Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 D.B.EL ’ KONINNING TA’LIM NAZARIYASI VA



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

3.3. D.B.EL

KONINNING TA’LIM NAZARIYASI VA
PSIXIK TARAQQIYOT
QONUNIYATLARI
 
3.3.1. D.B.El

koninning ta’lim nazariyasida 
 psixik taraqqiyot
qonuniyatlari
 
D.B.El’koninning tasnifi 
еtakchi faoliyat (A.N.Leont’ev) nazariyasiga, 
har qaysi rivojlanish pallasida faoliyatning biror ustunlik qilishi 
mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol 
topishidagi roli nazariyaning negizini tashkil qiladi. 
D.B.El’konin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim 
topadi: 
1) go’daklik davri 

tug’ilgandan 1 yoshgacha: asosiy faoliyat 
-bevosita 
emotsional muloqot; 
2) ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha: asosiy faoliyat - jism bilan 
nozik harakatlar qilish; 
3) maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha: asosiy faoliyat - rolli 
o’yinlar;
4) kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha: asosiy 
faoliyat - 
o’qish;
5) kichik 
o’smirlik davri
- 10 yoshdan 15 yoshgacha: asosiy faoliyat 
- shaxsning intim muloqoti; 
6) katta o’smirlik yoki ilk o’spirinlik davri
- 16 yoshdan 17 
yoshgacha: asosiy faoliyat - 
o’qish, kasb tanlash. D.B.El'konin tasnifini,
ko’pchilik psixologl
ar madullashiga qaramay, unda ayrim munozarali
jihatlar ham bor. Umuman esa D.B.El'koninning mazkur nazariyasi
psixologiya fanida, ayniqsa ontogenez psixologiyasida muhim o’rin 
tutadi.
12
 
3.3.2. Bola psixik taraqqiyoti haqida tushuncha va psixik 
taraqqiyotini yuzaga keltiruvchi qarama-qarshiliklar
Bola psixikasining taraqqiyoti haqida gapirishdan oldin taraqqiyotning 
tub mohiyatini tushunib olish kerak. Rivojlanish haqida fikr yuritilganda 
odatda «o‘sish» va «taraqqiy etish» so‘zlaridan foydalaniladi. Masalan, 
bolaning jismoniy jihatdan o‘sishi va p
sixik jihatdan taraqqiy etishi degan 
tushunchalar qo‘llaniladi. O‘sish bilan taraqqiyot tushunchalari aynan bir 
ma’noni anglatuvchi tushunchalar emas. O‘sish deganda miqdoriy jihatdan 
12
G’oziyev E. Ontogenez psixologiyasi. Toshkent. Noshir. 2010.-45 bet. 


47 
ortish, ulg‘ayish tushuniladi. Taraqqiyot deganda esa, faqat miqdoriy 
ji
hatdangina emas, balki sifat jihatidan ham o‘zgarish tushuniladi. Shuning 
uchun o‘sish jarayoniga qaraganda taraqqiyot jarayoni ancha murakkab 
jarayondir. Taraqqiyot oddiy miqdoriy ortishdan tashqari bir shakldan 
ikkinchi shaklga o‘tish bilan ham bog‘liqdi
r. Ana shuning uchun 
taraqqiyotning tub mohiyatidan yaxshi xabardor bo‘lish kerak, aks holda bu 
murakkab jarayonni tushunish qiyin bo‘ladi.
Bolaning psixik taraqqiyoti qarama-qarshiliklar kurashi asosida yuz 
beradi. Bu o‘rinda qanday qarama
-qarshiliklar bolaning psixik jihatdan 
taraqqiy etishiga sabab bo‘ladi, degan savol tug‘iladi. Bolaning psixik 
taraqqiyotini yuzaga keltiruvchi qarama-qarshiliklar asosan quyidagilardan 
iborat: 
1. Bolaning shu choqqacha erishgan imkoniyatlari darajasi bilan yangi 
ehtiyojl
ari o‘rtasida tug‘iladigan qarama
-
qarshilik. Ya’ni, bolaning ehtiyojlari 
tez ortib boradi, lekin bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari juda sekin 
yuzaga keladi. Natijada bolaning xilma-xil ehtiyojlari bilan tor imkoniyatlari 
o‘rtasida jiddiy ziddiyat yu
zaga keladi. Bola ana shu ziddiyatni, ana shu 
qarama-qarshilikni hal etish jarayonida psixik jihatdan taraqqiy etadi. 
Masalan, ilk yoshdagi bolaning tili endi chiqayotgan bo‘ladi. Uning so‘z 
zaxirasi deyarli bo‘lmaydi. Bundan tashqari ular so‘zlarni to‘g‘
ri talaffuz eta 
olmaydilar. Shu sababli bu yoshdagi bolalarning tilini hamma ham bemalol 
tushuna ol
maydi. Lekin bolaning mustaqil yura olishi, o‘zgalarning nutqiga 
tushunishi unda boshqalar bilan faol munosabatda bo‘lish ehtiyojini yuzaga 
keltiradi. Biroq
, bolaning hozirgi taraqqiyot darajasi, imkoniyatlari, ya’ni so‘z 
zaxirasining nihoyatda ozligi, talaffuzda qiynalishi atrofdagilar bilan faolroq 
munosabatda bo‘lish ehtiyojini qondira olmaydi. Bolaning faol munosabatga 
intilishi bilan imkoniyati yo‘qligi o‘rtasidagi qarama
-qarshilik nutqni tez 
o‘zlashtirish jarayonida hal etiladi. Buning natijasi
da bola psixik jihatdan 
ma’lum taraqqiyotga erishadi. Bolaning imkoniyatlari ana shu tariqa oshib 
borgan sari ehtiyojlari yanada ko‘payib boraveradi.
2.Bolaning eski xulq-atvor formalari bilan yangi xatti harakatlari, yangi 
tashabbuslari o‘rtasidagi qarama
-qarshilik. Masalan, bolaning kichik 
davridagi asosiy faoliyati kattalarga taqlid qilishdan iborat bo‘ladi. Taqlidiy 
harakatlarda mustaqillik, tashabbuskorlik de
yarli bo‘lmaydi. Bola o‘sib 
ulg‘aygan sari uning o‘z shaxsiy tajribasi, mustaqilligi, tashabbusi ortib 
boradi. Bola mustaqil harakatda, ya’ni har bir narsani o‘zi bilganicha qilishga 
(tashabbus ko‘rsatishga) intila boshlaydi. Bunda bolaning ko‘pdan beri 
o‘
rganib qolgan taqlidiy (bir qolipdagi) harakatlari bilan mustaqil va 
tashabbuskorona harakatlari o‘rtasida qarama
-qarshilik yuzaga keladi. Bu 
qarama-
qarshilikni hal qilish jarayonida, ya’ni odatlanib qolgan taqlidiy 
harakatlarini 
е
ngib, mustaqil harakat fo
rmalariga o‘tish ja
rayonida bola 


48 
psixik jihatdan taraqqiy etadi. 
Quruq taqlid bilan bog‘liq bo‘lmagan mustaqil va er
kin harakatlar 
bolalarga bir qator yangi malaka va odatlarni o‘zlashtirish hamda o‘z shaxsiy 
hayot tajribalarini kengaytirish imkonini beradi. Bolalar mustaqil tashabbus 
ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarida ilgari o‘zlashtirgan turli 
bilimlarini yangi sharoitlarga tatbiq qilishga o‘rganadilar.
3.Bola hayotining mazmuni bilan uning shakli (muhiti) o‘rtasida 
maydonga keladigan qarama-qarshilik. Odatda hayotning mazmuni uning 
shaklidan biroz oldinda boradi. Masalan, bola maktabgacha ta’lim 
muassasasiga qatnay boshlashidan oldin oiladagi hayot sharoitiga 
odatlangan bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga kelganidan ke
yin esa 
u o‘zi uchun tamo mila yangicha bo‘lgan guruh hayotining talab va 
qoidalariga duch keladi. Bolalar guruhiga yangi kelgan bola darhol bu 
hayotga ko‘nika olmaydi. Bolaning oiladagi xulq
-
atvori, tuyg‘u va hissiyotlari 
maktabgacha ta’lim muassasasidagi
guruh hayotiga to‘g‘ri kelmaydi. 
Natijada bolaning oiladagi hayot mazmuni bilan maktabgacha ta’lim 
muassasasidagi yangicha hayot maz
muni o‘rtasida qarama
-qarshilik yuzaga 
keladi. Bola yangi
cha hayot mazmunini o‘zlashtirish jarayonida bu qarama
-
qarshilikni 
е
ngib, psixik jihatdan yanada taraqqiy etadi va uning shaxsiy 
tajribasi ortadi. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin