Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча


A.S. Makarenko 
B.
 
P.F. Lesgaft 
C. N.I. Krasnogorskiy 
D. 
D.B.El’konin
 
 
 


136 
 
 
IX-BOB. 
O’YIN
-MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDA YETAKCHI 
FAOLIYAT SIFATIDA 
 
Bobning qisqacha mazmuni: 
1.
 
O’yin faoliyati nazariyalari
 
2. Bolalarning psixik o’sishida o’yinning ahamiyati
 
3. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda o’yin faoliyatining
xususiyatlari 
4. Bolalarning 
psixik rivojlanishiga o‘yinchoqla
rning 
ta’siri
 
5. 
Bolani jinsiy identifikatsiyasida kattalarning tutgan o‘rni va o’yinda 
rol tanlash 
6. 
O‘yinchoq tanlash va jinsiy tarbiya
 
 
9.1. 
BOLALARNING PSIXIK RIVOJLANISHIDA O’YIN 
FAOLIYATINING 
AHAMIYATI
 
9.1.1. O’yin faoliyati nazariyalari
 
O‘yinning bolalar psixik taraqqiyotidagi g‘oyat katta ahamiyatini 
nazarda tutib, mashhur pedagoglar va mutafakkir yozuvchilar o‘zlarining bu 
masalaga doir qimmatbaho fikrlarini yozib qoldirganlar. A.S. Makarenkoning 
fikricha, bola
larning o‘yin faoliyatlari ularni jismoniy va psixik jihatdan 
garmonik ravishda rivojlanishlari uchun birdan-bir vositadir. Katta odamlar 
uchun mehnat faoliyati qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, bolalar uchun o‘yin 
shunchali
k ahamiyatga ega. «Yaxshi o‘yin faoliyali, 
- deydi A.S. Makarenko, - 
yaxshi bajarilayotgan mehnatga o‘xshaydi. Mana shuning uchun bolalar o‘yin 
faoliyatida o‘zlarini qanday namoyon etsalar, katta bo‘lganlaridan so‘ng 
mehnat faoliyatlarida ham ko‘p jihatdan o‘zlarini shunday namoyon 
etadilar». A.S. Makarenkoning bu fikri bolalarning o‘yin faoliyatlari orqali 
ularda yuksak insoniy sifatlarni tarbiyalash imkoniyati naqadar katta 
ekanligiga ahamiyat bilan qarashni taqozo etadi. 
Chet el psixologlaridan J. Piaj
e va Koffkaning fikricha, bolalar go‘yoki 
bir-
biridan ajratilgan ikki xil dunyoda, ya’ni xayollar, afsonalar dunyosida va 
(real) voqeiy dunyoda yashaydilar. 
Bolalar o‘zlarining faoliyatlarida 
qanchalik xayolga berilib ketmasinlar, har doim voqeiy dunyoga, undagi real 
narsalarga nazar tashlab turadilar. Buning haqiqatdan ham shunday 
ekanligini ularning
 
o‘yin jarayonida o‘z xatti
-
harakatlariga «bunday bo‘ladi», 
«bunday bo‘lmaydi» deb baho berib turishlaridan ko‘rish mumkin. Ular 
qanchalik o‘yinga 
berilmasinlar, voqeiy dunyoni hech qachon unutmaydilar 
va unga go‘yoki andaza tariqasida zimdan qarab turadilar.
 


137 
Psixolog A.N. Leon
’tevning fikricha, bolalarning o‘yin faoliyatlarida real 
voqelikdan chetga chiqib ketish darajasidagi afsonaviylik yo‘q. Bola
lar 
o‘yinlaridagi turli
-tuman harakatlar va narsalar voqelikda haqiqatdan bor 
bo‘lgan real harakat hamda real narsalarning real obrazlaridir. Bola o‘zi 
yashab turgan real voqelik bilan bog‘liq bo‘lmagan xayoliy, afsonaviy o‘yinlar 
yaratishning hali uddasid
an chiqa olmaydi. Chunki bola hali o‘zi bilmagan, 
ko‘rmagan, eshitmagan narsalarini o‘z o‘yin faoliyatida aks ettira olmaydi. U 
yoki bu o‘yinni o‘ynash uchun bolalar albatta elementar ravishda bo‘lsa ham 
hayotiy hodisalar hamda mehnatning bir qancha turlari bilan tanish 
bo‘lishlari kerak. Demak, bolaning hayoti qanchalik mazmundor va yashash 
doirasi qanchalik keng bo‘lsa, uning o‘yinlari ham shunchalik xilma
-xil 
bo‘ladi. Natijada bola zerikib, toli qib qolmaydi. Bolalar hayotini mazmundor 
qilish ko‘p jihatd
an tarbiyachilar hamda ota-
onalarga bog‘liq. Ota
-onalar va 
tarbiyachilar bolalarni vaqti-vaqti bilan sayohatga olib chiqib turishlari 
maqsadga muvofiqdir.
28
 
O’yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan 
N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o’yin o’z
-
o’zidan vujudga kelmaydi, 
buning uchun kamida uchta sharoit mavjud bo’lishi kerak: 
a) bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to’g’risidagi xilma
-xil 
taassurotlar tarkib topishi;
b) har xil ko’rinishdagi o’yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir 
vositalarining muhayyoligi;
v) bolaning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi. 
Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko’rsatish uslubi hal qiluvchi ro’l 
o’ynaydi. 
Psixologiyada qabul qilingandek, rolli o’yin faoliyati syujet va 
mazmunda
n tashkil topadi. Odatda syujet deganda, o’yin faoliyatida 
bolalar aks ettiradigan voqelikning doirasi tushuniladi. O’yin syujeti turli 
davrga, sinfiy xususiyatga, oilaviy turmush tarziga, geografik va ishlab 
chiqarish sharoitlariga bog’liq holda yaratilad
i. Bola munosabatga 
kirishadigan voqelik doirasi qanchalik tor, cheklangan bo’lsa, o’yinning 
syujeti shunchalik xira va bir xil ekanligini aks ettiradi.
O’yinlarning syujeti xilma
-xilligiga qaramay, ularni maxsus 
guruhlarga biriktirish imkoniyati mavjuddir. Masalan, yirik psixolog 
Ye.A.Arkin o’yinlarning quyidagi tasnifini tavsiya qiladi: 
1) ishlab chiqarishga (texnikaga): sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, 
kasb-
hunarga oid o’yinlar; 
2) maishiy-
ro’zg’or va ijtimoiy
-
siyosiy: bog’cha, maktab, kundalik 
turmushga oid o’yinlar; 
28
Jalilova S.X, Aripova S.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi .Toshkent. “Faylasuflar” nashiriyoti, 2017 
yil.- 299-301betlar. 


138 
3) harbiy: urush-
urush o’yinlari; 
4) dramalashtirilgan: kino, s
pektakl’ va boshqalarga oid o’yinlar.
D.B.El’koninning tasnifi ma’quldir. U maktabgacha yoshdagi bolalarga 
xos rolli o’yinlarni syujetiga ko’ra uchta guruhga ajratishni tavsiya qiladi: 
1) maishiy mavzu syujetiga oid o’yinlar; 
2) ishlab chiqarish syujetig
a taalluqli o’yinlar; 
3) ijtimoiy-
siyosiy syujetli o’yinlar. 
Muallif ayrim o’yin turlari maktabgacha yoshdagi bolalarning barcha 
bo’g’inlariga mosligini, syujetlar maishiydan ishlab chiqarishga qarab va 
undan ijtimoiy-siyosiy voqealarni aks ettirishga qarab rivojlanishini 
alohida uqtiradi. Uning fikricha, o’yin syujetidagi bunday izchillik bolaning 
bilim saviyasi, turmush tajribasi kengayishi uning katta yoshdagi odamlar 
turmushiga chuqurroq kirib borishi bilan bog’liqdir. Darhaqiqat, o’yin 
syujetining o’
sishi turmushning tobora yangi qirralarini aks ettirish bilan 
cheklanib qolmay, muayyan syujetning o’ziga xos boshqa ko’rinishlari bilan 
boyishi sababli ham amalga oshadi.
Bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish jarayonini to’g’ri tashkil qilish 
orqali o’yin syujetlarining ko’lamini rejali kengaytirish mumkin. Ontogenez 
psixologiyasi fanida qat’iy ifodalanganidek, bola bog’chaga kelganda uning 
o’yin syujeti faqat oilaviy turmushdagi voqealarni aks ettirsa, sayrlarga olib 
borish, tabiatni kuzatish natijasida 
o’yinning turlari ko’payib boradi: 
bog’cha, hayvonot bog’i, oshxona, poyezd, paroxod, sartarosh, sotuvchi kabi 
o’yinlar qo’shiladi. Bolaning yoshi ulg’aya borishi bilan o’yinning muddati 
ham uzayib boradi.
D.B.El’konin o’z tadqiqotida rolli o’yinning syu
jeti bilan bir qatorda 
uning mazmuni ham mavjud ekanligini yozadi. Uning fikricha, o’yinda bola 
kattalar faoliyatining asosiy jihati (tomoni)ni aniqroq aks ettirish o’yinning 
mazmunini tashkil qiladi.
A.P.Usovaning tadqiqotida ta’kidlanishicha, rolli o’yi
n ishtirokchila-
rining safi yosh ulg’ayishiga qarab, jinsiy tafovutlarga binoan kengayib 
boradi:
1) uch yoshli bolalar 2-3 tadan guruhga birlashib 3-5 daqiqa birga 
o’ynay oladilar; 
2) 4-5 yoshlilar guruhi 2-
5 ishtirokchidan iborat bo’lib, ularning 
hamkorlikdagi faoliyati 40-
50 daqiqa davom etadi, o’yin davomida 
qatnashchilar soni ortib ham boradi;
3) 6-
7 yoshli bolalarda rolli o’yinni guruh yoki jamoa bo’lib birga 
o’ynash istagi vujudga keladi, natijada avval rollar taqsimlanadi, o’yinning 


139 
qoidalari va shartlari tushuntiriladi (o’yin davomida bolalar bir
-birlarining 
harakatini qattiq nazorat qiladalar).
29
Ma’lumki, bolaning yoshi ulg‘ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati 
oshgan sari, uning atrofidagi narsa va hodisalar bo‘yicha dunyoqarashi 
kengayib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning 
е
takchi faoliyati 
o‘yindir. Bu yoshdagi bolalarning o‘yinlarin
i uchga bo'lish mumkin: 
1) predmetli o‘yinlar (15
-
20 minut o‘ynaladi);
2) sujetli-
rolli o‘yinlar (30
-
60 minut o‘ynaladi);
3) qoidali o‘yinlar (1 soatdan 2 kungacha davom etishi mumkin).
Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari masalasi asrlar 
davom
ida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Bog‘cha 
yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a 
qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks 
ettirishga intiladilar. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin