VI. FAN O‘QITILISHINING NATIJALARI (SHAKLLANADIGAN KOMPETENTSIYALAR) Fanni o‘zlashtirishi natijasida talaba: Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish fanlar tizimida tutgan o‘rni, obyekti va predmeti, shakllanishi, rivojlanishi, zamonaviy tuzilishi haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatishning asosiy tushunchalar, jarayonlarning xususiyatlarini bilish va ulardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
Talaba bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatishni tahlil qilish usullarini qo‘llash, ta’lim va tarbiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorlikni aniqlay olish, muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
VIII. KREDITLARNI OLISH UCHUN TALABLAR Fanga ajratilgan kreditlar talabalarga har bir semestr bo’yicha nazorat turlaridan ijobiy natijalarga erishilgan taqdirda taqdim etiladi.
Fan bo’yicha talabalar bilimini baholashda oraliq (ON), joriy (JN) va yakuniy (YaN) nazorat turlari qo’llaniladi. Nazorat turlari bo’yicha baholash: 5 – “a’lo”, 4 – “yaxshi”, 3 – “qoniqarli”, 2 – “qoniqarsiz” baho mezonlarida amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat har semestrda bir marta yozma ish yoki test shaklida o’tkaziladi.
Talabalar semestrlar davomida fanga ajratilgan amaliy va seminar mashg’ulotlarda muntazam, har bir mavzu bo’yicha baholanib boriladi va o’rtachalanadi. Bunda talabaning amaliy va seminar mashg’ulot hamda mustaqil ta’lim topshiriqlarini o’z vaqtida, to’laqonli bajarganligi, mashg’ulotlardagi faolligi inobatga olinadi.
Shuningdek, amaliy va seminar mashg’ulot va mustaqil ta’lim topshiriqlari bo’yicha olgan baholari oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda inobatga olinadi. Bunda har bir oraliq nazorat turi davrida olingan baholar o’rtachasi oraliq nazorat turidan olingan baho bilan qayta o’rtachalanadi.
O’tkazilgan oraliq nazoratlardan olingan baho oraliq nazorat natijasi sifatida qaydnomaga rasmiylashtiriladi.
Yakuniy nazorat turi semestrlar yakunida tasdiqlangan grafik bo’yicha yozma ish yoki test shaklida o’tkaziladi.
Oraliq (ON) va yakuniy (YaN) nazorat turlarida:
Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega bo‘lsa – 5 (a’lo) baho;
Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 4 (yaxshi) baho;
Talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 3 (qoniqarli) baho;
Talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas, deb topilganda – 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.