Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
9.1.2. 
Bolalarning psixik o’sishida o’yinning ahamiyati
Bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida ular bilan bevosita 
amaliy munosabatda bo‘lishga intiladi. Bu o‘rinda shu narsa 
Xarakterliki, 
bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o‘zining xaddi sig‘ad
igan narsalari 
bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo‘lgan, o‘zining kuchi ham
еtmaydigan, xaddi sig‘maydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda 
bo‘lishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani yoki tramvayni o‘zi 
haydagisi, haqiqiy otga minib yurgisi, uchuvchi bo'lib, samolyotda uchgisi va 
rotakam militsioner bo‘lgisi keladi. 
Tabiiyki, bola o‘zidagi bunday ehtiyojlarning birontasini ham haqiqiy 
yo‘l bilan qondira olmaydi. Bu o‘rinda savol tug’lladi. Bolalarning tobora 
ortib borayotgan turli ehti
yojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o‘rtasidagi 
qarama-
qarshilik qanday yo‘l bilan hal qilinadi? Bu qarama
-qarshilik 
faqatgina birgina faoliyat orqali, ya’ni, bolaning o‘yin faoliyati orqaligina hal 
qilinishi mumkin. Buni quyidagicha izohlab berish mumkin: birinchidan, 
bolalarning o‘yin faoliyati qandaydir moddiy mashg‘ulot ishlab chiqarishga 
qaratilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni o‘yinga undovchi sabab 
(motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas, balki shu o‘yin jarayonidagi turli 
harakatlar
ning mazmuniga bogliqdir ikkinchidan, bolalar o‘yin jarayonida 
o‘z ixtiyorlaridagi narsalarni, o‘zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina 
mansub bo‘lgan narsalarga aylantirib, xohlaganlaricha erkin faoliyatda 
boladilar. Bolalarning o'yin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jihatdan 
garmonik ravishda rivojlanishi uchun birdan-bir vositadir. 
29
G’oziyev E. Ontogenez psixologiyasi. Toshkent. Noshir. 2010.
-125-126 betlar. 


140 
O
‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda kattalarga 
mansub bolgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qilish, xomxayol 
surish, dam olish 
va xushchaqchaqlik jarayonlarining barchasi o‘yin 
faoliyatida aniq boladi. Shuni ham ta’kidlab olish kerakki, o‘yin faqat tashqi 
muhitdagi narsa hodisalarni bilish vositasigina emas, balki qudratli tarbiya 
vositasi hamdir. Ijodiy va sujetli o‘yinlarda bol
alarning barcha psixik 
jarayonlari bilan birgalikda ularning individual xususiyatlari ham 
shakllanadi. Demak, bog‘chadagi ta’lim
-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati 
ko‘p jihatdan bolalarning o‘yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila 
bi
lishga bog’liqdir. Shunday qilib, o‘yin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan 
narsa emas, aksincha, bolalar xayolining o‘zi, o‘yin da
vomida yuzaga kelib, 
rivojlanadigan psixik jarayondir. Shuni ham ta’kidlash joizki, fan
-texnika 
mislsiz rivojlanayotgan hozirgi davrda hayratda qoldiradigan narsalar 
bolalarga go‘yo, bir mo‘jizadek ko'rinadi. Natijada ular ham o'zlarining turli 
o‘yinlari jarayonida o'xshatma qilib (ya’ni, analogik tarzda), har xil xayoliy 
narsalarni o'ylab topadilar (uchar ot, odam mashina, gapiradigan daraxt 
kabilar). Bundan tashqari, bolalarning turli xayoliy narsalarni o'ylab 
chiqarishlari yana shuni anglatadiki, ular o‘zlarining har turli o‘yin 
faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chog‘da 
ehtiyojlarini ham aks ettiradilar. 
Bolalarning o‘yin faoliyatlarida turli xayoliy va afsonaviy obrazlarni 
yaratishlari odamning (shu jumladan, bolalarning ham) tashqi muhitdagi 
narsa va hodisalarni aks ettirish passiv jarayoni emas, balki faol, ijodiy 
yaratuvchanlik jarayoni ekanligidan dalolat beradi. 
Bolalar o‘yin faoliyatining yana bir xususiyati bu o‘yin jara
yonida 
bolaning qiladigan xatti-
harakatlari va bajaradigan rollarining ko‘pincha 
umumiylik Xarakter
iga ega bo‘lishidir. Buni shun
day tushunish kerakki, 
bola o‘zining turli
-tuman o
‘yinlarida faqat o‘ziga tanish bo‘lgan yolg‘iz bir 
havdovchining, vrachning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining 
xatti-harakatlarinigina 
emas, 
balki 
umuman 
haydovchilarning, 
vrachlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini 
aks ettiradi. 
Bu yoshdagi bolalar o‘z vaqtining ko‘p qismini o‘yin bilan o‘tkazadi, 
ayniqsa 3 yoshdan 6-
7 yoshgacha o‘yinlar ahamiyatli taraqqiyot yo‘lini 
bosib o‘tadi: predmetli
-
boshqaruv va ramziy o‘yinlardan tortib, to qoidali 
sujetli-
rolli o‘yinlargacha. Bu yosh davrida barcha o‘yin turlarini ko‘rish 
mumkin. 
Bu yosh davri davomida bolalarning quyidagi asosiy faoliyat turlari 
izchillikda takomillashib boradi: predmetlar bilan boshqa
rish o‘yini, 
konstruktiv tipdagi individual pr
edmetli o‘yin, jamoaviy sujetli
-rolli 
o‘yinlar, individual va guruhiy ijod, o‘yin
-musobaqa, o'yin, muloqot, uy 


141 
mehnati. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar asosan predmetlar, turli xil 
o‘yinchoqlar bilan yolg‘iz o‘zlari o‘ynaydilar. 
O‘zlarining predmetli va konstruktorli o‘yinlarida idrok, xotira, 
tasavvur, tafakkur jarayonlarini, shuningdek, o‘z harakat qobiliyatlarini 
takomillashtirib boradilar. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari 
doirasi cheklangan kichik yoshda
gi bolalar (ba’zan kichik guruh 
bolalari 
ham) o'zlarining o‘yinlarida konkret odamlarni va ularning harakatlarini 
aks ettiradilar, xolos. Masalan, (oyisini, dadasini, akasini, tarbiyachisini va 
shu kabilarni).
O
‘rta yoki katta bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlarida esa bunday 
obrazlar umumiylik Xarakter
iga ega bo‘la bosh
laydi. Sekin-
asta o‘rta 
maktabgacha davrga borib o‘yin jamoaviy bo‘lib boradi va unga ko‘proq 
bolalar qo‘shila boshlaydi. Bolalar
ning individual xususiyatlarini, ularning 
jamoa o‘yinlari davomida kuzatish qulaydir. 
O
‘z o‘yinlarida bolalar 
kattalarning predmetlarga munosabatinigina emas, balki ko‘proq ularning 
o‘zaro munosabatlarini ham aks ettiradilar va ularga taqlid qiladilar. 
Shuningdek, jamoa o‘yinlarida bolalar bir guruh odamlarning murakkab 
hayotiy faoliyatlarin
i aks ettiradilar. Masalan, «poyezd» o‘yinini olaylik. 
Bunda mashinist, parovozga ko‘mir yoquvchi, provodniklar, kontrolyor, 
kassir, stansiya xodimlari va yo‘lovchilar boladi. Bolalarning mana shu kabi 
jamoa 
o‘yinlari
 
artistlarning faoliyatiga o‘xshaydi. Chunki, jamoa o‘yinidagi 
har bir bola o‘z rolini yaxshi ado etishga intilishi bilan birga, o‘yinning 
umumiy mazmunidan ham chetga chiqib ketmaslikka tirishadi. Bu esa, har 
bir boladan o‘zining butun qobiliyatini ishga solishni talab etadi. 
Ma’lum rollarga bo‘lingan jamoa o‘yini, bolalardan qat’iy qoidalarga 
bo‘ysunishini va ayrim vazifalarni talab doirasida bajarishni taqozo etadi. 
Shuning uchun bolalarning bunday jamoa o‘yinlari psixologik jihatdan katta 
ahamiyatga ega. Chunki, bunday o‘yinlar bolalarda ir
odaviylik, 
xushmuomalalik, o‘yin qoidalariga, tartib
-
intizomga bo‘ysungan va shu kabi 
boshqa ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi. 
Eng asosiysi bu o‘yinlarda kattalarning predmetli dunyoga nisba
tan 
xulq-atvori takrorlanmaydi, odamlar orasidagi munosabatlarga, xususan 

rollariga imitatsiya (taqlid) qilinadi. Bolalar ushbu munosabatlar asosida 
quriladigan rollami va qoidalami ajratadilar, 
o‘yin
da unga amal qilinishini 
qattiq nazorat qiladilar va o‘zlari ham ular
ga rioya qilishga harakat qiladilar. 
Bolalarning sujetli-
rolli o‘yinlari turli mavzularda bolib, bolalar ular bilan 
hayotiy tajribasiga mu
vofiq yaxshi tanishdir. Bolalar tarafidan o‘yinda qayta 
ijro etiladigan rollar - 
oilaviy (ona, ota, buvi, buva, o‘g‘il, qiz va h.k.) yoki 
ta
rbiyaviy (enaga, bog‘chadagi tarbiyachi) yoki ertak qahramonlari (bo‘ri, 
ayiq, tulki, quyon, echki) yoki kasbiy (shifokor, komandir, uchuvchi). 
Rollami ijro etuvchilar kattalar yoki bolalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi 


142 
o‘yinchoqlar, qo‘g‘irchoqlar bo‘lishi
mumkin. 
Ushbu yosh davri taraqqiyot uchun zarur bo‘lgan ikkita faoli
yat 
turining boshlanishi bilan bog’langan: mehnat va o‘qish. Bu yoshdagi 
bolalarning o‘yin, mehnat va o‘qishni o‘zlashtirishlarini ketma
-ketligi 
bosqichini aniqlash mumkin, bunda maktabgacha yosh davri tahlil 
maqsadida shartli ravishda 3 ta davrga bolinadi: kichik maktabgacha yosh 
davri (3-
4 yosh), o‘rta maktabga
cha yosh davri (4-5 yosh) va katta 
maktabgacha yosh davri (5-6 yosh). Ushbu bolish yosh davrlari 
psixologiyasida bolalarning psixologiyasi va xulq-atvoridagi jadal va sifatiy 
o‘zgarishlarni qayd etish uchun o‘tkaziladi.
Kichik maktabgacha yoshdagilar hali, qoidaga muvofiq, yolg’iz 
o'ynaydilar. O
‘zlarining predmetli va konstruktorli o‘yinlarida idrok, xotira, 
tasavvur, tafakkur va harakat qobiliyatlarini takomillashtirib boradilar. 
Ushbu yoshdagi bolalar sujetli-
rolli o‘yinlarida odatda kundalik hayotlarida 
kuzatadigan kattalarning harakatlarini qayta namoyon etadilar. 
O
‘rta va katta maktabgacha yosh davrida sujetli
-
rolli o‘yinlar 
r
ivojlanadi, biroq kichik maktabgacha yosh davridan o‘yinlarga kiritiladigan 
va amalga oshiriladigan mavzulari, rollari, o‘yin harakatlarining qoidalari 
bilan katta turli-tumanligi bilan farqlanadi. Tabiiy Xarakter
dagi ko‘pgina 
predmetlar shartlilariga alma
shtiriladi va ramzli o‘yin boshlanadi. Masalan, 
oddiy kubik o‘yindan va unga ajratilgan roldan qat’i nazar ramziy ma’noda 
mebellar va mashinalarni, odamlar va hayvonlarni namoyish etadi. 
O
‘yinlarda asosiy rol qoidalarga rioya qilishga va munosabatlarga, 
masalan, subordinatsiyaga ajratiladi. Bunda birinchi marotaba liderlik 
paydo boladi, bolalarda tashkilotchilik ko‘nikma va malakalari rivojlanadi.
Shu bilan bir qatorda o‘yinli individual faoliyatning ramziy 
shakllaridan yana biri rasm chizishdir. Unga sekin-
asta ko‘proq
tasavvur, 
xayol va tafakkur qo‘shilib boradi. Bola ko‘rganlarini tasvirlashdan vaqti 
bilan bilganlarini, xotirasidagi va o‘zi o‘ylab topganlarini chiza boshlaydi. 
O
‘yin
-
musobaqalar alohida sinfga ajratiladi, unda yutuq va g‘oliblik 
bolalarni 
juda jalb qiladi. Taxmin qilinishicha, aynan shunday o‘yinlarda 
muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi shakllanadi va mustahkamlanadi. 
Katta maktabgacha yosh davrida konstruktorlik o‘yini mehnat 
faoliyatiga aylana boshlaydi, o‘yin jarayonida bola turmushda 
zarur bolgan 
nimanidir yasaydi, yaratadi, quradi. Bolalar bunday o‘yinlarda oddiy 
mehnat ko‘nikma va malakalarini egallaydilar, ularda amaliy tafakkur faol 
rivojlanadi. Bola o‘yinda ko‘plab uy

ro‘zg‘or asboblari va predmetlaridan 
foydalanishni o‘rganadi. 
Un
da o‘z xatti
-harakatlarini rejalashtirish 
qobiliyati paydo boladi va rivojlanadi, ko‘p harakatlari va aqliy 
operatsiyalari, tasavvur va xayoli takomillashadi. 
Bu yosh davridagi bolalar ijodiy faoliyatdan tasviriy san’at ayniqsa, 


143 
rasm chizishni yaxshi ko
‘radilar. Bolaning nimani va qanday ifodalashiga 
qarab, uning atrof olamdagi voqelikni qanday idrok qilishi, xotirasi, xayoli 
va tafakkurining o‘ziga xosligi haqida mushohaza qilish mumkin. Rasmlar 
orqali bolalar tashqi olamdan olayotgan taassurotlari va bilimlarini 
е
tkazishga harakat qiladilar. Rasmlar bolaning jismoniy va psixologik 
holatiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin (kasallik, kayfiyat). Aniqlanishicha, kasal 
bolalar chizgan rasmlar sog‘ lomlarnikidan ko‘pgina jihatlari bilan farq 
qiladi. 
Maktabgacha yosh davri badiiy-ijodiy faoliyatida musiqa muhim 
ahamiyatga ega. Bolalarga musiqiy asarlarni tinglash, musiqiy qatorlarni va 
tovushlarni turli asboblarda takrorlash quvonch bag’ishlaydi. Bu yosh 
davrida birinchi marotaba musiqa bilan jiddiy shug‘ullanishga
qiziqish 
paydo boladi, u keyinchalik haqiqiy qiziqishga aylanishi va musiqiy 
qobiliyatning rivojlanishiga yor
dam beradi. Bolalar qo‘shiq aytishga, 
musiqa ostida turli ritmik, raqs harakatlarini bajarishga o‘rganadilar. 
Qo‘shiq aytish musiqani anglash va 
vokal qobiliyatlarni rivojlantiradi. 
Hech bir yosh davri ushbu yosh davridagidek shaxslararo 
hamkorlikning turli shakllarini talab qilmaydi, chunki u bola shaxsining turli 
jihatlarini rivojlanishi zarurati bilan bog‘liq. Bu tengdoshlari, kattalar bilan 
ham
korlik, o‘yinlar, muloqot va birgalikdagi mehnatdir. Bu yosh davri 
davomida bolalarning quyidagi asosiy faoliyat turlari izchillikda 
takomillashib boradi: predmetlar bilan boshqarish o‘yini, konstruktiv 
tipdagi individual predmetli o‘yin, jamoaviy sujetli
-
rolli o‘yinlar, individual 
va guruhiy ijod, o‘yin
-
musobaqa, o‘yin
-muloqot, uy mehnati. Maktabga 
chiqishdan bir yoki ikki yil avval ularga o‘quv faoliyati qo‘shiladi va 5
-6 
yoshli bola eng kamida faoliyatning 7-8 turiga tortiladi, ularning har biri 
bolani o‘ziga xos ravishda intellektual va axloqan rivojlantiradi.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin