INSERT TEXNIKASI INSERT (inglizcha so’zdan olingan bo’lib -
INSERT –
I nteraktive- interfaol
N oting – belgilash System - tizim for-uchun
E ffective – samarali
R eading – o’qish
and– va
T hinking – fikrlash degan ma’noni anglatadi).
1) Samarali o’qish va fikrlash uchun matnda belgilar qo’yishning interfaol
tizimi hisoblanadi.
Matnni belgilash tizimi:
(√) - mening bilganimni tasdiqlovchi axborot;
(+) –men uchun yangi axborot;
(−) - menning bilganlarimga, zid axborot;
(?) - meni o’ylantirib qo’ydi. Bu bo’yicha menga qo’shimcha axborot kerak.
PINBORD TEXNIKASI Pinbord–(inglizchadan:
pin- mahkamlash,
board – yozuv taxtasi) –
o’quvchilarni tizimli va mantiqiy fikr bildirishga o’rgatadigan metod.
Pinbord texnikasi
: 1)
muammoli masalalar va vaziyatlar, aqliy hujum va amaliy o’qitish metodlari
bilan birga jamoaviy tarzda (guruhlarda) muammoni yechish variantlarini baholash
hamda ular ichidan eng yaxshisini tanlash imkonini beradi;
2)
aqliy hujum va amaliy o’qitish metodlari bilan birga jamoaviy tarzda
(guruhlarda) toifali sharh o’tkazish imkonini beradi.
Pinbord texnikasining texnologik chizmasi
KEYS–STADI METODI KEYS – (ingl. sase – to’plam, aniq vaziyat) – nazariy bilimlarni amaliy
vazifalarni yechish jarayonida qo’llash imkonini beruvchi
o’qitish vositasi .
Keysda bayon qilingan vaziyatni o’rganib va tahlil qilib, o’quvchilar o’zining
kelgusidagi kasbiy faoliyatida o’xshash vaziyatlarda qo’llashi mumkin bo’lgan tayyor
yechimni oladi.
Keysda bayon qilingan vaziyatlar (kasbiy), amaliy
mashg’ulotlarda
yechiladigan vaziyatli masalalardan tubdan farq qilinadi. Agar vaziyatli masalalarda
har doim shart (nima berilagan) va talab (nimani topish kerak) berilgan bo’lsa, keysda,
qoidaga ko’ra, bunday parametrlar mavjud emas.
O’quvchiga taqdim etilgan ixtiyoriy keysda:
•
keysning belgilanishi va topshiriq/savollar aniq ifodalangan bo’lishi kerak;
•
bayon qilingan muammoli vaziyatni yechish uchun kerakli va yetarli xajmda
ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak
•
keysni yechish uchun
uslubiy ko’rsatmalar bo’lishi kerak.
Keys–stadi (ingl.sase– to’plam, aniq vaziyat, stadi-o’qitish)–amaliy o’qitish
vaziyatlarmetodi.
Keys-stadi - o’qitish, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo’yilgan
ta’lim maqsadini amalga oshirish va keys-stadida bayon qilingan amaliy muammoli
vaziyatni hal qilish jarayonida prognoz qilinadigan o’quv natijalariga kafolatli
yetishishni vositali tarzda ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va
vositalari majmuidan iborat bo’lgan o’qitish texnologiyasidir.