Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

Bolaning psixikasida 
vujudga keladigan inqirozning sabablari:
1) kattalar bolaning jismoniy va aqliy imkoniyatini;
2) xohish va istagini mustaqil holda turmushda qaror toptirishga 
intilishini;
3) ayrim ko’zga tashlangan qiyinchiliklarni bartaraf qil
ishga 
urinishini;
4) o’z holicha ish tutishini cheklashlaridir. 
Kattalar bolaning ra’yiga, mustaqilligiga qarshi turmasdan, mumkin 
qadar istagiga, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish 
jarayonidagi qiyinchilik o’z
-
o’zidan barham topa
di, nizo yoki ixtilofning oldi 
olinadi. 


131 
Oila va bog’chada shaxslararo munosabatlar ilmiy asosga qurilib, 
oqilona qoidaga suyanilsa va pedagogik odob (nazokat) doirasidan chetga 
chiqilmasa, yuqorida aytilgan ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin emas. 
O’jarlik,
qaysarlik, kattalarga itoatsizlikning vujudga kelishi bolaning 
kattalarga qaramlikdan qutulishga urinish va kichik maktabgacha yosh 
davridan maktabgacha davrga o’tishning tashqi ifodasidir. Mustaqillikka 
intilish mazkur yosh davridagi o’zgarishlar, yangilanishlar, ya’ni shaxsiy 
xatti-
harakatni va "men o’zim"ni anglashning mahsuli tariqasida ro’yobga 
chiqishi kutiladi. 
D.B.El’koninning fikricha, bolaning xohishi bilan bu xohishning 
harakatda ifodalanishi o’zaro mos tushmasligi, kattalar talabiga so’zsiz 
itoatkorlik uning istagini umumlashtirishga olib keladi, voyaga 
е
tganlar 
talabiga mos emasligi sababli shunchaki xohish, qat’iy shaxsiy xohish 
darajasiga o’sib o’tadi. Odatda "Men xohlayman", "O’zim bajaraman" kabi 
mustaqillikka intilish harakatlari xohishnin
g kuchayishida o’z ifodasini 
topadi. Ana shu tariqa bola psixikasida xohishlarning o’zaro uzviy 
bog’lanishi, motivlar va ularning kurashi yuzaga kela boshlaydi.
K.M.Gurevich 3-4 yoshli bolalarda motivlarning birlamchi tobeligi va 
dastlabki irodaviy harakat
ning paydo bo’lishini tadqiq qilgan. Tadqiqotchi 
bolaning oldiga jimjimador o’yinchoqni olish uchun avval o’zi yoqtirmagan 
harakatni bajarish topshirig’ini qo’ygan. Buning uchun to’rt qismli tajriba 
ishi amalga oshirilgan. Olingan ma’lumotlardan ko’rinadik
i:
a) maktabgacha yosh davrida ezgu orzular asosida harakat qilish 
imkoniyati tug’iladi; 
b) mazkur orzularning sabablari o’zaro tobeligi (bog’liqligi) bevosita 
sabablarga qaraganda ertaroq paydo bo’ladi; 
v) bevosita idrok qilinadigan narsalarga aloqador xohishni bajarishga 
qaraganda, narsaning o’ziga aloqador xohishni bajarishni muayyan 
muddatga kechiktirish osonroqdir. 
Shunday qilib, xohish-
istakka tobe bo’lmaslik holatidan unga nisbatan 
dastlabki intilish, xayrixohlik tuyg’usining vujudga kelishi aynan
maktabgacha yoshga to’g’ri keladi. Buning zamirida bolaning mayli, niyati, 
orzusi, istagi, tilagi va xohishining mazmuni hamda xususiyatidagi keskin 
o’zgarishlar yotadi.
D.B.El’koninning ta’kidlashicha, mazkur o’zgarishlar bevosita idrok 
qilinadigan buyumlarga qaratilgan xohishning mantiqan mavhumroq 
buyumlarga yo’naltirilgan xohishga aylanishidir. Buning asosiy sabablari, 
bir tomondan, bolada oddiy umumlashtirish uquvining paydo bo’lishi 
hisoblansa, ikkinchidan, unda nutq faoliyatining jadal sur’atlar bil
an 
rivojlanishidir. Shundan so’ng uning faoliyati jozibador, maftunkor, 
jimjimador, yaltiroq narsalarning tashqi alomatlariga va ularni bevosita 


132 
egallashga aloqador bo’lmay, balki mazkur narsalarning timsoli, tasavvur 
obrazlari, kelgusida shularning hammas
ini o’zlashtirish istagi asosiga 
quriladi.
Bolaning orzu-istagi doirasidagi hali foydalanilmagan yangi, yashirin, 
ammo ro’yobga chiqadigan imkoniyatlar uning kattalar bilan 
munosabatida, muomalasida, muloqotida, o’zining shaxsiy faoliyatida, his
-
tuyg’usining mazmuni va rivojlanishidagi keskin, muhim o’zgarishlar 
uchun zarur shart-sharoitlar sifatida xizmat qiladi. Undagi tasavvur bilan 
uzviy bog’liq his
-
tuyg’ular xohishni qondirishda oldindan taajjublanish 
jarayoniga keng istiqbollar yaratadi. Boladagi mavjud his-
tuyg’ular 
xohishni qondirishni bevosita aks ettirish bilan kifoyalanib qolmaydi, balki 
kelgusida amalga oshirish mo’ljallangan faoliyatning ahamiyatini ham 
o’zida mujassamlantiradi. Shuning uchun bolaning quvonchi bilan qayg’usi 
daf’atan qanday maqsadni ko’zlashga (amalga oshirishga) yo’nalganida 
emas, balki qaysi faoliyatni (ishni) rejalashtirgani bilan uzviy bog’liqdir.
Bevosita idrok qilinmaydigan holatlarga nisbatan his-
tuyg’u, 
murakkab ichki tug’yon va kechinmalarning paydo bo’lishi, keyinchali

emotsional o’sish uchun eng qulay shart
-sharoitlar yaratadi. 
L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, bola o’yin faoliyatida bemor singari 
yig’laydi, o’yinning ishtirokchisi sifatida quvnaydi. Shuning uchun uning 
kechinmalari bemor to’g’risidagi tasavvur obrazl
arining majmuasi bilan, 
ularning nisbatan rang-
barangligi bilan aniqlanadi. Bola tanlagan rol’ 
undagi mavjud kechinmalarning amaliy ifodasi kabi gavdalanadi.
Ertaklar tinglashda bolada qahramonlar to’g’risidagi dastlabki 
kechinmalar paydo bo’ladi, unga emotsional ta’sir etish imkoniyati 
tug’iladi, kechinmalarni aks ettirish esa tasavvur doirasida vujudga keladi. 
Masalan: doktor - davolaydi, shofyor - haydaydi, sotuvchi - mol sotadi, 
uchuvchi - 
samolyotni boshqaradi, o’qituvchi 
- bolalarga bilim beradi va 
hokazo. 
D.B.El’konin, 
Y
E.A.Arkin, 
A.V.Zaporojes 
va 
boshqalarning 
isbotlashicha, mazkur shart-sharoitlar bolada kattalar hayotida faol 
ishtirok etish tuyg’usi va istagini vujudga keltiradi. Bu h
olda bolaning 
faoliyati kattalar faoliyatidan farqlanadi, uning hayot sharoiti kengayadi, 
shaxslararo munosabat va shaxsiy munosabatlarning xususiyati 
oydinlashadi, unda voyaga 
е
tganlarning kundalik ishlarida faol qatnashish 
xohish-istagi kuchayadi. 
Ko’pchilik 
psixologlarning 
tadqiqotlaridan 
va 
o’zimizning 
kuzatishlarimizdan ma’lumki, bolalar mazkur inqiroz davrida bir necha 
ko’rinishdagi qaysarlik yoshini bosib o’tadilar.
Ana shu ko’rinishlarning bittasi biz nazarda tutgan davrga, ya’ni 
bolaning 3 yoshiga 
to’g’ri keladi. Shu davrda uning ruhiy dunyosida sifat va 


133 
miqdor jihatdan turli o’zgarishlar ro’y beradi. Bu o’zgarishlar uning olamni 
o’zicha kashf qilayotganiga, psixikasi ma’lumot va axborotlar bilan soat 
sayin boyib borayotganiga bog’liqdir. Ayni shu y
oshda bolada irodasiga 
shonch hissi tug’iladi, u o’zligini anglay boshlaydi. O’zligini anglash qarama
-
qarshiliklarni, ziddiyatlarni 
е
ngish bilan amalga oshadi. 
27

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin