Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə85/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

Demokratik institutlar – jamiyatning demokratik tuzumini barpo etishga xizmat qiluvchi omil bo’lib, unga quyidagilar kiradi. 1) Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar. 2) YUridik maqomga ega bo’lgan muxolifat. 3) Mulkchilik instituti.
SHarqona demokratiya - urf-odat, qadriyatlarga asoslangan o’ziga xos demokratiya.
Siyosiy demokratiya - jamiyat siyosiy tizimini xalqqa yaqinlashtirish, siyosiy adolatsizliklarning oldini olish.
Ijtimoiy demokratiya - bugungi davr demokratiyani islohotlar jarayoniga aylantirish.
Irqchilik – odamlar o’rtasidagi ijtimoiy tengsizlik, bosqinchilik, zo’ravonlik va urushlarni kishilarning turli irqlariga mansubligi bilan oqlashga xizmat qiluvchi g’ayrimilliy ta’limot. Irqchilar insonlarning ijtimoiy mohiyatini ularning biologik – irqiy (ko’zi, sochi va terisining rangi, bosh va yuz tuzilishi kabi tashqi, ikkinchi darajali jismoniy) belgilar bilan bog’lab, ularni oliy va quyi, bekamu-ko’st va noraso irqlarga ajratadilar.
Aqidaparastlik – muayyan sharoitda, biron-bir g’oya yoki tamoyilga qat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni, boshqa sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko’r-ko’rona qo’llashga urinish. Bu atama faqat salbiy ma’noda qo’llanib, muayyan olim yoxud oqim tomonidan bayon etilgan qonun va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy ravishda kengaytirishga urinishni anglatadi.
Fanatizm – Biron g’oyaga, shaxsga uning mazmunini, mohiyatini chuqur anglamasdan johillarga ishonish va unga ergashishdir va u hayotda turli sohalarda uchraydi.
Manqurt – «Manqurt» o’z eli, tarixi, qon-qarindoshini, hatto o’zi tuqqan onasini ham unutgan, o’z kelajagini tasavvur eta olmaydigan kishilar va xalqlarning majoziy obrazi. U xalqlarning manqurtlarga aylanishida bosh aybdor davlat va mafkuraga to’la bo’ysundirilgan jamiyatdir degan xulosaga keladi. Masalan, CHingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» romanida «Manqurt» afsonasidagi shaxs obrazi.
Tafakkur – (arab. – fikrlash, aqliy bilish) – predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlaydigan, ular o’rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog’lanishlarni aks etadigan bilishning ratsional bosqichi.
Vatan tuyg’usi – Vatan tuyg’usi bo’lgan kishidagina vatanparvarlik jo’sh uradi. Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: «Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug’iladi. YA’ni, inson o’zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usini ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qanchalik chuqur bo’lsa, tug’ilib o’sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo’ladi».

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin