IV-BOB. CHAQALOQLIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA
UNING PSIXODIAGNOSTIKASI
Bobning qisqacha mazmuni
1.Chaqaloqlik davrida jismoniy rivojlanish
2. Chaqaloqlik davrida bola nerv sistemasining rivojlanishi
3. Chaqaloqlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
4. Chaqaloqlarning sensor, perseptiv hamda kognitiv rivojlanish psixo-
diagnostikasi
4.1.Chaqaloqlik davrida jismoniy rivojlanish
Bolaning go‘daklik (chaqaloqlik) davri jismoniy jihatdan juda tez
rivojlanish davridir. Odatda odamning yoshi tug‘ilgan kunidan boshlab
hisoblanadi. Lekin aslida odamning dunyo ga kelishi, rivojlanishi
tug‘ilmasdan
ilgarigi, ya’ni ona qornidagi davridan boshlanadi. Bola onaning
qornidaligi davrida, ya’ni to‘qqiz oy mobaynida juda tez va juda murakkab
taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tadi. Bolaning tug‘ilgandan keyingi normal
taraqqiyoti uning ona qornidagi taraqqiyoti bil
an uzviy bog‘liqdir. Shuning
uchun bolaning tug‘ilgunga qadar bo‘lgan taraqqiyotiga ham diqqat
-
e’tibor
bilan qarash lozim, chunki tug‘ilgunga qadar ham bolaga tashqi muhit ta’sir
qiladi. Lekin bu ta’sir faqat ona orqali, onaning organizmi orqali bo‘ladi.
H
omiladorlik davrining har jihatdan normal o‘tishi bolaning ona qornidagi
normal taraqqiyotini va har jihatdan
еtuk tug‘ilishini ta’minlaydi.Bolaning
tug‘ilgandan keyin bir yoshgacha bo‘lgan davri nisbatan kam harakat va
«nutqsiz» taraqqiyot davridir. Bu davrda bolaning o‘sishi va taraqqiyoti oila
doirasida yuzaga keladi. Ammo shunday bo‘lsa ham bu davr har jihatdan
juda ildam rivojlanish davridir. Bu davrda bola deyarli faqat ona suti
bilangina ovqatlanadi, u hali gapira olmaydi va mustaqil harakat qila olmaydi.
Bu davrda bola ojiz bo‘lib, kattalarning doimiy va to‘g‘ri parvarish qilishlariga
muhtoj bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan va bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning tashqi qiyofalari
katta odamlarning tashqi qiyofalaridan ancha farq qiladi. Yangi t
ug‘ilgan
bolaning boshi gavdasiga nisbatan juda ham katta (gavdasining to‘rtdan bir
qismiga barobar), bo‘yni deyarli yo‘q darajada qisqa, gavdasi uzun, oyoq
-
qo‘llari gavdasiga nisbatan qisqa bo‘ladi. Katta yoshli odamning boshi
gavdasining sakkizdan bir q
ismiga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari chaqaloq bolaning yuzi juda kichkina bo‘ladi, chunki
yuqorigi va pastki jag‘lari hali ishlamaganligi tufayli rivojlanmagan bo‘ladi.
68
Chaqaloq bolalar ichki organlarining holati va faoliyati ham katta
odamlarnikidan anc
hagina farq qiladi. Masalan, o‘pkadagi havo kiradigan
mayda pufakchalarning soni miqdor jihatidan katta odamlarniki bilan
barobar bo‘lsa ham, ular juda mayda bo‘ladi (katta odamlarnikiga nisbatan
uch barobar kichik bo‘ladi). Shuning
uchun chaqaloq bolalar katta odamlarga
nisbatan uch barobar tez nafas oladilar. Chaqaloq bola bir daqiqada 50-60
marta nafas olsa, katta yoshdagi odam xuddi shu vaqt ichida 14-16 marta
nafas oladi. Chaqaloq bola jismoniy jihatdan juda tez o‘sayotganligi tufayli sof
havoga ayniq
sa muhtoj bo‘ladi. Ilk yoshdagi bolalarning taraqqiyotida buni
albatta hisobga olish zarur. Agar chaqaloq bola o‘ringa o‘ng‘ay holatda
yotqizilmasa, siqib yo‘rgaklansa va ochiq havoga olib chiqilmasa, uning nafas
olishida qo'shimcha qiyinchilik vujudga keladi.
Chaqaloq bolaning yuragi katta odamning yuragiga nisbatan anchagina
tez uradi. Masalan, katta odamning yuragi bir daqiqada o‘rtacha 70
-75 marta
ursa, chaqaloq bolaning yuragi 120 va undan ortiq marta uradi. Buning asosiy
sababi chaqaloq bolalar yuragining har bir qisqarishida bosib chiqargan qon
hajmini (miqdorining) ozligi, go‘qak muskullarining hali zaifligi bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, chaqaloq bolalar yuragining nisbatan tez urishi ular
organizmida modda almashish jarayonining intensivligi (jadalligi) bilan ham
bog‘liqdir.
Chaqaloq bolalarda badanning haroratini idora qilish hali yaxshi
rivojlanmagan bo‘ladi. Chaqaloq bolalarda tanasining vazniga qaraganda
terisining umumiy sathi (yuzasi) nisbatan katta hamda terisi katta odamlar
te
risiga qaraganda ancha yupqa bo‘ladi. Shu sababli ular normal taraqqiyot
uchun kerakli haroratni yo‘qotib sovuq qotishi mumkin. Chaqaloq
bolalarning tana harorati tez o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bolaning ortiqcha
harakatlari ham, ovqat
е
yishi ham temperaturasiga
ta’sir qiladi. Shu sababli
chaqaloq bolalarni tarbiyalashda kun tartibining ahamiyati nihoyatda
kattadir. Chaqaloq bolalarni hamisha o‘z vaqtida ovqatlantirish, uxlatish va
o‘z vaqtida u bilan shug‘ullanish (gaplashish, o‘ynatish) kerak.
Chaqaloq bolalar
ning ovqat hazm qilish a’zolari ham o‘ziga xos
xususiyatga ega. Ularninig oshqozonlari hali juda kichkina, oshqozon va ichak
muskullari rivojlanmagan, juda zaif bo‘ladi. Shuning uchun bu yoshdagi
bolalarning eng yaxshi ovqati ona sutidir. Bolalar katta odamlarga nisbatan
tez-tez ovqatlantiriladi. Agar katta odamlarga ovqat sarf qilingan quvvatni
tiklash maqsadida kerak bo‘lsa, bolalar uchun ovqat sarf qilingan quvvatni
tiklashdan tashqari o‘sishi uchun ham kerak. Bolaning organizmi to‘xtovsiz
o‘sadi, buning
uchun esa juda ko‘p ozuqa moddalar kerak bo‘ladi. Ozuqa
moddalarni bola ovqat orqali oladi. Shu sababli bolaning jismoniy jihatdan
nor
mal o‘sishida o‘z vaqtida ovqatlanishi va ovqatning sifati juda katta
ahamiyatga ega.
69
Normal tug‘ilgan bolaning o‘rtacha
vazni 2800-
3500 kg, bo‘yi 45
-52 sm
bo‘ladi. Bir yil davomida uning vazni va bo‘yi ayniqsa sezilarli o‘zgaradi.
Normal o‘sib ulg‘ayayotgan bola yarim yoshga
е
tganida uning vazni ikki
barobar, bir yoshga
е
tganida esa uch barobar ortadi. Bolaning vazni dastlabki
oylarda, ayniqsa, 1-
3 oyligida ko‘proq ortadi. Keyinroq borib vaznining
ortishi birmuncha sekinlashib boradi va bir yoshga to‘lgach, bolaning vazni 9
kg ga
еtadi. Bir yoshga to‘lgunga qadar bolaning bo‘yi ham juda tez o‘sadi.
Agar bola bir yoshga to‘lguncha taxminan 25 sm ga o‘ssa, keyingi ikki yil
ichida faqat 18 sm ga o‘sadi. Yangi tug‘ilgan bolaning suyak sistema
si deyarli
yumshoq tog‘aydan iborat bo‘ladi. Keyingi taraqqiyot davrida, ya’ni bir
yoshga to‘lguncha uning skeleti suyakka aylana boshlayd
i. Agar bola
chaqaloqlik davrida noto‘g‘ri parvarish qilinsa, uning skeletidagi turli qismlar
noto‘g‘ri o‘sib, biror
еri qiyshiq bo‘lib qolishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda
bolaning noto‘g‘ri o‘tirishi, noto‘g‘ri yotishi natijasida umurtqa suyagi
qiyshayib
qolishi mumkin, chunki umurtqa suyagi juda elastik bo’ladi.
Oylar 0-1 1-2 2-3 3-4 4-5 5-6 6-7 7-8 8-9 9-
10
10-
11
11-
12
Bo‘yi
(
sm
)
3
3
2,5 2,5
2
2
2
2
1,5 1,5 1,5
1,5
Og‘irligi
(gr)
600 800 800 750 700 650 600 550 550 450 400 400
Bolalarda
paydo bo‘ladigan skolioz, umurtqa suyagining qiyshayib
qolishi kasalligi ko‘pchilik hollarda bolalar gavdasining normal o‘sishiga ota
-
onalar va tarbiyachilarning befarq muno sabatda bo‘lishlari tufayli yuzaga
keladi. Skolioz (bukri) kasalligi juda og‘ir ma
jruhlikka olib keladi. Skolioz
asosan ikki yo‘l bilan paydo bo‘ladi. Ulardan birinchisi tug‘ma skolioz bo‘lsa,
ikkinchisi individual hayot davomida orttirilgan skoliozdir. Biz asosan ana
shu individual hayot davomi
da bo‘ladigan skoliozning oldini olishimiz, ya’ni
uning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Skolioz kasalligi dastavval
mutlaqo bilinmaydi va juda sekinlik bilan rivojlanadi. Vaqt o‘tishi bilan u
ko‘zga tashlana boshlaydi. Skolioz kasalligi juda qiyin davolanadi. Uni davo
lashda ortoped-sh
ifokorlar juda ko‘p qiyinchiliklarga duch keladilar. Qiz
bolalarning muskul va skeletlari o‘g‘il bolalarga nisbatan zaifroq bo‘lganligi
tufayli ular skolioz kasalligiga moyilroq bo‘ladilar. Skolioz kasalligi bola o‘sib
borgan sari uning psixikasiga ham sa
lbiy ta’sirini ko‘rsata boshlaydi.
|