Universititeti jizzax filiali amaliy matematika fakulteti


  “O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  reyting  va  indekslardagi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix08.02.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#52253
1   2   3   4   5
Tarix javoblar5

2.  “O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  reyting  va  indekslardagi 

o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan 

tizimli  ishlashning  yangi  mexanizmini  joriy  etish”  borasidagi  davlat 

siyosati. 

2017-2021  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor 

yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning 

xalqaro maydondagi ijobiy obro‘sini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 

reytinglardagi  o‘rnini  xolis  va  haqqoniy  baholashni  ta’minlash  bo‘yicha  aniq  maqsadga 

yo‘naltirilgan ishlar amalga oshirildi. 

Shu  bilan  birga,  ko‘rilayotgan  choralarga  qaramasdan,  mamlakatda  tegishli  yo‘nalishlar 

bo‘yicha  milliy  reytinglarni  yuritishga  yordam  beradigan,  amalga  oshirilayotgan 

islohotlarning xalqaro mezonlar va standartlarga muvofiqligini baholashning yaxlit tizimi 

mavjud emas edi. 

Mazkur holat xalqaro tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan tizimli hamkorlik aloqalarini 

o‘rnatish, mas’ul vazirlik va idoralarda baholanayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar va 

boshqa  davlatlarning  ijobiy  tajribasini  o‘z  ichiga  olgan  tegishli  ma’lumotlar  bazasini, 



xodimlarda  esa  xalqaro  reytinglar  metodologiyasini  qo‘llash  bo‘yicha  dunyoqarashni 

shakllantirish imkonini bermas edi. 

Inson  huquqlari  himoyasini  kafolatlash,  aholi  turmush  darajasini  oshirish,  iqtisodiy 

faoliyatda erkinlikni ta’minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni 

takomillashtirishga  qaratilgan  islohotlar  mamlakatimizning  xalqaro  reyting  va 

indekslardagi  ko‘rsatkichlari  oshishiga  sabab  bo‘lmoqda.  Jumladan,  so‘nggi  yillar 

mobaynida  mamlakatimiz  Meros  jamg‘armasining  «Iqtisodiy  erkinlik»  indeksida  52 

pog‘onaga, Jahon bankining «Logistika samaradorligi» indeksida 19 pog‘onaga, «Biznes 

yuritish» indeksida 18 pog‘onaga ko‘tarildi. 

O‘zbekiston  Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining  «Mamlakatlarga xos 

xatarlarni  tasniflash»  tizimidagi  6-guruh  mamlakatlari  qatoridan  5-guruh  mamlakatlari 

qatoriga ko‘tarildi. 

Shu  bilan  birga,  ayrim  rahbarlar  reytinglar  bilan  ishlashga  yetarlicha  e’tibor 

qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovlarda aksariyat 

islohotlar  o‘z  aksini  topmayotganligi  oqibatida  ustuvor  xalqaro  reyting  va  indekslarda 

O‘zbekiston Respublikasi quyi pog‘onalarda qolmoqda. Davlat organlari va tashkilotlarida 

xalqaro  reyting  va  indekslar  bilan  ishlashning  yangi  mexanizmlarini  joriy  qilish, 

shuningdek,  2017  ―  2021  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta 

ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasida  belgilangan  vazifalarni  amalga 

oshirish  maqsadida  2020  yil  2  iyun  kuni  Prezident  Sh.Mirziyoevning  farmoni  bilan 

«Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi» tashkil etildi.  

Uning vakolatlariga O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan  xalqaro reyting va 

indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi 

tizimini  takomillashtirish,  jamiyatni  demokratlashtirish,  ilg‘or  xalqaro  tajribaga 

asoslangan  davlat  va  jamiyat  qurilishi  sohasidagi  islohotlarni  amalga  oshirish  bo‘yicha 

tashabbuslarni ilgari surish, davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga 

qaratilgan  normativ-huquqiy  hujjatlar  va  ularning  loyihalarini  O‘zbekiston  Respublikasi 

uchun  ustuvor  bo‘lgan  xalqaro  reyting  va  indekslardagi  mamlakatning  o‘rniga  ta’siri 

nuqtai  nazaridan  kompleks  baholab  borish,  O‘zbekiston  Respublikasining  tegishli 

reytinglardagi rivojlanish jarayoni to‘g‘risidagi axborotlarni, shuningdek, baholanayotgan 

yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar va xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘z ichiga olgan 

axborotlar  ma’lumot  bazasini  yaratish,  O‘zbekiston  Respublikasining  ustuvor  xalqaro 

reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan mavjud haqiqiy muammolarning 

tizimli  tahlilini  olib  borish,  ularni  hal  etish  bo‘yicha  takliflar  ishlab  chiqish,  xalqaro 

tashkilotlar,  reyting  agentliklari  va  ilmiy  muassasalarning  ekspertlari  bilan  hamkorlik 

o‘rnatish va konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish; kabi vazifalar kiradi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  manfaatdor  vazirlik  va  idoralar  bilan 

birgalikda  2020  yil  1  oktyabrda  qadar  Internet  tarmog‘ida  «O‘zbekiston  Respublikasi 

xalqaro  reytinglarda»  yagona  portali  ishga  tushirildi.  Kengash  ishchi  organlari  Axborot 

texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi  bilan  birgalikda  portal 

faoliyatining  uzluksiz  ishlashini  ta’minlash  va  uni  yangilab  borish  uchun  mas’ul  etib 

belgilandi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  huzuridagi  Nodavlat  notijorat 

tashkilotlarini  va  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlarini  qo‘llab-quvvatlash  jamoat 

fondi hamda «Yuksalish» umummilliy harakati zimmasiga O‘zbekiston Respublikasining 

asosiy xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni tizimli 



tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek mamlakatda 

amalga  oshirilayotgan  keng  ko‘lamli  islohotlarning  natijalari  to‘g‘risidagi  axborotni, 

jumladan subsidiyalar, grantlar ajratish hamda ijtimoiy buyurtmalar berish orqali xalqaro 

reytinglarni  tuzuvchilarga  yetkazish  borasidagi  ishlarga  fuqarolik  jamiyati  institutlarini 

faol jalb etish kabi ishlarni amalga oshirish kabi vazifalarni amalga oshiradi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  Savdo-sanoat  palatasi  bilan  birgalikda 

«davlat  xizmatlarining  sirli  mijozi»  tomonidan  monitoringni  o‘tkazishning  aniq 

maqsadlari,  parametrlari,  ob’ektlari  va  mezonlarini  nazarda  tutuvchi  tartib  asosida  o‘z 

faoliyatini olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi 

Axborot 


va 

ommaviy 


kommunikatsiyalar 

agentligi 

O‘zbekiston 

Milliy 


teleradiokompaniyasi  hamda  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini 

rivojlantirish  vazirligi  bilan  hamkorlikda  xalqaro  reytinglar  indikatorlari  doirasida 

o‘tkazilayotgan  islohotlar  to‘g‘risidagi  axborotlarning  ommaviy  axborot  vositalari  va 

Internet tarmog‘ida keng yoritilishini ta’minlab berish kabi vazifalarni bajarib boradi. 

Davlat  va  jamiyat  boshqaruvi  sohasiga  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya 

tizimlarini  joriy  etish  mamlakatimizda  olib  borilayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  va  ijtimoiy-

siyosiy islohotlar va o‘zgarishlarni samarali amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi. 

Shu  bilan  birga,  davlat  organlari  va  tashkilotlarida  axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish 

bo‘yicha  chora-tadbirlar  ko‘rilayotganiga  qaramasdan  “Elektron  hukumat”  tizimining 

joriy  etilishi  va  samarali  faoliyat  ko‘rsatishiga,  axborot  sohasidagi  tahdidlarga  qarshi 

kurashishga  to‘sqinlik  qiluvchi  qator  muammolar  saqlanib  qolmoqda.  Mazkur 

muammolarni hal etish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi 

Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligining  “Xavfsiz 

shahar”  jamoat  tartibiga  ko‘maklashish  markazi  tashkil  etildi.  Ish  va  boshqaruv 

jarayonlarini avtomatlashtirish, integrallashgan axborot tizimlarini, ma’lumotlar uzatish va 

almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot 

resurslari integratsiyasi, shu jumladan, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligi 

oshib bordi. 




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin