Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


Qadriyat – umumbashariy, umuminsoniy, milliy, mintaqaviy, shaxsiy, diniy turlarga bo’linadi. Aksiologiya



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə84/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

Qadriyat – umumbashariy, umuminsoniy, milliy, mintaqaviy, shaxsiy, diniy turlarga bo’linadi.
Aksiologiya – (yun. «axio» - qadriyat va «logos» - fan, ta’limot) – qadriyatshunoslik; qadriyatlar haqidagi fan.
Milliylik – muayyan xalqqa xos bo’lgan, uni boshqalardan farqini ko’rsatuvchi xususiyatlar majmui. Milliylik millatning tarixi, qadriyatlari, an’analari, madaniyati, yashash tarzida yaqqol namoyon bo’ladi.
Ma’naviyat – (arab. – ma’nolar majmui) – kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui.
Umuminsoniy qadriyat – barcha xalqlar uchun ijobiy ahamiyat kasb etuvchi, moddiy va ma’naviy manfaat, mezonlar majmui.
Milliy qadriyat – millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq qadriyat shakli.
Umumbashariy – butun dune, barcha davlatlar va xalqlarning ishtirokisiz echish mumkin bo’lmagan muammolarga aytiladi.
Ozodlik – barcha demokratik erkinliklarga erishishning, haq-huquqlari kafolatlangan va ta’minlangan jamiyatning bosh sharti.
Obod Vatan – fuqarolari erkin, ozod, yaratuvchilik faoliyati bilan band bo’lgan, xavfsizligi ta’minlangan farovon hayot qurish makoni.
Fuqarolik jamiyati – iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayot sohasiga to’g’ri keladigan tushunchadir. Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy sohasi ko’lamiga ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va harakatlar, fuqarolarning turli shakldagi faoliyati, o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat ommaviy axborot vositalari ham mansubdir.
Ehtiyoj – inson talablari asosida paydo bo’ladigan tabiiy xususiyat; jonli mavjudot hayot kechirishining yaqqol shart-sharoitlarga, uning shularga bog’liq ekanligini ifoda etuvchi holat.
Integratsiya – milliy iqtisodiyotlarning sifat jihatidan yangi sharoitlarga ega bo’lishi va, mamlakat taraqqiyoti imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, ixtiyoriy ravishda birlashishi, bir-birlariga o’zaro ta’sir etishi jarayoni.
Vatanparvarlik – Vatanga nisbatan sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatan ravnaqi uchun faol bo’lishga undaydigan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy fazilat.

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin