Fakultet kengashning raisi: t.f.n. O.Shixov
Kirish “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi”- “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavriyat ta’lim yo’nalishida o‘qitiladigan mutaxassislik fanlaridan biri bo‘lib, ushbu fan ezgu g‘oyalardan va sog‘lom mafkuradan mahrum bo’lgan biron bir millat va jamiyat uzoqqa bora olmasligini o‘rgatadi. Har qanday xalq va davlat o‘z taraqqiyotining g‘oyaviy-mafkuraviy tamoyillarini belgilab olishi zarurligini uqtiradi. Yoshlarning qalbi va onggiga Vatanga muhabbat, milliy g‘oyaga sadoqat ruhini singdiradi. Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy poydevorini mustahkamlash, yot g‘oyalar tajovuziga qarshi tura olish, g‘oyaviy bo‘shliq bo‘lishiga yo’l qo’ymaslik, va nihoyat , yurtimizning yuksak taraqqiyotini ta’minlash uchun milliy g‘oyaning mazmun –mohiyatini chuqur o‘rganish imkonini beradi.
Fanning maqsadi va vazifalari. 1.1.Fanni o`qitishdan maqsad - talabalarda milliy g‘oyaning shakllanishi ,uning tarixiy ildizlari va negizlarining xalqimiz hayotida tutgan o‘rni va rolini o‘rgatish, O‘zbekistonning mustaqilligini mustahkamlashda milliy g‘oya va mafkuraning ahamiyatini ochib berish.
1.2. Fanning vazifalari:
- yoshlarning ijtimoiy faoliyatida muqobil g‘oya va mafkuralarga oqilona munosabatni;
- xalq orasida milliy g‘oyani targ‘ib-tashviq qilish malakasini;
- mafkuraviy jarayonlarni tahlil qilish, baholash va ularga mustaqil yondashuvni shakllantirishdan iboratdir.
1.3. Fan bo`yicha bilim, ko`nikma va malakaga qo`yiladigan talablar Bakalavr: - Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi fani premeti , maqsad va vazifalari;
-milliy g‘oyaning shakllanish tarixi va uning namoyon bo‘lish xususiyatlari;
- milliy g‘oyaning tipologiyasi;
- mustaqillik va milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining ishlab chiqilishi;
- milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari;
- O‘zbekistonning mustaqil demokratik taraqqiyotining milliy g‘oya konsepsiyasi bilan mushtarakligi haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- milliy g‘oyaning jamiyat hayoti sohalari bilan bog‘liqligini;
- milliy g‘oyada inson eng oliy qadriyat ekanligi , inson erkinligi ,huquq va manfaatlarining milliy g‘oyada aks etishi;
-milliy g‘oyaning siyosiy institutlar va mafkuralar xilma-xilligiga asoslanishini ,O‘zbekistonda hech qaysi mafkuraning davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligini,
- milliy g‘oyani asrab avaylash , uni himoya qilish lozimligini, uning rivojlanib , yangilanib borishi – umumiy qonuniyat ekanligini,
- milliy g‘oyanining umummafkuraviy jarayonlar bilan bog‘ligini , uning xususiyatlari , rivojlanish mexanizmlari va vositalarini,
- milliy g‘oyaning O‘zbekiston xalqining ishonch e’tiqodi ekanligini , xalqni-xalq , millatni millat qiluvchi ma’naviy kuchga ega ekanligini,
- milliy g‘oyanining milliy ma’naviy negizlari va umumdemokratik prinsiplarga asoslanishini,
- milliy g‘oyani ilmiy o‘rganish, o‘qitish va targ‘ib- tashviq qilishning nazariy – metodologik asoslarini,
- O‘zbekistonda g‘oyaviy ta’lim-tarbiya va targ‘ibot- tashviqot institutsional tizimining rivojlanish xususiyatlarini bilishi, malaka hosil qilishi,
- yoshlarning milliy g’oyaga ishonch va etiqodi hamda faolligini oshirishda milliy g‘oyaning zarurligini anglab yetishi,
- milliy g‘oyani o‘rganish, o‘qitish va targ‘ib- tashviq qilish vozitalarini qo‘llay olish,
- yot va zararli g‘oyalarni farqlash, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish ,
- yoshlarda turli tahdidlarga nisbatan ogohlik va dahldorlik tuyg‘ularini tarbiyalab borishi,
- yoshlarni milliy g‘oyaning asosiy tushunchalariga ishonch ruhida tarbiyalay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.