107
5-MAVZU. STRATEGIYA VA RAQOBAT USTUNLIGI
Vaziyatli masala - 1
“SAS” firmasida A. va V. janoblar sotish bo’yicha katta menejer bo’lib
ishlaydilar.
Janob A. odatda ertalab 8
00
da o’rnidan turadi, tezda yuvinib, ishga chopadi.
Ishga kelib u ish kunini bir qadax kofe bilan boshlaydi. Soat 9
00
da u o’z mijozlari bilan
ishni boshlaydi. Uning xamroxlari ularga kerak bo’lgan paytda murojaat qiladilar va
janob A. o’z ishlarini qoldirib, ularga yordam beradi.
Janob A. ishga juda xam chaqqon. O’z o’rtoqlariga u tez-tez shikoyat qilib
turadi. Uning shikoyatlari asosan quyidagilardan iborat:
-
u ko’p ish qilmoqchi bo’ladi, lekin vaqti yetishmaydi. SHuning uchun u
ko’pincha ishlarini uyga olib keladi va kechgacha ish stoli oldida ishlaydi;
-
janob A. o’z oilasiga kam vaqt sarflagani uchun aziyat chekadi.
Janob V. xar kun ertalab soat 7
00
da turadi. Badan tarbiya qilib, yaxshilab
nonushta qilgandan so’ng ishga ketadi. O’rtoqlari va mijozlari ko’pincha undan
shikoyat qiladilar. CHunki janob V. oldindan biron bir uchrashuvni yoki suxbatni
rejalashtirmagan bo’lsa, u xech kimni qabo’l qilmaydi. Roppa rosa soat 18
00
da u o’z
ishini tugatadi. Boshliqlar shuni bilishadi-ki, u shu vaqtdan keyin ishda qolishni
xoxlamaydi. CHunki, u charchaganligi uchun ishining unumli bo’lmasligini asoslaydi.
Janob V. o’zining ishchanligi bilan farqlanadi. Agar biron muammo chiqib qolsa, uni
o’zi yechishga xarakat qiladi. Xodimlariga ishonmaydi. Janob V. ning juda
ko’pdo’stlari bor. U tez-tez o’z uyida do’stlari bilan ishdagi muammolarni
maslaxatlashadi. Janob V. ning oilasi shuni biladi-ki, agar uning ishxonasida janjal
bo’lsa, uning kayfiyati past bo’ladi, shunda ular u bilan muloqotda bo’lmaslikka
xarakat qilishadi.
SAVOLLAR:
1.
A. va B. janoblarga baxo bering.
2.
Ularga Siz taym-menejment va samarali kun tartibi bo’yicha qanaqa
maslaxatlar berardingiz?
Dostları ilə paylaş: