Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


-mavzu: Milliy g‘oya - millatlararo totuvlik va hamjihatlilikni ta’minlash omili



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə38/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

16-mavzu: Milliy g‘oya - millatlararo totuvlik va hamjihatlilikni ta’minlash omili.
O‘zbekiston ko‘p millatli, polietnik davlat ekanligi. Milliy g‘oyada turli millatga mansub xalqlarning manfaatlari va maqsadlarining ifodalanishi.
Millatlararo totuvlik” tushunchasi, uning milliy g‘oyada aks etishi. Uning turli millat va mamlakat , davlatni anglatishi .
1. O‘zbekiston ko‘pmillatli yurt.
2. O‘zbekistonda inson hayoti, erki, qadr va qimmati qadrlanadi.
3. Millatlararo totuvlik g‘oyasi - umumbashariy qadriyat.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1897 yilda mamlakatimizning hozirgi hududida 70 millat va elat vakillari yashagan bo‘lsa, 1926 yilda ularning soni 91 taga, 1959 yilda 113 taga, 1979 yilda 123 taga, 1989 yilda 136 taga etgan. Turli millat vakillarining mavjudligi mamlakatimiz hayotiga o‘ziga xos rang-baranglik baxsh etmoqda.
O‘zbekistonga etnik guruhlarning mamlakat bo‘ylab tarqoq yashashini ifodalaydigan ko‘p millatlik bilan bir qatorda, muayyan millatlar vakillarining alohida hududlarda g‘uj (kompakt) bo‘lib yashash holatini nazarda tutadigan multimillatlilik ham xosdir. Bu oqilona tashkil etilgan milliy siyosat, millatlararo totuvlik g‘oyasi ustuvorligining mamlakatimiz uchun ham muhim hayotiy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston aholisi (1.01.2005 yil holatiga ko‘ra va ming kishi hisobida) 26006,8 kishini tashkil etgan. Aholimiz milliy tarkibida o‘zbeklar 20804,0 (80,0%), boshqa millatlar vakillari 5202.8 (20.0%) kishini, shundan qoraqal’oqlar 562,8 (2.2%), tojiklar 1302,8 (5.0%), ruslar 970,0 (3.8%) qozoqlar 939,5 (3,6%), tatarlar 250.6 (0,9%), qirg‘izlar 241,5 (0,9%), turkmanlar 157,8 (0,6%), koreyslar 155,9 (0,6%), kishidan iborat
Millatlararo munosabatlarni takomillashtirish masalalari O‘zbekistonda titul, davlatga o‘z nomini bergan millat bo‘lgan o‘zbeklarga alohida mas’uliyat yuklaydi. CHunki bu erda ta’kidlab ko‘rsatmasak ham jahonda mamlakatga o‘z nomini bergan millat vakillari kam sonli millat vakillariga tazyiq o‘tkazayotgan davlatlar hozir ham uchrab turadi. Bunday holat esa bizning tariximiz va Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillarimizga butunlay ziddir.
Harakatlar Strategiyasida «Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish» deb nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.[46]
Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “Respublika aholisi o‘rtasida ko‘pchilikni tashkil qiladigan o‘zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o‘z milliy madaniyati va tarixini tiklashdangina iborat emas, balki birgalikda hayot kechiruvchi kamsonli xalqlarning taqdiri uchun, ularning o‘ziga xos madaniy-ma’naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o‘zligini namoyon etishi uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas’ul bo‘lishdan ham iboratdir”.
Davlat o‘zini demokratik davlat deb e’lon qilgani bilan mil-latlararo munosabatlar bilan bog‘liq muammolar yo‘q bo‘lib qolmaydi. Huquqlarni deklaratsiya qilish bilan bir qatorda uni amalga oshirish yo‘lida konkret ishlar qilinsagina, tenglik real xarakter kasb etadi.
Har qanday millat, -deydi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti, - u naqadar kichik bo‘lmasin insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlikning, uning til, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo‘q bo‘lib ketishi Er yuzasidagi madaniy va genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi”.
YUrtboshimizning bu fikri biz o‘rganayotgan fanning bosh masalalaridan biri ekanligini bildiradi.
Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillari mohiyatini tushunish bilan bog‘liq asosiy metodologik masala – bu uning ijtimoiy g‘oyaning boshqa shakllaridan farqlanuvchi xususiyatlarni ajratish, ta’rifini ishlab chiqish bilan bog‘liqdir. Mazkur masalada bir qator yondashuvlarni ajratish mumkin. Xususan, “G‘oya bir mamlakatning o‘ziga taalluqli bo‘lsa, uni Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillari deyish mumkin” yoki “Vatanning ilg‘or kishilari tomonidan ishlab chiqiladigan va hech bo‘lmaganda, fuqarolarning ko‘pchiligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan g‘oyalarga milliy yoki umummilliy g‘oyalar deyiladi”, -degan qarashlar shular jumlasidandir
Siyosiy barqarorlikni xalqlararo hamjihatlikni ta’minlash nuqtai nazaridan respublika xududida bir fuqarolik huquqiy institutini o‘rnatish ijobiy hodisa ekanligini hayot isbotladi. O‘zbekiston ko‘p millatli davlatdir. Uning xududida yuzdan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Konstitutsiyani loyihasini muhokama qilish ‘aytida mahalliy millatdan tashqari tarixiy vatani sobiq SSSR ning turli respublikalari bo‘lgan ruszabon kishilarga ikki fuqarolik huquqini berish taklifi ham o‘rtaga tashlangan edi.
O‘zbekiston PrezidentiBirinchi Prezident uzoqni ko‘zlovchi siyosiy etakchi sifatida buning salbiy oqibatlarini nazarda tutib, «ikki davlat fuqaroligiga mansublik achinarli holdir. Bu bevatanlik bilan barobardir»2, -deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, mazkur huquqiy holatning hayotiy ekanligini, diniy, irqiy va milliy ziddiyatlarning oldini olishda fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy hamkorlik munosabatlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini mamlakatda erishilgan tinchlik, hamjihatlik va millatlararo totuvlikda ko‘rish, anglash qiyin emas.
O‘zbekiston - umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlovchi davlatdir. O‘zbekistonda inson hayoti, uning erki, qadr-qimmati qadrlanadi.
«Inson huquqlari va demokratiya singari umumbashariy qadriyatlar, -deb ta’kidlaydiO‘zbekiston Prezidenti I. Karimov, - respublikamizning milliy davlatchilik manfaatlariga to‘la mos keladi. Insonning eng ustuvor va muqaddas huquqlaridan biri - bu tinch yashash huquqidir. Davlat va jamiyatning burchi ana shu huquqni barcha qonuniy vositalar bilan kafolatlab berishdir. Bu huquqni amalga oshirish - davlat va jamiyatni demokratlashtirishning eng muhim shartidir. Demokratiyaning insonparvarligi shu bilan belgilanadi»1.
Ijtimoiy hamkorlik va siyosiy barqarorlikning ma’naviy-ma’rifiy asoslari O‘zbekistonda milliy o‘zlikni tanish, e’tiqod erkinligini ta’minlash, millatlararo totuvlikni, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yaratish bilan bog‘liq.
O‘zbekiston davlati ijtimoiy hamkorlik va siyosiy barqarorlikni ta’minlashda mamlakatda yashovchi barcha millat va elatlarning xohish-irodasini hisobga olib ish yuritdi. Taniqli siyosatshunos N.Jo‘raev ta’kidlashicha «... davlat faqat adolatga tayansagina uning siyosatida milliy, irqiy, diniy mansubligidan qat’iy nazar yaxlit mamlakat fuqarosi taqdiri qamrab olinsagina qadriyatga, aylanadi»1. Muallifning fikricha millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish o‘tish davri uchun xos xususiyatdir. Bizningcha, millatlararo munosabatlar o‘ta nozik va qaltis hodisa bo‘lib, u biron bir davr bilan cheklanmaydi, milliy rivojlanish konsepsiyasi uchun millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish siyosati muntazam va doimiy olib borilishi lozim. Aks holda 130 dan ziyod millat va elat istiqqomat qiluvchi ko‘‘millatli davlat sharoitida etnik va milliy ziddiyat har daqiqada yuzaga kelishi, jamiyat birligini buzishi, hatto fuqarolar urushini keltirib chiqarishi mumkin. Millatlararo munosabatlar muntazam e’tiborni talab qiladi. Siyosiy barqarorlik va fuqarolik hamkorligi milliy munosabatlar holatiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Millatlararo munosabatlarni mo‘‘tadil rivojlanishida davlat va milliy tillar, mahalliy aholi va tarixiy vatani boshqa mamlakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan millat va elatlar o‘rtasida o‘zaro tenglik, tolerantlik va hurmat munosabatlarini saqlanishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. SHu bois mamlakatda 15 dan ziyod diniy konfessiya va 70 ga yaqin milliy-madaniy markazlarni faoliyat ko‘rsatayotgani nafaqat siyosiy barqarorlik, balki fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy hamkorlik, hamjihatlik munosabatlarini mustahkamlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
«Millatlararo totuvlik g‘oyasi - umumbashariy qadriyat bo‘lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi»2.
Diniy bag‘rikenglik, mamlakatda yashovchi har bir millatning, hox u ko‘p sonli va hox u kam sonli bo‘lsin, milliy udumlari, an’analari, bayramlari va milliy tilini hurmat qilish, uni kamsitmaslik - ijtimoiy hamkorlik va siyosiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omildir. SHu bois milliy rivojlanish g‘oyasining asosiy prinsiplaridan biri millatlararo hamjihatlik, diniy va irqiy bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va ehtirom prinsipidir. Mazkur prinsipga amal qilgan holda ijtimoiy hayotni tashkillashtirish va boshqarish kelajakda fuqarolik jamiyati, huquqiy, demokratik davlat qaror topshida zaruriy omil bo‘ladi.

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin