Uo’K 11. 124 Kbk 5ya2+81. Lat-4 Tuzuvchilar



Yüklə 25,53 Mb.
səhifə11/65
tarix21.10.2023
ölçüsü25,53 Mb.
#158573
növüУчебник
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65
kitob tayyor15.04.2018 (Восстановлен)

Leksik minimum


Otlar

acromion
akromion

articulatio
bo‘g‘im

brachium
yelka

canalis
kanal

cingulum
belbog‘, kamar

clavicula
o‘mrov

coccyx
dum

costa
qovurg‘a

dens
tish

fissura
yoriq

foramen
teshik

fossa
cho‘zinchoq chuqur

fovea
dumaloq chuqur

hiatus
tirqish

humerus
yelka suyagi

incisura
o‘yma

mandibula
pastki jag‘

maxilla
yuqori jag‘

membrum
a’zo

olecranon
tirsak suyagi o‘simtasi

periosteum
suyak usti pardasi

radius
bilak suyagi

scapula
kurak suyagi

tuber
do‘mboq

tuberculum
do‘mboqcha

ulna
tirsak suyagi

Sifatlar

articularis
bo‘g‘imga oid

clavicularis
o‘mrovga oid

coccygeus
dumga oid

costalis
qovurg‘aga oid

jugularis
bo‘yinturuqqa oid

pharyngeus
halqumga oid

thoracicus
ko‘krakka oid

transversus
ko‘ndalang

Nazorat savollari:



  1. Lotin tilida odatda urg’u nechanchi bo’g’inga qoyiladi?

  2. Bo’g’inlar soni so’zning qayeridan hisoblanadi?

  3. Bir bo’g’inli so’zda urg’u qaysi harfga tushadi?

  4. Ikki bo’g’inli so’zlarda urg’u nechanchi bo’g’inga tushadi?

  5. Qaysi hollarda bo’g’in cho’ziq bo’ladi?

  6. Cho’ziqlik belgisi qanday ifodalanadi?

  7. Qaysi hollarda bo’g’in qisqa bo’ladi?

  8. Bo’g’in qisqa bo’lganda urg’u nechanchi bo’ginga qoyiladi?


Salus aegrōti suprema lex medicōrum. – Bemor sog‘ayishi - shifokorlar oliy qonuni.
Ad medicum confungĕre opem. –Shifokor yordamiga tayanmoq.

§3. Anatomik termin tuzilishi. . Ot va uning grammatik kategoriyalari. Otning lug‘at shakli. Turlanish va negiz haqida umumiy ma’lumotlar. Moslashmagan aniqlovchi.


Maqsad: Otning grammatik kategoriyalari, V xil turlanish belgilari, -um, -on, -a, -us, -en, -urod belgilari, otning 5 xil turlanish lug‘at shakli leksik minimumni bilib olish. Anatomik termintuzilishi va terminni tashkil etuvchi so‘zning grammatik shakllarini aniqlashni; otning turlanishini aniqlashni; otning I, II, IV va V turlanish hamda rod negizini aniqlashni; -um, -on, -a, -us, -u, -en otlarining lug‘at shaklini tuzishni; terminlarni lotin tilidan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan lotin tiliga moslashmagan aniqlovchi bilan tarjimaqila olish.

Ot (nomen substantivum). Otning grammatik kategoriyalari. Otning lug‘at shakli


Lotin tilida otlar rus tilidagi kabi uchta rodga ega:
Genus masculinum (m) - mujiskoy rod
Genus femininum (f) - jenskiyrod
Genus neutrum (n) - sredniy rod
Lotin tilida otning 2 xil son shakli:
birlik – numerus singularis (sing),
ko‘plik – numerus pluralis (pl) va 6 kelishik mavjud:
Nominativus (Nom.) - bosh kelishik - kim? nima?
Genetivus (Gen.) - qaratqich kelishigi - kimning? nimaning?
Dativus (Dat.) - jo‘nalish kelishigi - kimga? nimaga?
Accusativus (Acc.) - tushum kelishigi - kimni? nimani?
Ablativus (Abl.) - O’rin payt kelishigi - kim bilan? nima bilan? kim tomonidan?
Vocativus (Voc.) - chiqish kelishigi (tibbiyotterminshunosligida uchramaydi)
Lotin tilida kelishik tugallanmalari bilan farq qiluvchi 5 turlanish mavjud.
Otining lug‘at shakli 4 tarkibiy qismdan iborat: 1) bosh kelishik shakli, 2) qaratqich kelishikdagi tugallanmasi; 3) rod belgisi; 4) tarjimasi:
costa, ae f - qovurg‘a
musculus, i m - mushak
sternum, i n - to‘sh suyagi

Otning turlanishi


NB! Otlarnng turlanish turi qaratqich kelishigi birlik qo‘shimchasi yordamida aniqlanadi:

Turlanish

I

II

III

IV

V

Rod

f

m

n

m

f

n

m

n

f

Nom. Sing.

a

us
er

um
on

har xil

us

u

es

Gen. Sing.

ae

i

is

us

ei


costa, ae f - qovurg‘a - I turl.
nervus, im - asab - II turl.
septum, in - to‘siq - II turl.
olecranon, in - tirsak o‘simtasi - II turl.
canalis, is m - kanal - III turl.
pars, partisf - qism - III turl.
foramen, inis n - teshik - III turl.
ductus, usm - ariq - IV turl.
cornu, usn - muguz - IV turl.
facies, eif - yuza - V turl.

Otning negizini aniqlash


So‘zning asosiy tugallanmasiz qismi negiz deb ataladi.Negizni aniqlash uchun so‘z qaratqich kelishigiga qo‘yilib uning tugallanmasi olib tashlanadi.

Bosh kelishik

Qaratqich kelishik

Rod

Negiz

vertebra

Vertebrae

f

vertebr-

canalis

Canalis

m

canal-

septum

Septi

n

sept-

zygoma

Zygomatis

n

zygomat-

regio

Regionis

f

region-

ductus

Ductus

m

duct-

cornu

Cornus

n

corn-

facies

Faciei

f

faci-

crus

Cruris

n

crur-

foramen

Foraminis

n

foramin-



Ot rodini aniqlashning umumiy qoidalari.

Nominativus va Genetivus singularisda ot qoshimchalari


Lotin tili otlarining grammatik rod belgisi Nom. sing.qoshimchasi hisoblanadi. Misol uchun, Nom. sing. da –er qoshimchasini olgan barcha otlar mrodiga mansub (cancer, cri m - saraton - II turl.; vomer, eris m - dimog‘ - III turl.); Nom. sing. da -u bilan tugallanuvchi otlarning barchasi nrodida (genu, us n - tizza; cornu, us n - muguz) va h. Turli rodli otlarda Nom. sing. bir xil qoshimchaga ega bolgan holatlarda, rodini faqat Gen. sing.qoshimchalarining ma’lum birikmasi orqali aniqlash mumkin.
NB!
1.Nom. sing. da –a qoshimchali otlar frodiga mansub. Gen. sing. da ular –a qoshimchasini oladi, ya’ni I turlanishda turlanadi:
costa, ae f - qovurg‘a - I turl.
vertebra, ae f - umurtqa - I turl.
pulpa, ae f - pulpa - I turl.
NB!-ma otlari orasida Gen. sing. da -atis­ bilan tugallanuvchi, yunoncha kelib chiqishli nroddagi so‘zlar mavjud: zygoma, atis n - yonoq.
2.Nom. sing. da -umyoki –on qoshimchali otlar neutrum rodiga mansub. Gen. sing. da ular –i qoshimchasini oladi, ya’ni II turlanishda turlanadi:
tuberculum, i n - do‘mboqcha - II turl.
sternum, i n - to‘sh suyagi - II turl.
acromion, i n - acromion - II turl.
skeleton, i n - skelet - II turl.
3. Nom. sing. da –us­ qoshimachali otlar ko‘pincha m rodiga mansub va II yoki IV turlanishda turlanadi, ya’ni Gen. sing. da -i­ yoki –us qoshimchalarini oladi. Bundan tashqari -us dagi otlar III turlanishda ham uchraydi va asosan nrodiga mansub. -us dagi otlar lug‘at shaklini adashtirmaslik uchun tibbiyot terminshunosligida ko‘p uchraydigan IV turl. m va III turl. n ga mansub -us dagi ba’zi otlarni yodlab olish muhim (-us dagi qolgan otlarning asosiy qismi II turl. m ga mansub).
-us dagi IV turl. m rodiga mansub otlar:
ductus, us m - oqim
processus, us m - o‘simta
meatus, us m - yo‘l, yo‘lak
sinus, us m - bo‘shliq, sinus
arcus, us m - yoy, ravoq
hiatus, us m - tirqish
plexus, us m - chigal
tractus, us m - yo‘l
textus, us m - to‘qima
recessus, us m - cho‘ntak
-us dagi III turl. n rodiga mansub otlar:
corpus, oris n - tana, gavda
crus, cruris n - boldir, oyoqcha
pectus, oris n - ko‘krak
tempus, oris n - chakka
4. –en qoshimchasiga ega otlar nrodiga mansub. Gen. sing. da ular -inis bilan tugallanadi (negiz o‘zgaradi), III turlanishda turlanadi: foramen, foraminis n - teshik; abdomen, abdominis n - qorin; nomen, nominis n - nom.
5. –u qoshimchali otlar ham nrodiga mansub.Gen. sing. da ular –us qoshimchasini oladi, ya’ni IV turlanishda turlanadi: cornu, us n–shox, genu, us n - tizza.

Mashqlar


I.Lotin tiliga tarjima qiling:
A. umurtqa tanasi, qovurg‘a boshchasi, aorta yoyi, kallaning asosi, burun bo‘shlig‘i, kurak bo‘yinchasi, o‘simta qini, burun yo‘li, pastki jag‘ o‘ymasi, gangliy kapsulasi, yuqori jag‘ do‘mbog‘i, bo‘yin mushagi, egar orqasi.
B. to‘sh dastasi, yelka suyagi boshchasi, kallachoki, asab shoxchasi, tirsak o‘simtasi chuquri, nog‘ora bo‘shlig‘i, tizza qopqog‘ining asosi, bosh miya asabi, bilak suyagining bo‘yinchasi.
C. sement tolasi, tanglay mushagi, bez tanasi, burun uchi, so‘rg‘ich yaprog‘i, til to‘sig‘i, emal pardapo‘sti, dentin so‘rg‘ichi, lab yuganchasi.
D. qovurg‘a bo‘ychasining qirrasi, qovurg‘a do‘mboqchasining boylami, umurtqa ravog‘i plastinasi, xo‘roz toji qanoti, dahliz suv yo‘li tuynugi (aperturasi), nog‘ora toriningi kanalchasi, chig‘anoq kanalchasning aperturasi.
E. burun to‘sig‘i, pastki jag‘ o‘ymasi, o‘simta chuqurchasi, umurtqa ravog‘ning oyoqchasi, qovurg‘a do‘mboqchasining yuzasi, o‘simta plastinkasi, egar orqasi, shox yadrosi, chig‘anoq asosi, burun (bo‘shlig‘i) dahlizi.
II. O‘zbek tiliga tarjima qiling:
collum radii, caput humeri, fossa olecrani, os digiti, sulcus sinus, os coxae, truncus encephali, fossa acetabuli, basis patellae, vagina musculi, bulbus aortae, limen nasi, arteria genus, musculus uvulae.

1.3-rasm. Odam kalla suyagi

Yüklə 25,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin