Universititeti jizzax filiali amaliy matematika fakulteti


  O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning strategik maqsadlari va



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix08.02.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#52253
1   2   3   4   5
Tarix javoblar5

1.  O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning strategik maqsadlari va 

taraqqiyotining yangi bosqichi. 

O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga  oshirishda  mulkni davlat tasaruffidan 

chiqarish  va  xususiylashtirish  yetakchi  o‘rin  tutadi.1992  yil  fevralda  Davlat  mulkini 

boshqarish  va  xususiylashtirish  Davlat  qo‘mitasi  ta’sis  etildi.  1994  yilda  esa  uning 

funksiyalari o‘zgartirilib, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash 

Davlat qo‘mitasiga aylandi. Xususiylashtirish tanlov va kim oshdi savdosi orqali amalga 

oshirildi va bu tartib takomillashib bordi. Shuningdek Oliy Majlis tarkibida yangi iqtisodiy 

islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qo‘mitasi tuzildi. 

1991  yil  18  noyabrda  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  8-sessiyasida 

mulkni  qabul  qilingan  qonunga  ko‘ra  xususiylashtirish  va  va  mulkchilik  shakllarini 

o‘zgartirish maxsus dasturlar asosida amalga oshirilish qat’iy belgilab qo‘yildi. 1994 yilda 

kichik  xususiylashtirish  deyarli  nihoyasiga  yetdi.  1992-1994  yillar  davomida  54  mingga 

yaqin korxona va obyekt davlat tasarufidan

 

chiqarildi. Xususiylashtirish borasida 20 dan 



ortiq davlat dasturi qabul qilindi. 

1995  yilda  mashinasozlik  kompleksiga  qarashli  89  ta  korxona,  68  ta  uy-joy 

kommunal qishloq, 229 ta qayta ishlash korxonasi boshqa obyektlar xususiylash tirildi. 6 

ming xususiy va oilaviy korxonalar paydo bo‘ldi. 1998 yilga kelib aksariyat korxonalar 

xususiylashtirildi.  Davlat  korxonalarining  xususiylashtirish  1993  yil  39,4  foiz  edi,  1994 

yilda  57,7  foiz,  1998  yil  esa  88,2  foizga  oshdi.  1997  yilga  kelib  xususiy  va  kichik 

korxonalar soni 100 mingdan oshib ketdi. 

Bozor infrastrukturasi deyilganda tovar va pul bozorida, mehnat resurslari bozorida 

iqtisodiy vositalar - tegishli moliya va bank-kredit tizimi, sug‘urta, auditorlik, yuridik va 

xususiy  firmalar  tizimi  tushuniladi.  Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  davrida  infrastrukturani 

shakllantirish muhim jarayon bo‘lib, uni tashkil etish anchagina vaqt talab etadi. 

Ushbu  masalada  ko‘pgina  islohotlar,  o‘zgartirishlar  amalga  oshirildi.  Masalan: 

Davlat buyurtmasi tugatilib, o‘rniga zarur mahsulotlarni erkin narxlarda xarid qilish joriy 

etildi. Tovarlar bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil  etildi.  Kim  oshdi savdosi 

o‘tkazila boshlandi, brokerlik va dillerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo 

bo‘ldi. Ko‘chmas mulk sotish joriy etildi. Banklararo valyuta birjasi tashkil etildi. Davlat 

sug‘urta boshqarmasi o‘rniga davlatga qarashli bo‘lmagan sug‘urta kompaniyalari tashkil 

etildi. Ishsizlik muommasini hal etish uchun Respublika miqyosida 250 ga yaqin mehnat 

birjalari  barpo  etildi.  1995  yil  dekabrdagi  Oliy  Majlisning  IV  sessiyasida  «O‘zbekiston 

Respublikasi  Markaziy  banki  to‘g‘risida»,  «Banklar  va  banklar  faoliyati  to‘g‘risida» 

alohida qonunlar qabul qilindi. 

«Paxtabank»,  «G‘allabank»,  «Savdobank»,  «Tadbirkorbank»,  «Mevasabzavot 

bank» kabilar tashkil etildi. 1994 yil 1 iyuldan esa O‘zbekiston Respublikasining pul birligi 



so‘m muomalaga kiritildi. Neft mustaqilligini

 

ta’minlash maqsadida ham jiddiy ishlardan 



biri,  ya’ni  Buxoro  neftni  qayta  ishlash  zavodini  ishga  tushirilishi  ham  yirik  iqtisodiy 

yutuqlardan  bo‘ldi.  Janubiy  Koreya  bilan  O‘zbekistonning  hamkorligida  «O‘zDEU» 

qo‘shma korxonasini tashkil etilish, ishga tushirilishi hamda avtomobillar ishlab chiqilishi 

O‘zbekiston iqtisodiyotida ulkan, yirik voqea bo‘ldi. Demak O‘zbekistonda ham o‘zbek 

mashinasozligi vujudga kela boshladi. 

O‘zbekistonda  olib  borilayotgan  iqtisodiy  islohotlarning  muvaffaqiyati  ko‘p 

jihatdan bu ishning qishloq qishloqda qay darajada amalga oshirilishiga bog‘liq bo‘ladi. 

Qishloqda  agrar  siyosatning  eng  asosiy  bosh  masalasi  -  yerga  egalik  mulkchilik 

masalasidir.  I.Karimov  shunday  deydi:  «Yer  o‘lkamizning  asosiy  boyligi.  U  yediradi, 


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin