V. Lotin tiliga tarjima qiling:
A. miyacha po‘stlog‘i, katta bosh miya po‘stlog‘i, limfa tugunining po‘stloq qavati, katta va kichik ko‘st, yurak uchi, o‘ng va chap o‘pka, tilosti suyagi, bosh miyaning yumshoq pardasi, peshonaga oid do‘mbog‘, bo‘lmacha, dimog‘ egati, o‘pkaning medial yuzasi, chap o‘pkaning yurak o‘ymasi, nog‘ora bo‘shlig‘ining bo‘yinturuq devori, ponasimon suyak, kekirdakning pardali devori, me’daning oldingi devori, til osti suyagining kichik shoxi, yonoq suyagining chakkaga oid o‘simtasi, burun suyagining g‘alvirsimon egati, yurak uchining o‘ymasi.
B. mushakning oldingi qornchasi, dumg‘aza suyagining uchi, quymuch do‘mbog‘i, oyoq kaftining orqasi, o‘pka darvozasi, qinning oldingi devori, oyoq kaftining yuzasi, yonbosh suyakning qanoti, quymuch suyagining shoxi, uzangi pardasi, mushakning qorni, orqa miya suyuqligi, shishasimon suyuqlik, bosh miya yumshoq pardasi, me’daning mushak pardasi, ikki qorinli mushaning oldingi qorni, bo‘yinturuq devori, orqa shoxning uchi.
C. og‘iz yorig‘i, o‘g‘iz dahlizi, burun bo’shlig’i, yonoq suyagining lateral yuzasi, uzangi boshchasi, til uchi, dimog‘ qanoti, til osti suyagi, burun uchi, burun suyagi, ko‘z kosasining medial devori, chig‘anoq yo‘lining nog‘oraga oid devori.
Vazifasiga ko‘ra mushaklar nomlanishi
-or- suffiksi yordamida amaldagi narsa va shaxslar mohiyatini beruvchi III turlanishdagi otlar hosil qilinadi.
Vazifasiga ko‘ra mushaklarning lotincha nomi ikki otdan iborat: 1) musculus (PNA da odatda qisqartirilgan holatda: m.); 2) III turlanish m rodidagi -or-yoki kam holatda -er- (yun. sphincter, eris; cremaster, eris; masseter, eris) suffiksli ot. Ushbu ikki otning son va kelishik shakli doim o‘zaro mos keladi.
m. abductor uzoqlashtiruvchi mushak
m. adductor yaqinlashtiruvchi mushak
m. buccinator lunj mushagi
m. constrictor toraytiruvchi mushak
m. corrugator chimiruvchi mushak
m. cremaster moyakni ko‘taruvchi mushak
m. depressor tushiruvchi mushak
m. dilatator kengaytiruvchi mushak
m. extensor yozuvchi mushak
m. flexor bukuvchi mushak
m. levator ko‘taruvchi mushak
m. masseter chaynovchi mushak
m. pronator ichkari tarafga buruvchi mushak
m. rotator aylantiruvchi mushak
m. sphincter qisuvchi mushak
m. supinator tashqari tarafga buruvchi mushak
m. tensor taranglovchi mushak
Dostları ilə paylaş: |