II turlanishdagi otlar
anus, i m
orqa peshov
caecum, i n
ko‘r ichak
colon, i n
chambar ichak
crassum, i n
yo‘g‘on ichak
duodenum, i n
o‘n ikki barmoq ichak
fundus, i m
tub
jejunum, i n
och ichak
ileum, i n
yonbosh ichak
intestinum, i n
ichak
(o)esophagus, i m
qizilo‘ngach
ovarium, i n
tuxumdon
perineum, i n
chot
peritoneum, i n
qorin parda
rectum, i n
to‘g‘ri ichak
truncus, i m
poya, tana
uterus, i m
bachadon
ventriculus, i m
qorincha
III turlanishdagi otlar
dens, dentis m
tish
I guruh sifatlari
caninus, a, um
itga oid, qoziq (tish)
deciduus, a, um
to‘kiluvchi, ko‘chuvchi, sut (tishi)
geniohyoideus, a, um
engak-til osti
hyoideus, a, um
tilosti (suyagi)
hypoglossus, a, um
tilosti (asabi)
iliacus, a, um
yonbosh
incisivus, a, um
kesuvchi
infrahyoideus, a, um
til osti tagi
mucosus, a, um
shilliqli
omohyoideus, a, um
kurak-til osti
sacrococcygeus, a, um
dumg‘aza-dumga oid
sternohyoideus, a, um
to‘sh-til osti
stylohyoideus, a, um
bigiz-til osti
stylopharyngeus, a, um
bigiz-halqumga oid
submucosus, a, um
shilliq osti
suprahyoideus
til osti usti
supremus, a, um
eng baland
thyrohyoideus, a, um
qalqonsimon-til osti
II guruh sifatlari
intestinalis, e
ichakka oid
molaris, e
katta oziq tishga oid
premolaris, e
kichik oziq tishga oid
quadriceps, itis
to‘rt boshli
simplex, icis
oddiy
tenuis, e
ingichka
intestinum tenue
ingichka ichak
teres, etis
yumaloq
triceps, itis
uch boshli
vaginalis, e
qinga oid
TIBBIY MUTAXASSISLIKLAR
P ulmonogiya
Pulmonologiya – quyi nafas yo‘llari tuzilmalari, xususan o‘pkalar, ularning nafas yo‘llari va qon tomirlari hamda ko‘krak qafasi kasalliklarini tashxislash va davolash bilan shug‘ullanuvchi tibbiyot tarmog‘i. Nafas kasalliklarini davolovchishifokorlarga pulmonologist deyiladi. Nafas kasalliklariga astma, emfizema, surunkali bronxit, o‘pkaning kasb kasalliklari va o‘pka tomir kasalligi kiradi, lekin faqat shulardan iborat emas. Pulmonologlar maxsus ventilatsiya bilan ta’minlashga va o‘pkalarni ko‘chirib o‘tkazishga muhtoj bemorlarni ham parvarishlaydi. Umuman olganda, ular o‘pka kasalliklari hamda o‘tkir va surunkali nafas yetishmovchiliklarini tashxislash va davolashga ixtisoslashadi. O‘pka kasalliklarini tashxislash va boshqarish o‘z ichiga o‘pka faoliyatini tekshiruvi, arterial qonning gazga to‘yinish darajasi tahlili, ko‘krak qafasi rentgenografiyasi va kimyoviy yoki mikrobiologik tekshiruvlarni olishi mumkin.
ANATOMIK VA FIZIOLOGIK UMUMIY TUSHUNCHALAR
Nafas tizimi yuqori va quyi nafas yo‘llaridan tashkil topgan. Yuqori nafas yo‘llari burun, halqum, hiqildoq va kekirdakdan iborat. Quyi nafas yo‘llari esa o‘ng va chap bronxlar, bronxiolalar, alveolalar hamda o‘pkalarni o‘z ichiga oladi (4-1 rasmga qarang). Nafas tizimining asosiy vazifasi tanani o‘pka ventilatsiyasi bilan ta’minlashdir. Nafas tuzilmalari, yurak-qon tomiri tizimi tuzilmalari bilan bir qatorda, tana hujayralariga kislorodni tashiydi va ulardan uglerod dioksidi (qoldiq mahsulot) ni chiqaradi. Bu jarayon nafas olish, tashqi muhit havosi va o‘pkada aylanayotgan qon orasida kislorod va ugrerod dioksidi almashinuvi hamda nafas chiqarish hodisalari orqali amalga oshadi. Nafas tizimining ikkilamchi vazifalariga tanaga o‘tayotgan havoni ilitib berish va nutq faoliyatida qatnashish (hiqildoq va ovoz boylamlarini havo bilan ta’minlash) kiradi.
Barbara A.Gylys, Regina M.Masters”Medical Terminology Simplified fourth edition “USA2010/Chapter-4.P.104
1.8-rasmYuqori va quyi nafas yo‘llarining old ko‘rinishi.
Barbara A.Gylys, Regina M.Masters”Medical Terminology Simplified fourth edition “USA2010/Chapter-4.P.105
Nazorat savollari:
1.Lotin tilida nechta daraja bor?
2. Oddiy daraja qo’shimchalari qanday?
3.Qiyosiy daraja qo’shimchalari qanday?
4. Orttirma daraja qo’shimchalari qanday ?
Medicus amicus et servus aegrotorum est. – Shifokor bemorning ham do‘sti, ham qulidir.
Nec quisquam melior medicus, quam fidus amīcus. – A’lo shifokor yo‘q, sodiq do‘stdan boshqa.
§7. Otning III turlanishi: uning rod belgilari va negiz xususiyati. Otning III turlanishi Genus Masculinum.
Maqsad: Otning III turlanish o‘ziga xos xususiyatlarini; otning Masculinum rodi belgilari va negiz xususiyatlarini bilib olish. Otning III turlanish rodi va negiz xususiyatini aniqlashni; III turlanish Masculinumdagi otlarni sifatlar bilan bosh va qaratqich kelishik birlikda moslashtira olishni; mushaklarning lotincha nomlarini vazifasiga ko‘ra hosil qila olish.
Otlarning III turlanishi.
1. III turlanishga Gen. sing. da -is bilan tugallanuvchi uchala roddagi otlar kiradi.
2. Nom. sing. da ular turlicha qo’shimchalarga ega: cortex, radix, pulmo, pes, crus, canalis, pars, dens, pulvinar.
Ba’zan ikki xil roddagi otlar bir xil qo’shimchaga ega bo‘lishi mumkin. Misol uchun, III turlanish Nom. sing. da -us bilan tugallanuvchi otlar (II va IV turlanish m rodidagi otlar bilan adashtirilmasin!) n yoki f rodida bo‘lishi mumkin. Rodga aniqlik kiritish uchun negiz xususiyatida farq qidirish kerak. Agar negiz -r bilan tugallansa, ot n rodida, agar -tyoki -d bilan tugallansa, f rodiga tegishli bo’ladi:
-us
|
-or+is
|
-er+is
|
-ur+is
|
-ut+is
|
-ud+is
|
N
|
f
|
corpus, oris n
|
viscus, eris n
|
crus, cruris n
|
senectus, utis f
|
incus, udis f
|
3. Ko‘pchilik otlarning Nom. va Gen. sing. dagi negizlari o‘zaro mos kelmaydi:
Nom.
|
cort-ex
|
rad-ix
|
crus
|
pes
|
Gen.
|
cortic-is
|
radic-is
|
crur-is
|
ped-is
|
4. III turlanish otlari Nom. va Gen. sing. da bo‘g‘inlar soni mos kelish yoki kelmasligiga ko‘ra teng va noteng bo‘g‘inli otlarga bo‘linadi:
Teng bo‘g‘inli Noteng bo‘g‘inli
Nominativus
Genetivus
Nominativus
Genetivus
rete
retis
apex
apicis
canalis
canalis
dens
dentis
pubes
pubis
pars
partis
5. -es tugallanmali (V turlanish f rodidagi otlar bilan adashtirilmasin!) III turlanishdagi otlarning rodini aniqlash uchun teng yoki noteng bo‘g‘inlilikni inobatga olish kerak:
-es
|
Teng bo‘g‘inli
|
Noteng bo‘g‘inli
|
F
|
m
|
pubes, is f
|
paries, etis m
|
6. Negiz otning Gen. sing.shaklidan -is qo’shimchasini olib tashlash orqali aniqlanadi. Ushbu negizga birlik va ko‘plikdagi boshqa kelishik qo‘shimchalari qo‘shilishi mumkin.
III turlanish Genus Masculinumdagi otlar
Nominativus Singularis
|
Genetivus Singularis
|
-os
|
-or+is
|
-or
|
-or+is
|
-o
|
-on/in+is
|
-er
|
-er+is
|
-es
|
-t/d+is
|
-ex
|
-ic+is
|
Mashqlar
I. Otlarni Gen. sing. ga qo‘ying, negizni belgilang:
pulmo, carbo, embryo, sapo, mos, flos, tumor, humor, rubor, calor, dolor, doctor, tuber, masseter, sphincter, herpes, paries, apex, culex, pulex, (a)equator, liquor, levator, pronator, buccinator, pollex, aër, venter, gaster.
II.Sifatlarni otlar bilan moslashtiring, qaratqich kelishigda qo‘ying, tarjima qiling:
paries (anterior, mastoideus, jugularis); tuber (ischiadicus, frontalis, parietalis); pes (calcaneus, planus); trochanter (major, minor); venter (posterior, frontalis); humor (vitreus, aquosus); liquor (cerebrospinalis, flavus); pulmo (dexter, sinister); mater (pius, durus, arachnoideus); cor (adiposus).
III. III turlanishdagi otlarning rodini aniqlang:
apex cordis, apex nasi, apex linguae, angulus oris, tunica mucosa oris, liquor cerebrospinalis, paries labyrinthicus, paries mastoideus, liquor pericardii, flos ruber, flos albus, homo sapiens, homo sanus, cor sanum, gaster sana, cortex cerebelli, ala vomeris, cortex cerebri, vertex corneae, vertex cranii, os zygomaticum, os lacrimale, os pedis, os tarsi (s. tarsale).
IV. III turlanishdagi otlarning lug‘at shaklini aniqlang:
A. pulmo dexter, pulmo sinister, apex pulmonis dextri, cortex glandulae suprarenalis, facies pulmonis, lobus pulmonis superior, fissura horizontalis pulmonis dextri, tuber frontale, tuber parietale, atrium cordis, os frontale, os parietale, os hyoideum, os planum, os nasale, apex pulmonis sinistri, paries jugularis, paries mastoideus, paries tympanicus ductus cochlearis, dura mater spinalis, tunica mucosa gastris seu ventriculi, ventriculus sinister cordis, trochanter major, cor pulmonale, pia mater encephali.
B. tuber ossis ischii, os breve, paries membranaceus, apex vesicae urinariae, pes hippocampi, os ut organum, caput stapedis, membrana stapedis, venter musculi, venter posterior, vertex corneae, vertex cordis, os coxae, os ischii, apex ossis sacri.
C. apex linguae, tuber maxillae, ala vomeris, agger nasi, vertex cranii, angulus oris, rima oris, vestibulum oris, paries lateralis orbitae, musculus orbicularis oris, paries vestubularis ductus cochlearis.
Dostları ilə paylaş: |