Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 ONTOGENETIK TARAQQIYOTNI DAVRLASHTIRISH MUAMMOSI



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

3.4. ONTOGENETIK TARAQQIYOTNI DAVRLASHTIRISH MUAMMOSI 
 
3.4.1. 
Psixik taraqqiyot va yosh bosqichlari to’g’risida 
 
olimlarning qarashlari 
Bolalarning psixik taraqqiyotlarida ma’lum notekislik mavjuddir. Bu 
notekislik, birinchidan, bola tug‘ilib o‘sadigan muhit bilan bog‘liq bo‘lsa, 
ikkinchidan, bolalarning indivi
dual imkoniyatlari bilan bog‘liqdir. 
Darhaqiqat, ayrim bolalar psixik taraqqiyot uchun ko‘p pog‘onali oilada o‘sib 
rivojlansalar, boshqa bir bolalar faqat ishlaydigan ota-onasidan tashqari 
hech kimi 
yo‘q oilada o‘sib rivojlanadilar. Biz bilamizki, bolaning psixik 
jihatdan rivojlanishida uning katta odamlar bilan qiladigan faol 
munosabatlari juda katta o‘rin egallaydi. Bola katta odamlar bilan bo‘ladigan 
munosabatlarida o‘zining son
-sanoqsiz savollariga javob oladi. Binobarin, u 
yangi-
yangi informatsiyalarga ega bo‘lib, psixik jihatdan rivojlanadi. 
Yuqoridagi birinchi holatda, ya’ni bola ko‘p kishilik (buvilik va buvalik) 
oilada o‘sib rivojlanganda tez
-tez katta odamlar bilan faol munosabatga 
kirishib
, ulardan ko‘p narsalarni bilib oladi. Ikkinchi holatda esa, o‘z holicha 
qolib ketib, psixik jihatdan yaxshi rivojlana olmaydi. Bu bolalarning notekis 


58 
rivojlanishidagi tashqi sabablardir. 
Bolalar har xil individual imkoniyatlar, ya’ni layoqatlar bilan 
tug
‘iladilar. Shuning uchun bolalarda psixik jihatdan rivojlanishlariga ta’sir 
qiladigan ichki, ya’ni nasliy xususiyatlar har xil bo‘ladi. Nasliy xususiyatlar, 
ya’ni turli sohalarga nisbatan bo‘lgan tug‘ma layoqatlar hamma bolalarda bir 
xil bo‘lmaydi. Masalan, bir bola matematikaga layoqatli bo‘lib tug‘ilsa, 
boshqa bir bola musiqaga nisbatan layoqatli bo‘lib tug‘iladi. Kimning qayli 
sohaga nisbatan layoqatli bo‘lib tug‘ilishi genetika fanining muhim 
muammolaridandir. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin