Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


Ma’naviy omil ustuvor bo‘lib, iqtisodiy omil ikkinchi darajada bo‘lsa



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə35/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

2. Ma’naviy omil ustuvor bo‘lib, iqtisodiy omil ikkinchi darajada bo‘lsa:
- insonning turmush farovonligi kutilgan darajada bo‘lmaydi;
- jamiyatda iqtisodiy-moddiy manfaatdorlik susayadi;
- davlatning qudratiga bo‘lgan ishonch yo‘qoladi;
- xalqning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi va orzusi bir yoqlama tus oladi;
- tadbirkorlik, tashabbuskorlik va optimistik ruh yo‘qolib boradi va h.k.
Ma’lum bo‘ladiki, iqtisodiy va ma’naviy omillar dialektik birlikka egadir. Bu masala insoniyat tarixida, ayniqsa SHarqda qadimdayoq juda nozik idrok qilingan. Misol uchun, mazkur masalalar sohibqiron Amir Temur tomonidan uyg‘un idrok etilib, ustalik bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Sohibqiron kezi bilan ham iqtisodiy, ham ma’naviy omildan o‘rinli foydalangan. Bir o‘rinda istilochi mo‘g‘ul amirlariga qo‘llagan tadbiri haqida deydi: “. . . bu ochko‘z amirlarni molu-dunyo bilan mahliyo qilib, Movarounnahrni qatlu g‘oratdan qutqarib qolishga qaror qildim... ularning ko‘zlariga o‘xshab ko‘ngillari ham tor bo‘lganligidan, sovg‘a-sovrin yo‘sinida ularga berilgan har turli tansiq mollar ko‘zlariga ko‘p ko‘rinadi. Movaraunnahrni qayta bosib olish va talon-taroj qilish niyatidan qaytdilar”.[40] Diqqat qilinsa, iqtisodiy omilni ustuvor bilish istilochilarni ochko‘zlik, tor ko‘ngillik, tubanlik kabi ma’naviy illatlarga duchor qilgan. Sohibqiron buni yaxshi anglab, ularni engishning oson va sharmandali usulini tanlagan.
SHunday qilib hayot, voqea va hodisalar iqtisodiy va ma’naviy omilning o‘zaro uyg‘un xarakteridan saboq beradi. Buni har bir kishi chuqur anglab etmog‘i nihoyatda zarur. Zero, YUrtboshimiz “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida ta’kidlaganidek, “Ushbu masalaga chuqurroq va atroflicha nazar tashlaydigan bo‘lsak, avvalo shuni aytish kerakki, bu ko‘hna dunyo, biz yashayotgan yagona, yaxlit bir voqelikdir. SHunday ekan, moddiy ehtiyojlarni insonning ruhiy olamiga qarama-qarshi quyish, ularning birini ustun deb bilgan holda, tiriklikning asosiy maqsadi sifatida qabul qilish qandaydir bir yoqlama qarash ifodasi, deb aytsak xato bo‘lmaydi”[41]

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin