekin rivojlanadi. Ilk yoshdagi 
bolalarning psixik jihatdan rivojlanishlari uchun harakat sezgisining 
aham
iyati juda kattadir. Go‘dak bolaning juda ko‘p xilma
-xil harakatlari 
ichida uning qo‘l harakatlari juda katta rol o‘ynaydi. Bola biron narsani qo‘li 
bilan ushlashga o‘rganganidan so‘ng uni rosa timirskilab ko‘radigan bo‘ladi. 
Lekin bola biron narsani ushlashi uchun dastavval u narsani atrof-muhitdagi 
boshqa narsalardan yaqqol ajratishi kerak. Buning uchun bola qo‘l va ko‘z 
harakatlarini moslashtirib idora qila olishi lozim. Bunday murakkab 
harakatlarni bola darhol egallay olmaydi. O‘tkazilgan tajribalarning
ko‘rsatishicha, bola murakkab qo‘l harakatlarini ilk yoshida egallaydi.
Bolaning o‘z harakatlarini idora qilishi, ya’ni harakat sezgilarining 
rivojlanishi bosh miya harakat sohasidagi nerv tolalarining miyelinizatsiya 
qilinishi bilan bog‘liqdir. Bu narsa 
bolaning 2-3 oylik davridan boshlanadi. 
Shuning uchun bola 2-
3 oylik davridan boshlab o‘z harakat
larini idora qila 
boshlaydi. Masalan, ana shu davrdan boshlab bola unga uzatilgan narsalarga 
qo‘lini cho‘zadigan, ushlashga intiladigan bo‘ladi. 2
-3 oylik bolani qorni bilan 
yotqizilsa, u boshini ko‘taradi, 3
-4 oylik bola boshini bemalol ushlab oladi, 4-
5 oylik bola esa o‘z gavdasini tik holda ushlab tura oladi. 6
-7 oylik bola 
mustaqil o‘tira oladi. Ana shu tariqa ilk yosh
dagi bolaning harakat sezgilari 
rivojlanib boradi. 
Bolalarda 
idrokning 
rivojlanishi
sezgi 
a’zolarining, 
ya’ni 
analizatorlarning tobora takomillashishi bilan bog‘liqdir. Lekin, idrok faqat 
sezgi a’zolarigagina bog‘liq jarayon emas. Idrok jarayonida sezgilardan 
tashqari odamning butun turmush tajribasi ham ishtirok etadi. Shuning 
uchun idrokning rivojlanishi turmush tajribasining tobora orta borishi, 
odamning turli bilimlarga ega bo‘lishi bilan ham uzviy bog‘liqdir. Go‘dak 
bolalarning uncha-muncha idrok qilishlari asosan uch-
to‘rt oylik davrdan 
boshlansada, biroq, idrok qiladigan narsalarin
ing doirasi hali juda tor bo‘ladi. 
Bu davr
da bola ko‘z o‘ngidagi yaltiroq yoki tebranib, harakatlanib turuvchi 
narsalarni idrok qila oladi. Bola to‘rt
-
besh oylik bo‘lib, narsalarni qo‘llari 
bilan ushlaydigan bo‘lgach, uning idroki mazmun jihatidan boyib, 
ancha 
takomillashadi. Buning asosiy sababi shundaki, ko‘rish hamda eshitish 
sezgilariga endi barcha teri sezgilari ham qo‘shiladi. Natijada bola narsalarni 
har tomonlama to‘la idrok qila boshlaydi.
Bola yarim yoshga to‘lib, o‘zi mustaqil o‘tira boshlagach,
uning idroki 
yana ham tezroq rivojlanadi. Bunda birinchidan, uning ko‘rish doirasi ancha 
kengayadi, ikkinchidan esa, narsalarni sinchiklab timirskilab ko‘rish 
imkoniyati ortadi. Bu davrda bola atrofidagi narsalarni (xususan o‘ziga 
tegishli narsalarni) qayta-qayta idrok qilish tufayli ularni bir-biridan 
farqlaydigan, o‘ziga tegishli narsalarni taniydigan bo‘lib qoladi. Bola emaklab, 
undan so‘ng yura boshlagach, uning tevarak
- atrofidagi narsalarni idrok 


85 
qilish imkoniyati yanada kengayib ketadi. Bola xohlagan narsasining oldiga 
borib, uni qo‘liga olib ushlab ko‘radi, atrofidan aylanib qaraydi, iloji bo‘lsa, 
albatta yalab ham ko‘radi.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin