Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

3.3.3. Psixik taraqqiyot qonuniyatlari 
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, bolaning psixik taraqqiyoti 
juda murakkab jarayondir. Bolaning psixik taraqqiyoti qanday 
shakllanishidan qat’i nazar, u muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Bu 
qonuniyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari hayot sharoitiga, faoliyatiga va 
tarbiyaga bog‘liqdir.
Psixik taraqqiyot qonuniyatlariga: 
-
notekislik qonuni; 
-
psixika integratsiyasi qonuni; 
-
plastiklik va kompensatsiya qonuni kiradi. 
1.
Psixik rivojlanishning notekisligi shundan iboratki, har qanday 
sharoitda, hatto ta’lim tarbiyaning eng qulay sharoitlarida ham shaxsning 
turli psixik belgilari, psixik funksiyalari va psixik xususiyatlari 
rivojlanishining bitta darajasida to‘xtab turmaydi. Bolalarga bir xil tarbiya 
berilsa ham bolalar uni turlicha qabul qiladilar. Chunki, ularning o‘ziga xos 
individual xususiyatlari mavjud, nerv tizimining xususiyatlari, tiplari 
turlicha, yashash 
sharoiti, tarbiyaviy ta’sirlari turlicha bo‘lgani uchun ham 
psixik taraqqiyot tezlashib yoki sekinlashib, ba’zan to‘xtab yoki tutilib qolishi 
mumkin. Shu sababli psixik taraqqiyot notekis rivojlanishi mumkin deb 


49 
e’tirof etiladi.
2.
Integratsiya qonuni inson 
psixikasini o‘z taraqqiyoti davomida 
tobora ko‘proq yaxlitlik, birlik, mustaqillik va doimiylik xususiyatlarini kasb 
eta borishidir. Bunda yoshlikda hosil bo‘lgan psixik xususiyatlar taraqqiyot 
davomida bora-bora kishining asosiy xususiyatiga yoki Xarakter xislatiga 
aylanadi va bu xislat shu kishining hayotida yaqqol ko‘zga tashlanadigan 
bo‘lib qoladi. Bu qonunga binoan psixik rivojlanish psixik ho latlarning asta
-
sekin o‘sib, shaxs xislatlariga aylanishidan iborat bo‘lgan qonundir.
3.
Plastiklik va kompensatsiya imkoniyati qonuni. Bu qonun asab 
tizimining plastiklik xususiyati bilan bog‘liqdir. Yosh bo
la ijtimoiy 
munosabatlarga kirishar ekan u albatta ularni o‘ziga o‘zlashtiradi, taqlid 
qiladi. Natijada u aqliy 
tomondan shakllanadi. Ta’lim
-tarbiya sharoitida 
bolani, 
maktab 
o‘quvchisining 
psixikasini 
maqsadga 
muvofiq 
o‘zlashtirishning boy imkoniyati asab tizimining ana shu plastikligiga 
asoslanadi. Plastiklik 
kompensatsiya (to‘ldiruvchanlik, tovon, badal) uchun 
ha
m yo‘l ochib beradi. Ba’zi psixik funksiyaning rivojlanishi zaif yoki 
nuqsonli bo‘lsa, uning faoliyatini zo‘r uyushganligi va aniqligi bilan 
kompensatsiya qilish mumkin; ko‘rishdagi nuqsonlar qisman, eshitish 
analizatorining o‘tkir darajada rivojlanishi bi
lan kompensatsiya qilinadi. 
Tarbiyachi va o‘qituvchilar bolaga ta’lim
-tarbiya berish jarayonida psixik 
taraqqiyotning qonunlariga amal qilishlari va bolaning taraqqiyot 
xususiyatlarini bilishlari maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin