Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

Bolalarda diqqat
juda erta rivojlana
boshlaydi. Bir-ikki haftalik 
chaqaloqlarda diqqatning hech qanday alomati ko‘rinmasa ham, 
oradan sal 
o‘tmay, ya’ni bolaning bir oylik davridan boshlab, ixtiyoriy diqqat alomatlari 
yaqqol ko‘rina boshlaydi. Demak, bolaning bir oylik davrida uning diqqatini 
har xil kuchli qo‘zg‘atuvchilar (qattiq tovush, ortiqcha yorug‘lik kabi) 
ixtiyorsiz ravish
da o‘ziga jalb qila boshlaydi. Ikki
-uch oylik bolalar esa, 
«shaqir
-
shuqur»ga 
quloq 
soladigan 
(shaqildoqlarning 
tovushiga 
ovunadigan) bo‘la boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarning diqqatlarini yorqin 
(yaltiroq) rangli narsalar ham beixtiyor jalb qila boshlayd
i. Bolaning ko‘z 
o‘ngidagi narsa qanchalik rang
-
barang bo‘lsa, bola unga shunchalik ko‘p 
e’tibor beradi.
Xotira bola hayotining
dastlabki kunlaridan boshlaboq rivojlana 
boshlaydi. Bolada xotiraning dastlabki alomatlari yaqin atrofidagi odamlarni 
va narsala
rni tanishida ko‘rina boshlaydi. Buni biz bola o‘ziga tanish bo‘lgan 
narsani ko‘rganida qiladigan harakatlaridan ko‘rishimiz mumkin. Masalan, 
bola o‘ziga yaqin odamni ko‘rganida unga talpinadi yoki notanish odamdan 
yotsiraydi. Kichik yoshli bolalarda tanib olish qobiliyatining borligi idrok 
qilgan narsa va hodisalarini esda olib qolish imkonini beradi. 1 yoshga yaqin 
bolada xotiraning murakkab turlari, ya’ni eslash vujudga kela boshlaydi. 
Bolalar bu davrdan boshlab ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarni eslay 
oladigan bo‘ladilar. Bunda bolalardagi tasavvurlarning roli nihoyatda 
kattadir. Tasavvurlar tufayli bolalar o‘tgan narsalarni bemalol eslay oladilar, 
masalan, bolaga ko‘z o‘ngida bo‘lmagan narsaning nomini aytsangiz, u 
ko‘zlari bilan atrofga qarab sh
u narsani izlay boshlaydi. 
Bola xotirasining rivojlanishida nutqning o‘sishi juda katta ahamiyatga 
ega. Bu davrda bola narsa va hodisalarni faqat bevosita ko‘rish orqali emas, 
balki shu narsa va hodisalarning nomlari orqali ham idrok qila oladigan 
bo‘ladi. Bundan tashqari kattalardan so‘rab bilib olish, eshitish orqali ham o‘z 
xotiralarini boyitadilar.
21

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin