3.3.4. Bola psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillar
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy maqsadi bola psixik taraqqiyotini
o‘rganishdan iborat ekan, bu masalani hal qilishda, uni tushuntirib berishda
turli xil qarashlarni o‘rganish muhimdir. Inson shaxsining tarkib
topishini
tushuntirishga intiluvchi biogenetik va sotsiogenetik oqim XIX asrning
ikkinchi yarmida maydonga kelgan.
Bola psixik xususiyatlarining tug‘ma tabiati haqidagi ta’limot shu
vaqtga qadar aksariyat psixologiya maktablarining asosini tashkil etib
kelmoqda. Biogenetik konsepsiyada inson psixikasining barcha umumiy va
individual xususiyatlari tabiat tomonidan belgilangan, uning biologik
tuzilishiga tenglashtirilgandir. Psixik rivojlanish esa nasliy yo‘l bilan azaldan
belgilanib, inson organizmiga joylashtirilgan shu xususiyatlarning
maromiga
еtilish jarayonidan iborat deb ta’kidlaydi. Ma’lumki, nasliy
xususiyatlar tug‘ma yo‘l bilan nasldan
-naslga tayyor holda beriladi, biroq
shunday bo‘lishiga qaramay bu oqim namoyandalari inson shaxsi va uning
barcha xu
susiyatlari «ichki qonunlar» asosida, ya’ni nasliy xususiyatlar
negizida maydonga keladigan narsa, biologik omillarga bog‘liqdir, deb
50
ta’kidlaydilar. Biogenetik ta’limotda inson qobiliyatlarining rivojlanish
darajasi taqdir tomonidan belgilanib qo‘yilganli
gini, bola imkoniyatlari va
qobiliyatlarini maxsus testlar yordamida aniqlab, undan so‘ng ta’lim
jarayonini uning irsiyat tomonidan belgilangan taraqqiyot darajasiga
moslashtirish, ularning asliy iste’dod darajalariga qarab turli mavqedagi
maktablarda tahs
il olishi zarur deb ta’kidlanadi.
Amerikalik psixolog E. Torndayk bolalarning «tabiiy kuchlari» va
«tug‘ma mayllar»ini psixik rivojlanishning
еtakchi omili qilib ko‘rsatib,
muhitning, ta’lim
-
tarbiyaning ta’siri ikkinchi darajalidir, deb aytadi.
Avstraliyalik psixolog K. Byuler bolalarning faqat aqliy taraqqiyotigina
emas, balki axloqiy rivojlanishi ham nasliy tomondan belgilangandir, deb
ta’kidlaydi.
Amerikalik
pedagog va psixolog D. Dyui, inson tabiatini o‘zgartirib
bo‘lmaydi, odam ehtiyojlari va psixik x
ususiyat
lari bilan tug‘iladi. Bu
ehtiyojlar va psixik xususiyatlar tarbiya jarayonida namoyon bo‘lib, ba’zida
o‘zgarishi tarbiyaning miqdorini belgilab beruvchi mezondir, deb hisoblaydi.
Inson shaxsining tarkib topishini o‘rganish davomida yuzaga kelgan
y
ana bir ta’limot
- sotsiogenetik konsepsiya - qobiliyatlarning taraqqiyotini
faqat tevarak-
atrofdagi muhitning ta’siri bilan tushuntiradi. K. Gelvetsiyning
ta’limotiga ko‘ra, barcha odamlar aqliy va axloqiy rivojlanishi uchun
tug‘ilishidanoq mutlaqo bir xil tabiiy imkoniyatga ega bo‘ladilar. Shuning
uchun odamlarning psixik xususiyatlaridagi farq faqatgina muhit va
tarbiyaning turlicha ta’sir qilishi bilan vujudga keladi, deb tushuntiriladi. Bu
nazariyani xorijiy mamlakatlardagi hozirgi turli namoyandalari psixikaning
rivojlanishida ijtimoiy muhitning g‘oyat darajada muh
im
roli borligini e’tirof
etadilar.
Inson shaxsining tarkib topishini o‘rganish davomida yuzaga kelgan
sotsiogenetik konsepsiya fanda eksperimentlarning rivojlanishi bilan
bog‘liqdir. Ma’lumk
i, XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshlarida
hammaning diqqat-
e’tibori mo‘jizakor tajribaga qaratilgan edi. Bu hodisa
inson shax
sining tarkib topishi masalasiga ham ta’sir qilmay qolmaydi.
Angliyalik olim Djon Lokk dunyoga kelgan yangi chaqaloq bolaning ruhini
top-
toza doskaga, taxtaga o‘xshatadi. Uning fikricha, bolaning top
-toza taxta
tarzidagi ruhiga nimalarni yozish mutlaqo katta odamlar ixtiyoridadir.
Shuning uchun bolaning qanday odam bo‘lib
еtishishi, ya’ni unda qanday
shaxsiy fazilatlarning tarkib topishi bola hayotdan oladigan tajribaga,
o‘zgalar bilan muloqot jarayonida oladigan hayotiy tushuncha va
tasavvurlariga bog‘liqdir, deb ta’kidlaydi.
Bu masalalarni tahlil etgan har ikkala yo‘nalishning namo yandalari, o‘z
manfaatlarining tashqi jihatdan bir-biriga qarama-
qarshi bo‘lishiga
qaramay, insonning psixik xususiyatlarini biologik va ijtimoiy omillar
51
ta’sirida avvaldan belgilangan va o‘zgarmas narsa, deb e’tirof etadilar.
Ma’lumki odam shaxs sifatida muntazam qandaydir faoliyatda tarkib
topib boradi, rivojlanadi, uning faolligi namo
yon bo‘ladi. Bolaning psixik
jihatdan taraqqiy etishida biologik (nasliy), ijtimoiy, uzoq vaqt davomida
beriladigan ta’lim
-
tarbiya va bolaning shaxsiy faolligi ta’siri muhim o‘rin
egallaydi.
Psixologiya fani
zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson
shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta’siriga bog‘liqligini
dalillar asosida izohlab beradi. Nasliy yo‘l bilan odamga to‘g‘ridan to‘g‘ri bir
qator tashqi alomatlar, tashqi xu
susiyatlar o‘tishi mumk
in. Masalan, bolalar
o‘z ota
-
onalarining tashqi jismoniy belgilarini, ya’ni bo‘y
-
bastini, ko‘zi va so
chining rangini, yuz tuzilishi va shu kabilarni nasliy yo‘l bilan meros qilib
oladi. Bolaning psixik taraqqiyotiga xos xususiyat
lar nasliy yo‘l bilan tug‘ma
ravishda to‘g‘ridan to‘gri berilmaydi. Lekin bundan nasliy xulusiyatlarning
psixik taraqqiyotga mutlaqo aloqasi yo‘q, degan ma’no kelib chiqmaydi.
Nasliy xususiyatlarning psixik taraqqiyotga taalluqliligi shundaki, ayrim
psixik jarayon yoki psixik xususiyatlarning anatomik-fiziologik nishonalari
naslga o‘tadi. Lekin psixik taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan ana shunday
anatomik-fiziologik nishonalar odamga imkoniyat tarzida beriladi. Har
qanday imkoniyat ham ro‘yobga chiqavermaydi. Ijtimoiy muhit va ta’li
m-
tarbiya tizimi noto‘g‘ri olib borilsa, imkoniyat tarzidagi layoqatlar
qobiliyatga aylanmay yo‘qolib ketishi mumkin.
Demak, odamga imkoniyat tarzida berilgan nasliy xususiyatlarning o‘zi
tegishli muhit bilan bog‘lanmasa, bola psixik taraqqiyotida deyarli
biron hal
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘la olmaydi.
Bola tug‘ilgan kunidan boshlaboq ijtimoiy muhitda, ya’ni odamlar
qurshovida yashay boshlaydi. Ijtimoiy muhit deganda biz dastavval oila
muhitini tushunamiz. Lekin «muhit» tushun
-
chasi ikki xil ma’noda
ishla
tiladi. Keng ma’nodagi «muhit» so‘zi odamning butun mamlakati, Vatani
bilan bog‘liq bo‘lgan hayot sharoiti bo‘lsa, tor ma’nodagi «muhit»da asosan
odamning oilaviy turmush sharoiti va oila tevarak-atrofidagi ijtimoiy hayot
tushuniladi.
Bolaning psixik jarayonlari (idroki, xotirasi, tafakkuri, xayoli va shu
kabilar) va shaxsiy sifatlari (qiziqishlari, qobiliyati, malaka va odatlari,
Xarakter
i va h.k.) tug‘ma ravishda belilmaydi. Odamning, shu jumladan,
bolaning barcha psixik jarayonlari va shaxsiy sifatlari konkret ijtimoiy
sharoitning ta’siri tufayli individual hayoti davo
mida yuzaga keladi. Bunda
eng muhim omil oiladir. Oila hayotining umumiy turmush tarzi bola
psixikasining taraqqiy etishiga ta’sir etmasdan qolmaydi.
Bola o‘z tabiatiga ko‘ra juda ham taqlidchan bo‘ladi. Taqlidchanlik bola
psixikasi taraqqiyotini belgilovchi omillardan biridir. Bola har doim o‘z
52
oilasidagi katta odamlar qurshovida yashar ekan, u hamisha ana shu o‘ziga
yaqin odamlarning xattiharakatlariga taqlid qiladi. Taqlid qilish orqali har xil
insoniy munosabatlar va fazilatlarni o‘ziga sekin
-asta singdirib boradi.
Tashqi muhitning, ya’ni oila muhitining bola psixikasiga ta’siri nutq (til)
taraqqiyotida juda yaqqol ko‘rinadi. Bola tug‘ilishidan boshlab qanday nutq
turi muhitida yashasa,
ana shu tilda gapiradigan bo‘ladi. Bola o‘sgan sari
muhit doirasi ham kengaya boradi. Ijtimoiy muhit (dastavval oila, hovli,
ko‘cha, mahalla)dan sekin
-asta kengaya borib, shahar, respublika va butun
mamlakat miqyosiga o‘tadi. Ana shunga mos ravishda ijtim
oiy muhitning
bolaga ta’siri manbalari ham borgan sari kengaya va ko‘paya boradi. Bola
oila doirasidan tashqariga chiqqanidan so‘ng unga o‘zgalar ham ta’sir eta
boshlaydi. Bola endi faqat o‘z oilasidagi katta odamlarning xulq
-atvori va
xattiharakatlarigagi
na emas, balki yaqin atrofidagi boshqa odamlarning, o‘z
tengqurlarining xulq-atvorlari va xatti-harakatlariga ham taqlid qila
boshlaydi. Ana shu tariqa ijtimoiy muhit bolaning psixikasiga bo‘lgan
ta’sirini kengaytira boradi.
Shunday qilib, ijtimoiy muhit bolalar psixikasining taraqqiyotiga faol
ta’sir etadigan eng muhim omillardan biri bo‘lib, uning o‘zgarishi bola
psixikasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |