103
Vaziyatli masalalar
Vaziyatli masala - 1
Boshqaruvning
mazmuni jarayon sifatida o’zining faoliyati
turlarini
ifodalaydigan vazifalarda ochiladi. Ular yordamida boshqaruv sub’ekti boshqariluvchi
ob’ektga ta’sir qiladi.
Tashkiliy texnik rejada ishlab chiqarishni boshqarish belgilariga ko’ra quyidagi
vazifalarga bo’linishi mumkin: boshqaruv jarayoninig mazmuni, ishlab-chiqarish
xo’jalik faoliyati turlariga aloqadorlik (mansublik). Sanab o’tilgan belgilar bo’yicha
hamma yirik vazifalar bir nechta qismlarga bo’linishi mumkin. Bunda birgina korxona
ichidagi boshqaruv mehnatining bo’linishi ko’p miqdorli omillarga ta’sir qiladi, shu
jumladan: keng ko’lamlilik va boshqalar. Buning asosida boshqaruv mehnatining
vazifa egaligida bo’linishi yo’zaga keladi. SHunday ekan, mehnatning vazifaga
bo’linishi so’zlari keng ma’noda o’z ichiga ishlab-chiqarish xo’jalik faoliyati muhiti
bo’yicha boshqaruv jarayonining alohida boshqaruv ishi va operatsiyalar turlariga
bo’linishini oladi.
Boshqaruv bo’yicha shunday mehnat bo’linmasini ta’minlash muhimki, unda
hamma vazifalari o’zaro aloqadorlikda va muvofiqlashgan holda bajarilishi kerak. Bu
esa alohida boshqaruv vazifalarining turli boshqaruvchi tizimlarining maydonlariga
oqilona qo’shilib ketishini va bir-biriga biriktirilishini ta’minlashda yordam beradi. Bu
o’z navbatida, boshqaruv apparatida ishlaydiganlarning huquq va burchlarini aniqroq
aniqlab beradi, Boshqaruv tizimini mukammallashtirib beradi.
Dostları ilə paylaş: