Universititeti jizzax filiali amaliy matematika fakulteti


ichiradi,  yashash  uchun  asosiy  joriy  sharoitlarni  yaratib  beradi.  Shu  sababli



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix08.02.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#52253
1   2   3   4   5
Tarix javoblar5

ichiradi,  yashash  uchun  asosiy  joriy  sharoitlarni  yaratib  beradi.  Shu  sababli 

Respublikaning  kelajagi,  O‘zbekiston  xalqining  kelajagi  ko‘p  jihatdan  yerdan 

foydalanish munosabatlari qanday tashkil etilishiga bog‘liq, bo‘ladi»

O‘zbekiston aholisining deyarli 60 foizi qishloqda yashaydi.Shuning uchun ish bilan 

ta’minlash  masalasi  ham  qishloqda  dolzarb  muommadir.  1991  yil  dekabrda  «Dehqon 

(fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan 

qo‘llab-quvvatlash  to‘g‘risida»gi  farmon  qishloq,  qishloq  ishlab  chiqarishni  zamon 

talablari asosida tashkil qilishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 

1994-95  yillar  davomida  Vazirlar  Maxkamasi  agrar  islohatlarga  doir  10  dan  ortiq 

qaror qabul qildi. 1992-95 yillar mobaynida qishloq tumanlarida 1137 sovxozlar 530 jamoa 

qishloqga, 350 kooperativga, 100 dan ortiq ijara va boshqa mulk shakllariga aylantirildi. 

O‘sha  yillarda  shaxsiy  tomorka  uchun  qo‘shimcha  550  ming  gektar  sug‘oriladigan  yer 

ajratildi.  Qishloqda  fermer  xo‘jaligi  tashkil  etilishiga  alohida  e’tibor  berildi.  1994  yil 

oxirlariga  kelib  25  mingdan  ortiq  fermer  qishloq  paydo  bo‘ldi,  ular  qishloq,  xo‘jaligini 

barcha mahsulotlarini yetishtirishda salmoqli hissa qo‘shmoqda. 

Paxta  maydonlari  qisqartirilib,  donli  ekinlar  maydoni  kengaytirilmoqda.  Vazirlar 

Maxkamasining  1996  yil  may  oyida  qabul  qilgan»  O‘zbekiston  Respublikasi  qishloq 

infrastrukturasini 

rivojlantirish 

dasturida 

qishloqning 

iqtisodiy 

va 

mexnat 


imkoniyatlaridan  yanada  to‘liqroq  va  samarali  foydalanish  uchun,  qishloq  aholisini 

turmush sharoitini yaxshilash uchun yo‘nalishlar berildi. Shuningdek qishloq hayotiga doir 

o‘tkazilgan  islohotlarda  ta’lim  muassasalari  va  ularni  jixozlash  masalalari,  qishloq 

aholisini  salomatligini  yaxshilash  masalalari,  aholini  tabiiy  gaz,  toza  ichimlik  suvi  bilan 

ta’minlash boralarida ham salmoqli ishlar qilindi. Birgina 1996 yilning o‘zida respublikada 

62 ta qishloq vrachlik puktlari ishga tushirildi.1997 yilga kelib mamlakatda 3 million 155 

mingta xonadon gazlashtirilgan edi. 

Hukumatimiz  tomonidan  ishlab  chiqilgan  aholini  ish  bilan  ta’minlash  davlat 

dasturida  1996-2000  yillar  orasidagi  davrda  qishloqda  qariyb  2  millionga  yaqin  ish  joyi 

yaratish,  deyarli  950  ming  kishini  kasbga  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  malakasini 

oshirish mo‘ljallangan edi va ushbu vazifa ustida amaliy ishlar olib borilmadi. Yana bir 

muhim  bo‘g‘inlaridan  biri,  bu  makro  iqtisodiyotni  barqarorligini  ta’minlashdir.Birinchi 




navbatda  Respublika  iqtisodiyot  tuzilmasini  yangilash,  qayta  qurishga  kirishildi. 

Investitsion faoliyat,ya’ni, iqtisodiyotga sarmoya yotqizishi ishlari boshlandi. 

Xorijiy  investitsiyalarni jalb qilishga kirishildi. O‘tgan 1992-97  yillar  davomida 7 

mlrd AQSH dollari xajmida xorijiy investitsiyalar jalb etildi. 1997 yilga kelib dunyoning 

80  mamlakati  sarmoyadorlari  ishtirokida  tuzilgan  3200  qo‘shma  korxona  faoliyat  olib 

bordi.  Bugungi  kunga  kelib  ularning  soni  yanada  ortib  bormoqda.  Hozirgi  kunda 

respublikamiz  miqyosida  faoliyat  yurgizayotgan  Andijon  avtomobil  zavodi,  Zarafshon 

Nyumont korxonasi, Qizilkum fosfarit kombinati, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Xorazm yaxna 

ichimliklar  zavodi,  Quvasoy  kvars  zavodi,  Yangiyo‘l  va  Andijon  sport  zavodlari, 

Samarqand  tamaki  fabrikasi.,  Toshkent  ip  yigiruv  fabrikasi  va  boshqalar  makro 

iqtisodiyotida barqarorlashib boruvida muhim rol o‘ynamoqda. 

Tub  o‘zgarishlar,  yangi  sanoat  korxonalarini  ishga  tushirilishi  sekin  asta  o‘zining 

ijobiy  natijasini  bermoqda.  Hozirgi  kunda  mahsulotlari  70  dan  ortiq  davlatga  eksport 

qilinmoqda. 1997 yil tashqi savdo oboroti deyarli 9 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. 

Neft mahsulotlari masalasida  esa 1996  yildan boshlab neft mahsulotlarini chetdan 

sotib  olish  to‘xtadi.  Bu  iqtisodiyotimizda  katta  yutuqlaridan  hisoblanadi.  Mamlakat 

iqtisodiyotida barqarorlikni vujudga keltirishda yalpi mahsulot ishlab chiqarish muhim rol 

o‘ynaydi. 

Yalpi  mahsulot  ishlab  chiqarish  aholini  o‘sish  darajasidan  sekin  asta  o‘sib 

bormoqda.  Hali  bu  yo‘nalishda  ham  amalga  oshiriladigan  ishlar  talaygina. 

Respublikamizda transport  va  aloqa  vositalari  zamonaviy  talab  va  darajalar  asosida  olib 

borilmoqda. Tag‘an-Seraxs-Mashxad yangi nuli ishga tushirildi. Qamchiq dovoni yo‘lini 

ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetmoqda. 

O‘zbekiston  Milliy  Aviakompaniyasi  O‘zbekistonni  MDX  ning  barcha  yirik 

shaharlari hamda jahonning 20 dan ortiq davlatlari bilan xavo yo‘llari orqali munosabatda 

bo‘lmoqda.  Albatta  bu  holatlar  juda  quvonarli  holdir.  Respublikamiz  iqtisodiy 

islohatlarning  amalga  oshirilishida  xalqaro  tajribalardan  ham  unumli  foydalanishga 

harakat qilinmoqda. 

Mamlakat  iqtisodiyotida  soliq  siyosatining  o‘ziga  xos  o‘rni  bor.  Chunki  soliqlar 

davlat  xazinasini  to‘ldiruvchi  asosiy  vosita  hisoblanadi.  Bu  masala  barcha  rivojlangan 

mamlakatlarda juda yaxshi, ongli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Shu munosabat bilan 1991 yil 

avgustida «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq organlari haqida» qarori qabul qilindi. 

12 avgust kuni kasb bayrami sifatida shu soha xodimlarining bayrami kuni deb ham ta’sis 

etildi. 


1994 yil yanvar oyida esa Prezident farmoni asosan O‘zbekiston Respublikasi Soliq 

Qo‘mitasi  tashkil  etildi.  Soliq  siyosatida  bozor  iqtisodiyotini  amalda  tartibga  solish  va 

davlat  daromadlarini  vujudga  keltirish  borasida  ijobiy  ishlar  amalga  oshirilmoqda. 

Davlatimizda soliq tizimining faoliyati jahon andozalari darajasiga olib chiqishga harakat 




qilinmoqda.  Hozirgi  kunda  1997  yilda  qabul  qilingan  «O‘zbekiston  Respublikasi  soliq 

kodeksi» asosida ish yurtilmoqda. 

Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishning  muhim  tamoyillaridan  biri  —  aholini  ijtimoiy 

himoyalash  bo‘lib,  barcha  o‘tkazilayotgan  islohotlarning  asl  mazmun  va  maqsadi 

insonlarga yaxshi yashash uchun zarur imkoniyatlarni yaratishga bag‘ishlangan. 

Eng kam ish haqi va pensiyalardan soliq; olinmasligi haqdadagi qonun ham ijtimoiy 

himoyalashning muhim ko‘rinishlaridan biri bo‘lib qoldi. 1992-98 yillar davomida ish haqi 

va pensiyalarning eng kam miqdori bir necha marta oshirildi. 

Barcha toifadagi maktablar, bolalar uylari, bog‘chalar, oliy va O‘rta maxsus o‘quv 

yurtlarining  o‘qituvchilari,  ilmiy  xodimlari,  ijobiy  va  tibbiy  xodimlarga  kvartira  haqqi 

kommunal  to‘lovlarda  imtiyozlar  berildi.  Yolgiz  pensionerlarni  turar  joy  va  kommunal 

xizmati  uchun  to‘lanadigan  haqdan  ozod  etildilar.  Yoshlarni  ijtimoiy  himoyalash 

masalasida 1992-97 yillar orasida stipendiyalar bir necha marta oshirildi. 

1994  yil  avgustda  Prezident  I.Karimov  tomonidan  «Kam  ta’minlangan  oilalarni 

ijtimoiy  himoya  qilishni  ko‘chaytirishga  oid  tadbirlar  to‘g‘risida»gi  farmonini  qabul 

qilinishi ushbu yo‘nalishdagi yanada aniq vazifalarni belgilab berdi. 1996 yil dekabrdagi 

«Bolali  oilalarni  davlat  tomonidan  qo‘llab  quvvatlashni  yanada  ko‘chaytirish 

to‘g‘risida»gi Prezident farmoni ham xalqimizni ijtimoiy himoyalash sohasida bir qancha 

imtiyozlarga  sharoit  yaratib  berdli.  Aholi  sog‘lig‘ini  saqlashga  doir  chora  tadbirlar 

masalasi ham muntazam ravishda hukumat etiborida bo‘ldi. «Ona va bola» markazlarining 

tashkil  etilishi,  «Nikox  va  oila»  maslahatxonalarning  tashkil  etilishi,  sog‘liqni  saqlash 

tizimida  kadrlar  masalasiga  jiddiy  e’tibor  berib  borilishi  ham  aholini  ijtimoiy 

himoyalashning ijobiy holatlaridir. 


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin