Millatlararo totuvlik – muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining bahamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishi
Diniy bag’rikenglik – xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashi
Ichki taxdidlar – o’z Vataniga, vatandoshiga, vatandoshlariga zarar etkazishga qaratilgan g’oya, xatti-harakatlardir.
Tashqi taxdidlar – tashqi tahdidlar asosan g’oyaviy bo’shliq tufayli sodir bo’ladi.
Ekstremizm – O’z maqsadi yo’lida har qanday keskin tadbir-choralar ko’rishga tarafdorlik.
Hizbut-taxrir – reaktsion ruxdagi diniy-siyosiy tashkilot bo’lib, arab tilidan “Ozodlik partiyasi” degan ma’noni bildiradi
Mulk – iqtisodiy kategoriya bo’lib, ijtimoiy ishlab chiqarish va kishilar o’rtasidagi munosabatlarda ifodalanadi. Mulkning ijtimoiy va xususiy shakllari mavjud.
Bozor iqtisodiyoti – iqtisodiy aloqalarning yig’indisi bo’lib o’z qonunlariga ega, ya’ni: erkin raqobat, ehtiyoj va ishlab chiqarish, talab va takliflarning miqdori va tarkibini bir-biriga muvofiqlashtirish, xususiy mulkchilik shakllarining xilma-xilligi, mulkka egalik, xo’jalik yuritish ishlariga faqat iqtisodiy usullar bilan ta’sir ko’rsatish, fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish kabi iqtisodiy qonunlarga bo’ysunadi. Bozor iqtisodi xalqning ijodi va mehnat imkoniyatlarini yuzaga chiqarib, tadbirkorlik va ishbilarmonlik uchun keng yo’l ochadi.
Mentalitet – (lotincha «mens» - aql, idrok) – jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi, ma’naviy salohiyati, ularning hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlarda shakllangan aqliy qobiliyati, ruhiy quvvati.
Demokratiya – xalq hokimiyati.
YAngi jamiyat – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat.
An’ana – jamiyat hayoti turli sohalarining, moddiy va ma’naviy faoliyat shakllarining, kishilar o’rtasidagi aloqalar va munosabatlarning avloddan-avlodga o’tishi, ajdodlar hayoti, belgilari va xususiyatlarining takrorlanish tarzi.