Universititeti jizzax filiali amaliy matematika fakulteti


  O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix08.02.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#52253
1   2   3   4   5
Tarix javoblar5

3.  O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar 

bo‘yicha  samaradorlikning  eng  muhim  ko‘rsatkichlarni  oshirishda 

O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks 

rivojlantirish konsepsiyasining o‘rni. 

Bugun  Oʻzbekiston  mintaqada  barcha  sohalarda  jadal  surʼatlarda  rivojlanayotgan 

mamlakat – bu xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilayotgan eʼtirof. Rivojlanish, taraqqiyot 

esa oʻz-oʻzdan boʻlmaydi. Iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda kuzatilayotgan hozirgi oʻzgarish 

va yutuqlar mamlakat rahbari tomonidan koʻtarilgan keng qamrovli chora-tadbirlar hamda 

ijrochilarning  mashaqqatli  mehnat  mahsuli  ekanligi  shubhasiz.  Bu  eʼtiroflar,  dastlabki 

yutuqlar oʻzimizniki albatta. Lekin ularni yana-da yaxshilash mamlakat siyosatining asosiy 

maqsadlaridan biridir. 




Davlatimiz  rahbarining  “Oʻzbekiston  Respublikasining  xalqaro  reyting  va 

indekslardagi oʻrnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli 

ishlashning  yangi  mexanizmini  joriy  qilish  toʻgʻrisida”gi  Farmoni  ana  shu  saʼy-

harakatlarni yangi pogʻonaga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli. 

Oqibat  natijada  mamlakatimizning  siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  sohalardagi 

jozibadorligini  oshirish  mezoni  boʻlib  xizmat  qiladigan  xalqaro  reyting  va  indekslarni 

oshirish  jarayonida  parlamentning  oʻrni  qanday  boʻladi?  Oliy  Majlis  Qonunchilik 

palatasida  4-iyun  kuni  “Oʻzbekiston  Respublikasining  xalqaro  reyting  va  indekslardagi 

oʻrnini  yaxshilash  borasida  parlamentning,  xususan,  Qonunchilik  palatasining  roli” 

mavzusida oʻtkazilgan seminar ana shu mavzuga qaratildi va Prezident farmoni mazmuni 

va  unda  belgilangan  vazifalarni  amalga  oshirishda  parlament  oldida  turgan  masalalar 

atroflicha muhokama qilindi. 

Jahon  banki,  Birlashgan  millatlar  tashkiloti,  Birlashgan  millatlar  tashkilotining 

Taraqqiyot  dasturi,  Iqtisodiy  hamkorlik  va  taraqqiyot  tashkiloti,  Jahon  iqtisodiy  forumi, 

Xalqaro byudjet hamkorligi, INSEAD xalqaro biznes-maktabi va Economist Intelligence 

Unit kabi xalqaro reyting agentliklari va tashkilotlari bilan rasmiy aloqalar yoʻlga qoʻyildi. 

Oʻtgan  davr  mobaynida  xalqaro  reyting  agentliklarining  2019-2020-yillarda  chop 

etilgan hisobotlariga binoan respublikaning iqtisodiy reytinglardagi oʻrni sezilarli darajada 

oʻsdi. Xususan “Fitch Ratings” va “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentliklarining 

bahosiga koʻra 2019-yilda mamlakatning suveren kredit reytingi “BB–” barqaror darajada 

saqlanib qolmoqda. 

Jahon banki “Biznes yuritish 2020” yangi yillik hisobotida (Doing Business 2020) 

soʻnggi bir yilda Oʻzbekiston Respublikasi biznes islohotini amalga oshirishda eng katta 

yutuqlarga  erishgan  20  ta  mamlakat  qatoriga  kirishga  imkon  bergan  toʻrtta  islohotni 

amalga  oshirgani  toʻgʻrisidagi  axborotni  tarqatdi.  Shuningdek,  2019-yilda  Oʻzbekiston 

ushbu  reyting  hisobotida  dunyoning  190  mamlakati  orasida  69-oʻrinni  egallab,  7 

pogʻonaga koʻtarildi. 

2019-yilning  sentyabr  oyida  Jahon  bankining  Boshqaruv  sifati  indikatorlarining 

2018-yil uchun eʼlon qilgan hisobotida Oʻzbekiston Respublikasi bir qator indikatorlardan 

yaxshilanganligini  maʼlum  boʻldi.  Xususan,  “Korrupsiyani  nazorat  qilish”  indeksida  1 

pogʻonaga, “Hukumat samaradorligi” indeksida 3 pogʻonaga, “Normativ sifat” indeksida 

7 pogʻonaga, “Qonun ustuvorligi” indeksida 4 pogʻonaga, “Soʻz erkinligi va hisobdorlik” 

indeksida 5 pogʻonaga koʻtarildi. 

Seminarda Prezidentimizning 2020-yil 2-iyundagi Farmoni bilan xalqaro reyting va 

indekslar  bilan  ishlash  boʻyicha  respublika  kengashi  tashkil  etilayotgani,  davlat 

organlarining  birinchi  rahbarlari  Oʻzbekiston  Respublikasining  xalqaro  reyting  va 

indekslardagi oʻrnini yaxshilash uchun masʼul qilib belgilangani alohida qayd etib oʻtildi. 



Shuningdek,  mazkur  hujjat  bilan  Adliya  vazirligi  markaziy  apparati  tuzilmasida 

Xalqaro  reyting  va  indekslar  bilan  ishlash  boshqarmasining  tashkil  etilishi  mazkur 

yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish imkoniyatini yaratishi, 

bu esa oʻz navbatida koʻzlangan natijaga erishishda ayni muddao boʻlishi qayd etildi. 

Tadbirda  soʻnggi  toʻrt  yil  mobaynida  mamlakatimiz  Meros  jamgʻarmasining 

“Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pogʻonaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” 

indeksida 19 pogʻonaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pogʻonaga koʻtarilganligi eʼtirof 

etilib,  ushbu  yoʻnalishdagi  ishlarning  natijasini  aks  ettirishga  moʻljallangan  2020-yil  1-

oktyabrga  qadar  Internet  tarmogʻida  ishga  tushirilishi  belgilangan  “Oʻzbekiston 

Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali haqida maʼlumot berildi. 

Bu  borada  mamlakatimizda  reytinglar  boʻyicha  tizimli  ishlar  amalga 

oshirilayotganligi  va  mazkur  sohada  soʻnggi  yillarda  10  ga  yaqin  qonunosti  normativ-

huquqiy hujjatlari qabul qilingani, biroq mazkur yoʻnalishning ahamiyatini hisobga olgan 

holda  parlamentning  shu  maqsadlarga  yoʻnaltirilgan  faoliyatini  sezilarli  darajada 

takomillashtirish lozimligi qayd etildi. 

Xalqaro 


reyting 

va 


indekslarni 

belgilashda 

qanday 

faktorlar, 

koʻrsatgichlar  mezon  boʻlib  xizmat  qiladi?  Mamlakatimizning  xalqaro  hamjamiyat 

oʻrtasidagi  imidjini  yaxshilash  uchun,  investorlar  uchun  jozibadorlikni  koʻtarish  uchun 

qanday omillarga eʼtiborni kuchaytirish kerak? Aynan shunday maqsadlarga erishilishini 

huquqiy  jihatdan  toʻliq  taʼminlash  uchun  parlament  qanday  hujjatlar  qabul  qilinishiga 

eʼtiborni  oshirishi  talab  etiladi?  Seminarda  tegishli  masʼul  vazirlik  va  idoralarning 

mutaxassislari  deputatlar  tomonidan  koʻtarilgan  shunday  masalalarni  atroflicha  va  toʻliq 

yoritganliklari  iliq  qabul  qilindi.  Parlament  aʼzolari  oʻzlarining  qimmatli  takliflarini 

bildirish  barobarida  ushbu  yoʻnalish  uchun  xos  boʻlgan  oʻta  nozik  jihatlarni, 

koʻnikmalarni oʻrganganliklarini eʼtirof etdilar. 

Shu  bilan  birga  mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy-huquqiy  taraqqiyot 

darajasini  tizimli  tahlil  qilib  borish,  amalga  oshirilayotgan  tub  oʻzgarishlarning  xalqaro 

reyting  va  indekslarda  mamlakatning  oʻrnini  yaxshilash  maqsadlariga  xizmat  qilishini 

taʼminlashda parlamentning nazorat va qonun ijodkorligi funksiyalarini takomillashtirish 

lozimligi taʼkidlandi. 

Seminarda  deputatlar  xalqaro  reytinglar  nafaqat  iqtisodiy  koʻrsatkichlar,  balki 

muayyan  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  demokratik  islohotlar,  jumladan  inson 

huquqlarini,  siyosiy  hayotda  jamoatchilikning  ishtirokini  taʼminlash  sohasidagi  amaliy 

ishlarga  ham  baho  berishi  haqida  toʻxtalib,  bu  borada  Oʻzbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  “2017  —  2021-yillarda  Oʻzbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning 

beshta  ustuvor  yoʻnalishi  boʻyicha  Harakatlar  strategiyasini  “Ilm,  maʼrifat  va  raqamli 

iqtisodiyotni  rivojlantirish  yili”da  amalga  oshirishga  oid  Davlat  dasturining  4-bandida 

belgilangan  “qonun  loyihalarining  Oʻzbekistonning  xalqaro  reytinglardagi  oʻrnini 

yaxshilash boʻyicha tavsiyalarga mosligini oʻrganish amaliyotini yoʻlga qoʻyish” boʻyicha 

parlament tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtaldilar. 




Seminar  yakunida  Oʻzbekiston  Respublikasining  xalqaro  reytinglardagi  oʻrnini 

yaxshilashda  parlamentning  rolini  yana-da  oshirishga  qaratilgan  zarur  vazifa  va  chora-



tadbirlar belgilab olindi. 

 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin