60
Ayrim bolalarda krizis davrlari vaqtincha paydo bo‘lib, bir yosh
bosqichidan
ikkinchi yosh bosqichigacha tez o‘tib keta
di.
Boshqa bir bolalarda esa bu
jarayon juda cho‘zilib ketadi.
Turli yosh bosqichlaridagi bolalar ayrim faoliyat turlarini o‘zlashtirish
tempi jihatidan ham bir-
biridan farq qiladilar. Masalan, to‘rt
-besh yoshli
ayrim bolalar rasm chizishga qiynaladilar. Ayrimlari yaxshi rasm chizadilar.
Besh-
olti yoshli ayrim bolalarning diqqat va xotiralari sust bo‘ladi. Ular
raqam va harflarni tanishda nihoyatda qiynaladilar. Boshqa bir shu yoshdagi
bolalar esa, oz
vaqt ichida o‘rganib oladilar.
Ayrim shaxsiy psixologik
sifatlarning (mustaqillik, batartiblik kabi) yuzaga kelishida ham xuddi
shularga o‘xshash individual farqni ko‘rish mumkin.
Turli yosh bosqichidagi bolalarning psixik taraqqiyotlarida
ko‘rinadigan in
dividual farqlarning asosiy sababi, birinchidan, ijtimoiy hayot
sharoitining har xilligi bo‘lsa,
ikkinchidan, organizmning tabiiy irsiy
imkoniyatlarining ta’siridir. Bola
larda shartli reflekslar ham turlicha muddat
davomida hosil bo‘ladi. Ayr
im bolalarda oriyentirovka refleksi yaqqol namo-
yon bo‘lsa, boshqa bolalarda biron narsaning tekkanini sezish refleksi, ya’ni
taktil sezgilar yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunday farqlar nerv sistemasining
nasliy xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Masalan, miyaning qandaydir ja
rohati
bilan tug‘ilgan bola psixik taraqqiyotdan orqada qoladi.
Turli yosh bosqichidagi bolalarning individual psixologik
xususiyatlarini
hisobga olgan holda yondashish, bolalarga nisbatan
individual munosabatda bo‘lishni ta’minlash bilan birga ularni har
tomonlama rivojlantirishga yordam beradi.
14
Dostları ilə paylaş: